1. MHTni tuzishda qanday umumiy uslubiy prinsiplarga asoslanadi:
a) schyotlarni ketma-ket tuzish takror ishlab chiqarish bosqichlarga asoslangan;
b) schyotlarni ketma-ket tuzish ishlab chiqarish jarayon bosqichlariga asoslangan;
c) ikki yoqlama yozish prinsiplariga asoslangan bo‘lib, har bir iqtisodiy operatsiya schyotda ikki marotaba qayd etadi, bir gal “Resurs” ustunida hamda “Foydalanish” ustunida qayd etiladi;
d) Resurslar ustunidagi ko‘rsatkichlar yig‘indisi va “Foydalanish” ustunidagi ko‘rsatkichlar yig‘indisi o‘rtasidagi tenglikni balanslashtiruvchi modda yoki ta’rif usuli orqali bajariladi.
2. Mahsulotni ishlab chiqarilgan va sotish vaqtlari uzoq bo‘lganda inflyatsiya ta’siri natijasida ishlab chiqarilgan va sotish vaqtlaridagi baholarda tafovut bo‘ladi. Bu tafovut MHT da...
a) qo‘shilgan qiymat tarkibiga kiritiladi;
b) “xolding foydasi”, deb yuritilib, u ishlab chiqarish hajmiga qo‘shilmaydi;
c) korxona foydasi deb hisoblanadi;
d) u ishlab chiqarish hajmiga qo‘shiladi.
3. MHT tavsiyasiga ko‘ra ko‘rsatkichlarni o‘zgarmas baholarda hisoblashda o‘zgarmas baho sifatida qaysi davr asos qilib olinadi:
a) faqat o‘tgan yilning o‘rtacha baholarida baholanadi;
b) faqatgina o‘tgan yilning ko‘rsatkichlari ma’lum yilni bazis qilib, shu yilning o‘rtacha baholarida baholanadi;
c) o‘zgarmas baholarda hisoblashda o‘zgarmas baho sifatida o‘tgan va bazis yilning o‘rtacha baholari asos qilib olish mumkin;
d) to‘g‘ri javob yo‘q.
4. MHTning qaysi ko‘rsatkichlari fizik hajmlarini o‘zgarmas baholarda baholab bo‘lmaydi:
a) YaIM va YaMD;
b) faqatgina transfertlar;
c) investitsiya;
d) transfertlar, investitsiya, qarz berish.
5. Nima sababdan MHTda subyektlarni iqtisodiy faoliyati bo‘yicha sektorlarga guruhlashdan foydalanadi:
a) daromadlar va xarajatlar oqimini o‘rganish uchun;
b) daromadlar va xarajatlar oqimi holati, aktivlar va passivlar o‘zgarishini o‘rganish uchun;
c) ishlab chiqarish jarayonini o‘rganish, tovar va xizmatlar resursi hamda ulardan foydalanish balansini tuzish uchun;
d) daromadlar oqimini o‘rganish uchun.
6. Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat ijtimoiy tashkilotlar sektori uchun qaysi fikr o‘rinli?
a) bu tashkilotlar resurslari ixtiyoriy to‘lovlar (vznoslar), o‘z mulkidan olgan daromadlari va ixtiyoriy to‘lovlar (transfert)lar hisobiga hosil bo‘ladi;
b) bu sektorga kiruvchi tashkilotlar davlat tomonidan nazorat qilinadi va pul bilan ta’minlanadi;
c) bu tashkilotlar mamlakatning barcha aholisining individual va umum talablarini qondirish maqsadida faoliyat yuritadilar;
d) aholiga nobozor xizmat qiluvchi tashkilotlar kiradi.
7. Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi
korporatsiyalar sektori qanday nomlanadi?
a) moliyaviy korporatsiyalar sektori;
b) nomoliyaviy korporatsiyalar sektori;
c) uy xo‘jaligi sektori;
d) tadbirkorlik sektori.
8. …– rezidentlarni turar joylaridan qat’i nazar ularning iqtisodiy faoliyat natijalarini o‘z ichiga oladi.
a) milliy iqtisodiyot;
b) ichki iqtisodiyot;
c) iqtisodiy hudud.
9. …– iqtisodiy hududdagi rezident va norezidentlarning iqtisodiy faoliyat natijalarini o‘z ichiga oladi.
a) milliy iqtisodiyot;
b) ichki iqtisodiyot;
c) iqtisodiy hudud.
10. …– shaxs, tovar va pul birliklari (erkin harakat qila oladigan) mamlakat geografik hududida va mamlakat tashqarisida, boshqa mamlakat geografik hududida va dunyo okeanida iqtisodiy faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan hududlar majmuasi tushuniladi.
a) milliy iqtisodiyot;
b) ichki iqtisodiyot;
c) iqtisodiy hudud.
Do'stlaringiz bilan baham: |