1. Mikroskopik tadqiqot usullari. Sitokimyoviy tadqiqot usullari. Radioavtografiya usuli



Download 38,5 Kb.
bet4/6
Sana08.02.2023
Hajmi38,5 Kb.
#909305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SITOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI

Sitokimyoviy tadqiqot usullari. Yuqorida aytib o‘tilgandek, hozirgi mikroskoplar yordamida tirik yoki fiksasiya qilingan obektlarning nozik morfologik tuzilmalari har tomonlama o‘rganilsa ham, ammo ularning sifat va miqdoriy tarkibi to‘la ochilmay qolaveradi. Buni, odatda, alohida sitokimyoviy tadqiqot usullari yordamida o‘rganiladi.
Sifatiy sitokimyoviy usullar. Bu usullar sitologik va kimyoviy tekshirish usullarini birga qo‘llash natijasida kelib chiqqan. Binobarin, sifatiy sitokimyoviy tekshirish usullari obekt (preparat)lar strukturasidagi kimyoviy reaksiyalardan foydalanishga asoslangan. Demak, ular yordamida organ, to‘qima va hujayralarning kimyoviy tuzilishi, ularda boradigan kimyoviy jarayonlar o‘rganiladi. Ular yordamida hujayralarda sodir bo‘lib turadigan moddalarning almashinuv jarayonlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Masalan, hozir sitokimyoviy usullar qo‘llab, hujayralar tarkibidagi aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar va lipidlar hamda fermentlar aktivligini aniqlash mumkin. Bularni aniqlash odatda, kimyoviy reaktiv moddalar bilan to‘qima hamda hujayra strukturasi tarkibiga kiradigan substrat moddalar o‘rtasidagi reaksiyalarning spesifligiga va shuningdek, kimyoviy reaksiya mahsulotlarning bo‘yalgan cho‘kma ko‘rinishida ajralib chiqishga asoslanadi. Masalan gallosianin ribonuklein kislota (RNK) ni ko‘k binafsha ranga bo‘yaydi va xokazo.
Miqdoriy sitokimyoviy usullar. Sitologik usullar uzluksiz takomillashib, murakkablashib bormoqda. Endilikda shunday sitokimyoviy tekshirish usullari yaratildiki, ular yordamida faqat hujayralar takibidagi moddalar, ya’ni elementlarning sifatini emas, balki ularning miqdorini aniqlash mumkin. Bunday usullar Sitologiyada miqdoriy sitokimyoviy tadqiqot usullari deb nom oldi. Ular yordamida, odatda, muayyan to‘qima va hujayralar strukrasi aniqlanadi. Bunday usullarga sitospektrofotmetriya, sitospektro-flyuorimetriya, interferometriya kabilarni kiritish mumkin.
Radioavtografiya usuli. Bu usul yangi zamonaviy usul bo‘lib uning yordamida hujayra va to‘qimalardagi moddalar almashinuvi o‘rganiladi. Buning uchun hayvon organizmiga ovqat hazm qilish sistemasi orqali yoki ineksiyasi yo‘li bilan har xil radioktiv elementlar yoki nishonlangan birikmalar yuboriladi. Radioktiv fosfor R, uglerod S, oltingurgut S, vodorod N yoki har xil izotop, chunonchi, radioktiv izotop kabilar shular jumlasidandir. Mazkur moddalardan birortasi eksperemintal hayvon organizmga u yoki bu yo‘l bilan kiritilgach, har xil muddatlarda topilgan organlardan bo‘lakchalar olib, ulardan sitologik preparatlar tayyorlanadi. Preparat tayorlash odatdagi sitologik preparatlar tayorlash usuli bilan deyarli bir xil. Lekin farqi bunda mikrotom yordamida olingan kesmalar alohida foto emulsiyaga solib quyiladi (bu ishlar albatta, qorong‘i joyda bajariladi). Bu vaqtda radioktiv moddalar nuri hujayralarga fotoemulsiya orqali o‘tib, kumush bromid donachalarni sensibilizasiya qiladi. Xar xil muddatlardan so‘ng shu qorong‘i joyda ularni xuddi fotografiya qog‘ozlarini tayyorlagandek qilib “proyavitel” va boshqa eritmalarga solib ishlov beriladi. Shunda to‘qimaning radioktiv to‘plangan joyida kumush donachalari ko‘plab yig‘ilib qoladi. Binobarin, ana shu kumush moddalarning yig‘ilgan miqdoriga qarab, organdagi moddalar almashinuvi tez yoki sekin borayotgani haqida fikr bildirish mumkin. Masalan, hayvonning qalqonsimon beziga radioktiv izotop yuborib uni mazkur organ qanday qabul qilishiga qarab, bezning funksiyasi ortganligi yoki susayganligini aniqlash mumkin.

Download 38,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish