1. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Bobur hayoti va ijodi qaysi olimlar tomonidan o’rganilgan?
2. Bobur lirik merosini ta’riflang.
3 Bobur g’azallarining mavzu yo’nalishi qanday?
4. Bobur ruboiylarini tahlil qiling.
So`nggi temuriy shahzodalardan Zahiriddin Muhammad Boburning jozibador shaxsi, jo`shqin hayoti va faoliyati, insoniy fazilatlari, jahon faniga qo`shgan hissasi hamda avlodlariga bag`ishlab ko`plab ilmiy-tarixiy, badiiy asarlar yaratilgan. Ta’bir joiz bo`lsa, jahon tarixnavislik ilmida “Eng ko`p va xo`p” o`rganilgan vatandoshimiz ham Boburdir. Ayni kunga qadar o`zbek yozuvchilaridan tashqari Bobur haqida asar yaratgan bir necha o`nlab chet ellik mualliflarning nomlari tanish. Jumladan, 1995-yili “Cho`lpon” nashriyotida ingliz tarixchisi U.Erskinning “Bobur Hindistonda” asari, hind tarixchisi L.P.Sharmaning 1988-yili Dehlida bosilgan “Boburiylar saltanati” asari, amerikalik olim S.M.Berkning “Akbarshoh – boburiylarlarning eng buyugi” (Berk Akbarshoh shaxsiyati va faoliyati misolida Hindistonga Bobur asos solgan, jahon tarixiga, “Buyuk mo`g`ul imperiyasi” nomi bilan kirgan saltanatning mustahkam tomir yozish jarayonini tasvirlaydi) asarlarida Boburga zamondosh tarixchilarning qo`lyozmalari, Hindiston tarixiga oid tadqiqotlar, XX asrning jahonga mashhur olim va tarjimonlarining asarlarida Boburning butun hayot yo`li, bolalik, o`spirinlik, yigitlik yillari, tashvishli kunlari, hukmronlik faoliyati, diniy-falsafiy qarashlari, davlatni boshqarish usuli, madaniyat va san’atga munosabati singari masalalar tasvirlangan.
Amerikalik tadqiqotchi Berk Boburga bergan qisqa va lo`nda tavsiflarida ulug` siymoning hayot yo`li, davlatchilik tarixidagi xizmatlari va shaxsiyatidagi eng muhim jihatlarni muxtasar tarzda yoritishga erishgan. Muallif Boburning hukmronlik siyosati xususida shunday yozadi: “Boburshohning fikricha, fotihlik va hukmdorlik ishida yuz ming usul qo`llasa ham haq va zarur hisoblanadi. Biroq bosib olingan yerlarni, ayniqsa, bu o`lkalarni o`z saltanati tarkibiga kiritish rejalashtirilgan bo`lsa-da, u g`olib askarlar mag`lublar mulkini talon-taroj qilishiga mutlaqo yo`l qoymasdi”. “Boburnoma” haqidagi fikrlar ham diqqatga sazovor: “Men bor haqiqatni yozdim”, deydi muallif va haqiqatan ham u o`zining kamchiliklari, omadsizlikka olib kelgan noto`g`ri xatti-harakatlarini o`quvchidan yashirmaydi.
Bobur hayoti va ijodi Fransiyada ham keng o`rganilgan bo`lib, Fransiya ilm ahliga Zahiriddin Muhammad Bobur va “Boburnoma” haqida dastavval ma’lumot bergan fransuz sharqshunosi Bartoleme D’Erbelo (1621-1695) hisoblanadi. D’Erbelo o`zining “Sharq kutubxonasi” (La Biblioteque orientale. Paris, 1967) qomusidagi “Bobur yoki Bobar” nomli maqolasida Boburning hayoti, uning davlati va sarkardalik mahorati, adabiyot va san’atga qiziquvchi ilg`or fikrli kishi bo`lgani haqida ma’lumot beradi.
XIX asrga kelib Yevropa, xususan, fransuz sharqshunosligida Bobur merosini o`rganish, uning asarlarini tarjima qilish borasida yangi davr boshlandi. Ayni shu yillarda Boburning ulkan asari “Boburnoma”ni fransuz tiliga tarjima qilish, uning matn xususiyatlarini o`rganish, siyosiy-tarixiy ahamiyatini baholashda fransuz olimlari e’tiborga molik tadqiqotlarni yaratishdi.
“Boburnoma”ni fransuz tiliga tarjima va tadqiq qilishga sharqshunos Anri Jyul Klaprot (1783-1835) birinchilardan bo`lib harakatni boshlaydi. 1824-yil A.Klaprotning, “Sulton Bobur yohud “Boburnoma” tarixiga oid kuzatishlar” nomli maqolasi omma e’tiboriga havola etadi. Markaziy Osiyo va Sibirda yashagan xalqlar tarixi, madaniyati va adabiyotini yaxshi bilgan Klaprot Yevropa sharqshunosligida “Boburnoma” xususida ilk bor to`laqonli fikr yuritgan edi. Shundan so`ng 1854-yili Parijda “Hozirda va qadimda yashagan tarixiy shaxslar hayoti” nomli katta kitob chop qilinadi. Mazkur kitobdan sharqshunos M.Langle (1763-1824) ning “Zahiriddin Bobur hayoti va ijodi” nomli maqolasi ham o`rin olgan edi. Maqolada Bobur haqida avvalgi manbalarga nisbatan ancha boy ma’lumot berilgan bo`lib, o`quvchi undan adib hayoti va ijodi to`g`risida chuqurroq bilim olishga muvaffaq bo`ladi. Boburning hayoti va ijodi fransuz kitobxonini tobora qiziqtirib bormoqda edi. Fransuz olimlari so`nggi yillarda Bobur to`g`risida tez-tez maqolalar chop ettirar, kitoblar nashr qildirardi.
