1. Millatlararo munosabatlarning mohiyati Etnik birliklar va ularning bir-biridan farqi



Download 19,41 Kb.
bet2/2
Sana03.01.2022
Hajmi19,41 Kb.
#316205
1   2
Bog'liq
M.M 1

Etnik birlik — kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi. Etnik birlikka ko‘p jihatdan bir-biriga yakin qabilalar birlashadi. Etnik birlik millat shakllanishining uchinchi bosqichi, belgisi. Kadimda kishilarning etnik birlik bo‘lib, bir hududda yashashlari ular orasida umumiy manfaatdorlik, qon-qarindoshlik xis-tuyg‘ularini kuchaytirgan. Etnik birliklar, kuchli qabilalarning kuchsiz qabilalarni o‘ziga buysundirishi va ular bilan aralashib ketishi natijasida ham shakllangan. Etnik birlik o‘z kiyofasini saqlab kolishi, rivojlanib millat darajasiga ko‘tarilishi uchun o‘z davlatiga ega bo‘lishi kerak.

Millat tushunchasi etnik guruh etnik birlik tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq va ajralmasdir.



3. O‘zbekiston ko‘p millatli polietnik davlat bo‘lganligi uchun ham milliy munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.Bugungi kunda mavjud bo‘lgan barcha etnik guruhlar, elatlar, millatlarning bir-birlari bilan munosabatlari yaxshilanib bormoqda. Mamlakatning ko‘p millatli xalqi - O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat, degan jipslashtiruvchi g‘oyani qabul qildi. Tanlab olingan islohotlar yo‘lini qo‘llab- quvvatladi. Bu hol ijtimoiy hamfikrlikning, davlat va jamiyatni rivojlantirish strategiyasining asosi bo‘lib qoldi. Bugun, respublika mustaqilligi va suverenitetining besh yilligidan keyin ham jamiyatni jipslashtirishga qodir bo‘lgan milliy g‘oyalar hamda vazifalarning ahamiyati juda katta. Mamlakatni yuksaltirishda uni taraqqiy etgan mamlakatlar safiga olib chiqishda ko‘p millatli davlatlarda istiqomat qiluvchi barcha ijtimoiy etnik guruhlarning manfaatlarini e’tiborga olish zarurdir.

Ko‘p millatli mamlakatlarda milliy munosabatlarni uyg‘unlashtirish shu mamlakatda barqarorlik va taraqqiyotning kafolati, uning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omildir. CHunki har qanday davlatda milliy nizolar va ziddiyatlar o‘sha davlatda barqarorlikning barbod bo‘lishiga va oxir-oqibatda emirilishiga olib keladi. SHuning uchun ham, har qanday mamlakatda, jumladan mustaqil O‘zbekistonda ham milliy munosabatni uyg‘unlashtirib borish, davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Sobiq SHo‘rolar tuzumining fojeasi shunda ediki, o‘z manfaatlarini milliy manfaatlar hisobiga amalga oshirib keldi. YA’ni, milliy omilning kuchi, qudratini nazar-pisand qilmadilar va sinfiy manfaatlarni ko‘ndirish orqali o‘z hukmronligini abadiylashtirmokchi bo‘ldilar. Ular zo‘ravonlik bilan turli millatlarni «yaqinlashtirish» orqali «yagona sovet halqi»ni vujudga. keltirish va keyingi bosqichda butun er yuzida bir yoki ayrim bir «yuksak» millatlarni shakllantirish hamda ularning hukmronligini tashkil etishni maqsad qilgan edilar. Ularning bu xatti-harakatlari sobiq sovet davlatini emirdi va butun bir tuzumning barbod bo‘lishini tezlashtirib yubordi. Albatta, bu jarayonda zo‘ravonlikka asoslangan nazariya va uning amalga oshirilishi asosiy omil bo‘lganligini alohida ta’kidlash lozim bo‘ladi. Istiqlol yillarida O‘zbekistonda bu masalaga juda katta e’tibor berilmokda, respublikada 130 ga yakin milliy-madaniy markazlar mavjud, barcha millatlar uchun teng imkoniyatlar yaratilgan.  ko‘p millatli davlatimiz xalqlari manfaatini to‘la-to‘kis aks ettirgan orzu niyatlarini, sog‘lom, milliy manfaatlarini doimiy ravishda topib, o‘rganib, ularni qondirish yo‘llarini izlanmog‘imiz lozim. Lekin «bir - yoqlammalilik» harakteridagi, mamlakat birligining mustahkamlashga xizmat qilmaydigan o‘ta shaxsiy, tor milliy manfaatlar atrofida o‘ralib qolish ham to‘g‘ri emas.Bir millatning manfaatlari boshqa millat va eadlatlaridan ajratilmagan holda o‘rganilishi lozim.Jamiyat hayotini demokratiyalashtirish, oshkoralikni chuqurlashtirish, sharoitida, nazokatni saqlagan holda, barcha millatlar va elatlarning o‘ziga xosligi-yu, manfaat, qiziqishlarini kamsitmasdan, doimo xalqlar do‘stligini mustahkamlash, yoshlarni baynalminallik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘llarini qidirmoq kerak.

4.  Mustaqillik va millatlararo munosabatlar fanining o‘z maqsad va vazifalari bordir. Bu fanning asosiy maqsadi har bir insonda millat to‘g‘risida millatlararo munosabatlarning jamiyat hayoti va taraqqiyoti jarayonida qanday o‘rni tutayotganligi to‘g‘risida bilim va tasavvurlar xosil qilishdir. Har bir inson ko‘pmillatli polietnik davlatlarda barcha millatlar manfaatiga mos keladigan milliy siyosat zarurligini anglashi va xis qilishi kerak. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda barcha millatlarning milliy qadriyatlari tiklanayotganligini, milliy tiklanish siyosati barcha millatlar manfaati uchun xizmat qilayotganini barcha fuqarolar ongiga singdirib borish ham fanning asosiy maqsadlarini hisoblanadi. Sovet davlati xukmronligining so‘ngi yillarida ro‘y bergan eng murakkab axvol, bu – sovet davlati milliy siyosatida yuzaga kelgan qaltis vaziyat bo‘ldi. Aslida Sovet to‘zami mavjud bo‘lgan vaqt davomida xukmronlik qilgan kommunistik tizim davrida millatlararo munosabatlar borasida adolat, erkinlik, tengxuquqlilikga asoslangan barqarorlik mavjud bo‘lmay, ma’muriy buyruqbozlik yo‘li bilan tashkil etilgan sotsiolistik respublikalar ittifoqi ancha zaif edi. SHu bois ham kommunizm davrida barcha millatlar qo‘shilib ketadi degan soxta shiorni mutloq xaqiqatga aylantirib olgan siyosiy ma’muriyat faoliyatida millatlararo munosabatlar borasida shovinizm ruhi yaqqol namoyon bo‘lar edi.



Markaziy Osiyo mintaqasi ham milliy mojarolar kuchayishi mumkin bo‘lgan mintaqalardan biriga aylandi. I.Karimovning milliy munosabatlar borasidagi siyosati milliy mojorolarni oldini olishda katta rol o‘ynamoqda. Bugungi kunda millatlararo munosabatlar ayni vaqtda davlatlararo munosabatlarni ham tashkil etadi. O‘zbekistonning barcha millat vakillariga shu bilan birga o‘ziga qo‘shni bo‘lgan davlat millatlarning vakillariga nisbatan olib borilayotgan do‘stona munosabati Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Download 19,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish