Тarix falsafasi.
Insonning ongli faoliyati ijtimoiy munosabatlar majmuida iborat.
Bu munosabatlarning eng
umumiy qonuniyatlarini o`rganuvchi falsafiy bilimlar o`z tarixiga ega. Хakkoniy
yoritilgan tarix milliy falsafani, mafko`rani shakllantirishdagi asosiy manba bo`lib
xizmat qiladi. «Тarixni bilmay turib, mafko`raning falsafiy negizlarini anglab
bo`lmaydi. Chunki mafko`raning falsafiy asoslari o`z davrida tarixiy haqiqat
tufayli tug`ilgan... Тarix va falsafa mantiqiy ravishda bir-birini taqozo etadigan,
kerak bo`lsa, tuldiradigan, taraqqiyot jarayonlari haqida
yaxlit tasavvur beradigan
,
ok-qorani farqlashda asos bo`ladigan fanlardir»
3
. Afsuski, ko`pgina qo`llanmalarda
u yoki bu faylasufning ta’limotiga aloxida e’tibor beriladi, u xaqda chuqur fikr
yuritiladi. Ammo usha davr qanday edi, nima sababdan muayyan olim aynan shu
G`oyani ilgari so`rgan, nega umrini biror-bir ta’limotni targ`ib etish bilan
o`tkazgan, degan masalalarga kam e’tibor beriladi. Aslida, davr olim va faylasuf
kamolotida muxim o`rin tutadi. Uning G`oyalari tug`ilishi uchun asos bo`ladi, bu
G`oyalar qo`llanadigan ijtimoiy amaliyot bo`lib xisoblanadi.
Agar masala bu tarzda qo`yilmasa, falsafiy ta’limotning o`z davrini aks ettiradigan
mohiyat-mazmuniga putur yetadi, ayniqsa usha davr muammolarini ijtimoiy
makon va tarixiy zamondan ajratib tahlil qilish natijasida falsafaning milliylik ruxi,
xususiyatlari xiralashadi.
Albatta, biz har bir falsafiy bilimlarning o`ziga xos muammolari va ularni xal
qilishning nazariy-amaliy usul va vositalari borligini inkor etmaymiz. Lekin,
falsafaning o`rni, ahamiyati va vazifasiga milliy mafko`rani shakllantirish nuqtai
nazaridan yondashadigan bo`lsak, unga ta’sir qiladigan omillarni mushtarak-
mujassam tarzda olib
qarash
zarurati paydo bo`ladi. Shuning uchun, bir
tomondan, har bir falsafiy bilim yo`nalishlari tarixini millatning umumiy tarixi
bilan birgalikda olib tahlil qilganda, yaxlit falsafiy dunyo
qarash
vujudga keladi.
Ikkinchi tomondan, bu jarayonni millat extiyojlaridan kelib chiqadigan, istiqbol
manfaatlariga mos bo`lgan milliy istiqlol G`oyasidan ajratish mumkin emas.
O`zbek milliy falsafasining genezisiga nazar tashlaydigan bo`lsak, bir-biri bilan
bog`liq ikki omilni ko`ramiz: birinchisi, qadimgi zardushtiylikning muqaddas
kitobi - Avesto va islom dinining bosh asosi — Јur’oni karim va xadisi sharifdagi
insonparvarlik G`oyalari bo`lsa, ikkinchisi — dunyoviy bilimlardir. Hozirgi kunda
har qanday ijtimoiy fan soxasining, shu jumladan falsafaning eng muxim vazifasi
diniy va dunyoviy bilimlar o`rtasida mu’tadil munosabat bo`lishini ilmiy izohlash,
uning qonuniyat va xususiyatlarini ochib berishdir. Buning uchun din va dunyoviy
fanlarning o`zaro munosabatlarini umuminsoniy maqsad va manfaatlar doirasida
uyg`unlashtirish imkoniyatlarini topish maqsadga muvofiq. Zero, huquq, axloq,
siyosat, madaniyat falsafalarining G`oyaviy-nazariy yo`nalishlarini shu masalani
xal qilishga qaratishni umuminsoniy sivilizatsiyaning o`zi taqozo qilmoqda.
ХХI
asrga kelib
, insoniyat G`oyat murakkab, olamshumul muammolar qarshisida
to`rganligini anglay boshladi. Хususan, yadro urushi xavfi, keskinlashayotgan
ekologik muammolar, xom-ashyo va energetika resurslari, Yer shari aholisining
shiddat bilan usib borayotgani, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, soKlikni
saqlash, maorif va madaniyatni, fan-texnika va texnologiyani rivojlantirish
muammolari yangicha tafakko`rni taqozo qilmoqda. Bu masalani milliy va
umuminsoniy falsafiy G`oyalarni, nazariyalarni ishlab chiqmasdan xal qilish
mumkin emasligi esa tobora aniq bo`lib bormoqda.
Falsafa ijtimoiy hayotda insonning mohiyati, yashashdan ko`zlagan maqsadi, oliy
qadriyat ekani, ma’naviy omillari (ideallari), borliqdagi o`rni, munosabatlari
sabablari, ruxiy va moddiy extiyojlarini kondirish usul va vositalari — barcha-
barchasini kursatib beradi.
Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana shu xususiyatlarga
asoslanib, o`ziga xos tarzda namoyon bo`ladi. Bir tomondan, jamiyatning o`zgarib
borish tamoyili falsafiy G`oya, nazariya va ta’limotlar o`zgarishini taqozo qiladi.
Ikkinchi tomondan, o`zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma’naviy hayot tarzini
ilg`ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafko`rasini
shakllantirishda nazariy
,
uslubiy asos bo`lib xizmat qiladi. Ayniqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti
munosabatlariga utayotgan bugungi kunda kishilar tafakkuri va ongida saqlanib
qolayotgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni rag`batlantirish, milliy o`zlikni anglash, istiqlol mafko`rasini
shakllantirishda shoshilmay, behuda xis-xayajonlarga berilmasdan, aql-zakovat
bilan ish to`tishda falsafaning o`rni va ahamiyati G`oyatda o`lkandir.
Falsafa har qanday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda ham kishilarni
yo`qsak G`oyaviylik, mustaxkam e`tiqod, kelajakka ishonch ruxida tarbiyalash
bilan birga, ularga murosa va hamkorlik qilish, chigal muammolarni ham
umummilliy, umuminsoniy manfaatlarni nazarda to`tgan holda madaniy va
ma’rifiy xal etish imkoniyatlarini topishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |