Reja:
1. Mikroorganizmlar asosida biotexnologik jarayonlar yaratish usullari.
2. Gen muxandisligining moddiy asoslari. Nuklein kislotalar. Transpozonlar. Genom.
Transkripsiya. Transduksiya.
3. Plazmidalar.
4. Bakteriofaglar. Genni ajratish usullari. Genni ko’chirib o’tkazish usullari. Biotexnologiya - fanining mohiyati va vazifalari
Mikrob biotexnologiyasi - bu o’ta muhim mikrobiologik jarayonlarni yaratish va ulardan
sanoat usulida foydalanish orqali zarur bo’lgan mikrob hujayralari, organelalari va
fermentlarini ishlab chiqarish hamda ulardan xalq xo’jaligi va medisinada foydalanishning
nazariy va amalliy tomonlarini yoritib beradigan fandir. Bu fan asosan mikrobiologiya,
fiziologiya, biokimyo va genetika fanlari yutuqlari asosida tashkil qilingan bo’lib, uning
zaminida ko’zga kurinmas mikroorganizmlar faoliyatidan unumli va oqilona foydalanish yotadi.
Mikroorganizmlar o’zlarining keng tarmoqli fermentlar tizimi tufayli o’sish, rivojlanish va
ko’payish jarayonlaridan, hayotiy zarur, insoniyat uchun xizmat qilaoladigan minglab fiziologik
faol moddalar ishlab-chiqarish imkoniyatlariga ega. Bundan tashqari mikroorganizmlar har xil
tabiiy va kimyoviy birikmalarini o’ta muhim moddalarga aylantirish (modifikasiya qilish)
imkoniyatlariga ham egalar.
Insoniyat paydo bo’lganlaridan buyon bilib-bilmay mikroorganizmlar faoliyatidan
foydalanib kelganlar.
Non pishirish, pivo, vino, uksus, qatiq tayyorlash kabi qadimiy texnologiyalar
mikroorganizmlar ishtirokida amalga oshishini hozirgacha ham hamma bilavermaydi.
YUqorida zikr etilgan jarayonlarni ko’pchiligi insoniyat hali mikroorganizmlar haqida bilimga
ega bo’lmagan vaqtlardan beri mavjudligi fikrmizning dalilidir. qadim-qadimlarda (ko’pincha
hozir ham) bu jarayonlarda achitqi sifatida, shu maxsulotlarga havo va suv orqali kirib qolgan
mikroorganizmlar faoliyat ko’rsatgan. Non yopishda xamirturushdan yoki qatiq tayyorlashda bir
qoshiq eski qatiqdan foydalanish zarurligi hammaga ma’lum. Ammo, xamirturushda
saxaromisetlar, qatiqda esa sut achituvchi bakteriyalar borligini hozirgacha ham ko’pchilik
bilmaydi.
Bugungi kunda mikroorganizmlar xalq-xo’jaliginng har xil tarmoqlari uchun sut kislotasi,
limon kislotasi, yog’ kislotalari, etil spirti, aseton, butanol va yuzlab boshqa maxsulotlar etkazib
beradilar.
Mikroorganizmlardan sut kislotasi, butanol va aseton olish texnologiyalarini birinchilardan
bo’lib, buyuk rus olimi V.N.SHaposhnikov (1884-1968) va uning shogirdlari N.D.Ierusalimskiy
(1901-1967), M.N.Bexteryova limon kislotasi olish texnologiyasini esa S.P.Kosto’cheva (1877-
1931) va I.S.Butkevich (1872-1942) yaratganlar.
2. O’zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanish tarixi
Biotexnologiya fani O’zbekiston uchun eng kenja fanlardan bo’lib, uni tarixi uzoqqa
bormaydi (qadimiy biotexnologiyalar; non yopish, qatiq tayyorlash va x.k. bundan istisno). Bu
fan asosan O’zbekiston Fanlar akademiyasining mikrobiologiya institutida, genetika va
o’simlikdar eksperimental biologiyasi institutida hamda Respublika Kimyo birlashmasiga
qarashli bir qator zavodlarda (YAngiyo’l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi, qo’qon
spirt zavodi) rivojlanib kelmoqda.
Biotexnologiya ixtisosligi bo’yicha birinchi o’zbek akademigi A.G.Xolmurodov (1939-
1996) fuzarium avlodiga mansub zamburug’lardan NAD-kofermenti va vitaminlar kompleksi
(V guruhiga kiruvchi vitaminlar, vitamin RR, Q 10 va x.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi.
Akademik M.I.Mavloniy O’zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug’larni tahlil qilib, ularni
nonvoychilik, vinochilik va chorvachilikka qo’l keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus
xamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarni yaratdi.
Professor q.D.Davranov MDH mamlakatlarida birinchilardan bo’lib yog’ parchalovchi
lipaza fermentini tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni ko’p shakliligi sabablarini
tahlil qilaturib, har bir biotexnologik jarayon uchun o’ziga xos spesifiklikka ega bo’lgan lipaza
fermenti zarur degan fikrga keldi va buni amaliyotda tasdiqlab berdi. q.D.Davranov yaratgan
"Er malhami" biopreparati, azot o’zlashtiruvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo’lib,
mamlakatimiz qishloq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda. Bundan tashqari q.D.Davranov
rahbarligida sellyulozalignin biokarkasini (g’o’zapoya, samon, kanop poyasi, qipiq va
boshqalar, maxsus tayyorlangan bazidiomisetlarning fermentlari ishtirokda tabiiy
sellyulozalignin birikmalari parchalanishini amaliyotda ko’rsatib berildi.
B.f.d. J.Tashpulatov, somon va g’o’zapoyani parchalashda "trixoderma xarzianum" deb
atallish zamburug’ fermentlaridan foydalanish mumkinligini ilmiy asoslab berdi va bu
texnologiyani amaliyotga qo’llash taklif va muloxazalarini chop etdi. J.Tashpulatov yaratgan bu
texnologiya qo’llanilganda somonda shakar miqdori 6-7%ga etgani, unda vitaminlar,
aminokislotalar paydo bo’lganligi va shu tufayli somonni oziqa-birligi bir necha barobar
oshganligi isbotlab berilgan.
O’zbek olimlaridan T.G.Gulomova, Z.R.Axmedova, S.M.Xodjiboeva, Z.F.Ismoilov,
I.J.Jumaniyozov va boshqalar mamlakatimizda mikrob biotexnologiyasining rivojlantirish
ustida chuqur ilmiy va amalliy ishlar olib bormoqdalar. SHuningdek, marhum professorlar
M.M.Murodov va T.YU.YUsupovlar olib borgan chuqur ilmiy izlanishlar asosida katta ilmiy
amaliy nazariyalar yaratilgan.
YUqorida fikr etilgan uch zavodda (Andijon gidroliz zavodi, qo’qon spirt zavodi,
YAngiyo’l biokimyo zavodlarida) spirt olish uchun zarur bo’lgan amilaza fermentini ishlab
chiqarish bo’yicha chuqur izlanishlar olib borilmokda
Bu kabi biotexnologik ishlab chiqarish nazariyalarini yaratish, uni amaliyotga tadbiq etish
ishlari yuzasidan O’zFA Mikrobiologiya instituti va Toshkent Davlat Agrar Universiteti qishloq
xo’jalik biotexnologiyasi kafedrasi hamda O’simliklar biotexnologiyasi laboratoriyasi olimlari
faol ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Mamlakatimiz ravnaki, uning iqtisodini yanada oshirish maqsadida eng avvalo quyidagi
biopreparatlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoq zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: |