Bo'linish yoki maydalanish
Reja:
1.Maydalanish turlari.
2. Maydalanish tezligi va sahablari
3. Maydalanishga muhil omillarining ta'siri.
Urug'lanishdan ma'lum vaqt o'tgandan keyin zigotaning bo'linishi maydalanish yoki bo'linish deb ataladi. Bu jarayon zigotaning ko'p hujayrali embrionga aylanishiga sabab bo'ladi.
Maydalanish mexanizmlari qadimdan o'iganilib kelinmoqda.
Har qanday •hujayraning hayoti ota-ona belgilari bilan ta'minlangan holda boshlanadi va ma'lum vaqtdan keyin bu hujayraning hayoti nihoyasiga yetib, yangi ikkita hujayraga bo'linadi. Bu jarayon normal holatlarda to'xtovsiz davom etadi.
Bo'linishning asosiy vazifasi zigota organoidlarining ikki hissa ortishi, qiz hujayralarga bu qismlarning teng taqsimlanishidir. Bu jarayonning eng muhim xususiyati shundaki, genetik axborotni tashiydigan molekulalarni yangi hujayralarga to'la va teng o'tkazish hamda taqsimlashdan iborat. Bu vazifalarni boshqaradigan nuklein kislotalar - DNK va RNK ning aniqlanishi hozirgi zamon biologiya fanining ulkan yutuqlaridan biridir.
Maydaianish turlari
Bo'linish yoki maydaianish ikki xilda bo'ladi:
To'la maydaianish.
To'la bo'lmagan maydaianish.
To'la maydaianish ham ikki xilda sodir bo'ladi:
A. To'la, teng maydaianish. Agar tuxumning sariqhgi oz va u hamma qismiga bir xil tarqalgan bo'isa, maydaianish egati butun tuxum bo'ylab o'tadi va hosil bo'lgan blastomerlar bir-biriga teng bo'ladi. Lansetnikning gomolesital tipdatuzilgan tuxumlari shunday maydalanadi (48-49-rasmlar).
V. To'la, lekin notekis maydaianish. Agar sariqlik moddasi tuxumda notekis (bir qutbda oz, ikkinchisida ko'p) tarqalgan bo'isa, maydaianish natijasida o'zaro teng bo'lmagan blastomerlar hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan kichik blastomer mikromer, kattasi esa makromer deb ataladi. Sunday maydaianish sariqhgi o'rtachamiqdordabo'lgan teiolesital tipdagi amfibiyalarning tuxumida kuzatiladi. Masalan, baqalar tuxumining vegetativ qutbida sariqhk ko'p, animal qutbida esa kam bo'ladi.
Shuning uchun ham hosil bo'iayotgan blastomerlarning biri katta, ikkinchisi kichik bo'ladi. Bu farq borgan sari ortib boraveradi.
2. To'la bo'lmagan maydaianish. Tuxumning faqat sariqlikdan tashqari qismi maydalanadi, sariqlik bilan to'lgan qismi maydalanmaydi. Bu yo'l bilan teiolesital, sentrolesital tipdagi tuxumlar maydalanadi (50-rasm).
Bu maydaianish ham o'z navbatida ikki xilda sodir bo'ladi:A. Diskodial maydalanish. Suyakli baiiqlar, qushlar va repteliyalarning tuxumi sariqlikka boy bo'lgani uchun ham katta bo'Iadi. Sariqligi bo'lmagan sitoplazmaning yuqori qismi embrion diski deb ataladi. Diskodial so'zi ham shundan olingan. Embrion diski juda yupqa bo'lib, u sariqlik ustida joylashadi. B. Yuzaki maydalanish. Bu maydalanish markazida ko'p miqdorda sariqligi bo'lgan sentrolesital tuxumlarda kuzatiladi. Maydalanish yadrodan va uning atrofidagi sitoplazmaning ajralishidan boshlanadi. Yadrolar sitoplazma bilan o'ralib, asta-sekin tuxum hujayraning chetiga siljiydi. Yadrolar tuxumning tashqi qatlamiga kelishi bilan sirtqi qatlam ham ularning soniga qarab blastomeiiarga ajraladi. Yuzaki maydalanish bo'g'imoyoqlilar tuxumida sodir bo'Iadi, Maydalanish xarakteriga tuxumning sariqlik miqdori va uning tarqalishidan tashqari blastomerlarning o'zaro joylashishi ham ta'sir ko'rsatadi. Bu belgisiga qarab maydalanish quyidagi turlarga bo'linadi: 1.Radial maydalanish. Bunday maydalanishda har bir yuqoridagi va pastdagi blastomerlar bir-birining aynan ustida joylashadi. Blastomerlarning bunday joylanishiga maydalanish chizig'ining gorizontal va vertikal yo'nalishi doimo navbatlashib turishi sabab bo'ladi. Bunday maydalanish kovakichlilarda, ninatanlilarda, ba'zi xordalilarda kuzatiladi. Eng xarakterli tomoni blastomerlar deyarh bir-biriga teng bo'ladi. 2. Spiral maydalanish. Ko'pchilik chuvalchanglar vamollyuskalardauchraydi. Ularning tuxumlarida animal qismidagi blastomerlar sitoplazmasi har bir maydalanish oididan bir chetga surilib o'tadi. Shunga muvofiq, bo'linish urchug'i qiya, taxminan 45° S burchak ostida bo'lib qoladi. Ajralayotgan blastomerlar radial maydalanishdagi kabi emas, baiki bk-birining oralig'ida joylashadi. Agar maydalanish chizig'i faraz qilib davom ettirilsa, u spiral shakida bo'lib chiqadi. 3. Bilaterial yoki ikki tomonlama simmetriyali maydalanish. Zigotaning maydalanishi tufayli bir-biriga mos keladigan blastomerlar hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |