Moslashuvchan mehnat bozori ish bilan bandlikning turli shakllarini (doimiy va o’zgaruvchan ish bilan bandlik, mavsumiy, tasodifiy, qisman ish bilan bandlik va hokazo) va har turli ish vaqti rejimlarini (to’liq bo’lmagan, qisqartirilgan ish vaqti; ish kunining boshlanishi va tugashi o’zgarib turadigan moslashuvchan ish vaqti grafiklari; turli iqlim mavsumlarida ish haftasining davomiyligi turlicha bo’lishini nazarda tutuvchi yillik ish vaqti rejimlarini va hokazolar) nazarda tutadi.
Ish bilan bandlikning va ish vaqtining moslashuvchan shakllari xodimlarning qulay, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi mehnatni mashg’ulotning boshqa turlari – o’qish, oilaviy majburiyatlarni bajarish, bo’sh vaqtni ko’paytirish va shu kabilar bilan qo’shib olib borish imkonini beradigan ish rejimlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun ham, shuningdek, ish bilan bandlik va ish rejimlarini korxonalarning ehtiyojlariga moslash — ishlab chiqarish quvvatlarini ish bilan to’liq ta’minlamaslik, texnologik jihatdan qayta tashkil etish, ayrim toifa va kasbdagi xodimlar uchun (farroshlar, qorovullar, ovqatlanish korxonalari xodimlari va hokazolar) qo’llanilishi mumkin. Ushbu alohida mehnat bozorlarining har biri tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatishi jihatidan o’z xususiyatlariga, rivojlanish omillariga ega. Mazkur omillarni hisobga olish u yoki bu toifadagi xodimlar xususida kadrlar siyosatini va sosial siyosatni belgilash imkonini beradi.
Xulosa
Mehnat bozori qanday ishlashini tushunish uchun mazkur bozordagi talab va taklifni o’rganib chiqish lozim. Agar ish haqi o’zgarsa, mehnatga talab egri chiziq bo’ylab yuqoriga yoki pastga qarab yurishi, mahsulotga talab, ishlab chiqarish hajmlari o’zgarishi, kapital narxi kabi boshqa omillar amal qilsa, mehnatga talab egri chizig’ining o’zi siljiydi.
Mehnat bozorini harakatga keltirishning eng muhim omili ish kuchining narxi hisoblanadi. Materialistik konsepsiyaga muvofiq ish kuchining qiymati ish kuchini qaytadan tiklash uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarning qiymati bilan belgilanadi. Mehnat bozori sifati xususiyatining eng muhim mezoni uning infratuzilmasining rivojlanish darajasidir. Mehnat bozori infratuzilmasini uning tarkibiy qismi sifatida ta’riflash mumkin, u davlat idoralarini, ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi nodavlat tuzilmalarini, korxonalar va firmalarga kadrlar xizmatini, jamoat tashkilotlari va jamg’armalarini, normativ-huquqiy muhitni o’z ichiga oladi, ular ish kuchiga ehtiyoj bilan taklif o’rtasidagi eng samarali o’zaro hamkorlikni ta’minlaydi.
Mehnat bozoridagi vaziyatga baho berishda ish kuchining zaxiralaridan bir nechta turini ajratib ko’rsatish zarurligiga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Mehnat bozorida ish beruvchilar ham, yollanma xodimlar ham segmentlar obyekti sifatida namoyon bo’ladi. Bozorni ish beruvchilar nuqtai nazaridan segmentasiyalash ularning ehtiyojlarini baholash va ularga yaxshiroq yo’sinda moslashish imkonini beradi. Segmentasiyalash obyekti yollanma ishchilar bo’lgan holatda ularning miqdor va sifat xarakteristikalari, xatti-harakat jihatlari bo’yicha ifodalanadigan guruhlari to’g’risidagi tasavvur shakllanadi.
Adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi Qonuni «Mehnat» gazetasi – T., 1993, 1 oktyabr.
Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik (nazariya va amaliyot) –T.: “Mehnat”, 2004. -672b.
Abdurahmonov Q.X. va boshq. Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi – Darslik. -T.: O’qituvchi, 2001.
Bulanova V.S. i dr Ro’nok truda. Uchebnik. Izatelstvo: Ekzamen, 2004. -342c.
Volgin N.A. Ro’nok truda. Izdatelstvo: Ekzamen, 2003.
Dobroxotova Ye.N., Lavrikova M.Yu., Mavrin S.P. i dr. Kurs rossiyskogo trudovogo prava: T. 2: Ro’nok truda i obespecheniye zanyatosti (pravovo’ye voproso’) (pod red. Mavrina S.P., Pashkova A.S., Xoxlova Ye.B.) Izdatelstvo: M: Yurist’, 2001. -560s.
Do'stlaringiz bilan baham: |