Zahiriddin Muhammad Bobur merosini o`rganish, “Boburnoma”ni tarjima va lisoniy tarjima qilishda fransuz turkologi Anri pave de Kurteyl (1821-1889)ning xizmatlari alohida tahsinga loyiq. Fransuz kolleji (College de France) turkiy tillar kafedrasi mudiri, fransuz akademiyasi a’zosi, Sankt-peterburg fanlar akademiyasi muxbir a’zosi bo`lgan Pave de Kurteyl vatani Fransiyada turkologiya ilmining rivojlanishiga ulkan hissa qo`shdi. Professor A.Pave de Kurteylning olimlik faoliyatida u tuzgan “Sharqiy-turkiy tillar lug`ati” (“Dictionnaire de turc orientale”. –Paris, 1870) yohud “Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va Abulg`ozi Bahodirxon asarlarini o`qish uchun izohli lug`at” alohida ahamiyatga molikdir. Professor A.Pave de Kurteyldagi bu katta tayyorgarlik, eski o`zbek tili va adbiyotidan egallagan puxta bilim uni “Boburnoma”ni tarjima qilishga undagan edi. 1871-yilda “Boburnoma”ning Pave de Kurteyl tarjimasi ikki jildda nashrdan chiqdi (“Memoire de Baber”. Traduit pour la premiere fois sur le texte djagatai par A.Pavet de Courteille, — editions, 1871). Birinchi jildda tarjimonning o`n olti sahifalik so`zboshisi berilgan. Unda “Boburnoma”ning yozilish jarayoni, kitobda keltirilgan voqealar, Boburshohning Afg`oniston va Hindistonda barpo etgan qudratli imperiyasi xususida ma’lumotlar berilgan.
G`arblik ayrim olimlar “Boburnoma”ning bunyod bo`lishini Bobur Hindistonda hukmron bo`lgan davr bilan bog`laydilar. Fransuz tarjimoni bu haqda quyidagi fikrni aytadi: “Agar mendan “Boburnoma” qaysi davrda yozilgan deb so`rasalar, men kitob Bobur Hindistonni zabt etgandan so`ng, ya’ni 1526-yildan boshlab yozilgan va Boburshoh hayotining oxirigacha davom etgan, deb javob qilardim”. Professor Pave de Kurteyl bunday xulosaga kelishida, asarning dastlabki boblaridanoq Hindiston davri voqealarining uchrab turishini nazarda tutgan edi. Shunday qilib, Pave de Kurteyl Zahiriddin Muhammad Boburning merosini Fransiyada o`rganish va targ`ib qilishda o`zining yuksak xizmatlari bilan katta hissa qo`shdi. “Boburnoma”ning tarjimoni sifatida mashhur bo`ldi. Olim boshlagan bu tarjimonlik ishi jahon ahliga manzur bo`ldi va Bobur hayotini ko`plab olimlar tomonidan doimiy ravishda o`rganilishiga sabab bo`ldi.
1888-yil “Osiyo jurnali” (Journal asiatique)ning ikkinchi jildida sharqshunos Jyul Darmstetye o`zining “Kobul yozuvchilari. Boburshoh va boshqa mo`g`ul shahzodalarining qabr toshlaridagi bitiklar” nomli maqolasini e’lon qilganligi, boburiylar barpo etgan maqbaralarda bitilgan so`zlar ma’nosi bilan tanishishga yordam beradi.
Ma’lumki, Boburning “Aruz risolasi” asari o`zbek, arab va boshqa turkiy xalqlar she’riyati qonuniyatlarini o`rganishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan qo`llanmadir. Bu asar qo`lyozmasining hozirgacha saqlanib qolganligi ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo`lmasligi mumkin. Qo`lyozmaning bir nusxasi Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanib kelinayotgani haqida 1923-yil turk olimi M.F.Ko`prulizoda ilk bor ma’lumot beradi. Fransuz sharqshunosi Edgar Bloshe o`zining Parijdagi “Milliy kutubxonada saqlanayotgan qo`lyozmalar katalogi” kitobida “Aruz risolasi”ning ushbu qo`lyozmasiga alohida to`xtalib o`tadi.
XX asrda ham fransuz sharqshunoslari tarafidan Zahiriddin Muhammad Bobur merosini o`rganish, “Boburnoma”ni tarjima qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Fransuz adiblarining Bobur hayoti, ijodi va “Boburnoma” kitobi haqida umumiy ma’lumot beruvchi maqolalari ko`paydi. 1930-yili fransuz olimi Fernard Grenardning “Bobur. Hind imperiyasining asoschisi” (Baber. Fondateur de l’Empire des Indes. – Paris: 1930, 179 p) nomli risolasi nashr etildi. Kitob 10 bobdan iborat bo`lib, unda Boburning bolalik vaqtidan to umrining so`nggi davriga qadar boshidan kechirgan voqealar tarixiy-badiiy asnoda hikoya qilingan. Grenardning ushbu risolasi “Boburnoma”ga hamohang bo`lib, undagi voqealarga monand keluvchi ilmiy-ommabop ocherklardan, Boburning Samarqandni tashlab chiqqan, Andijonni qo`ldan chiqargan paytdagi holatini quyidagicha tasvirlaydi: “Orzu-umidlari chilparchin bo`lgan Bobur orqaga qaytadi. Bahor fasli edi, u tog`asi yurti (Toshkent-M.X) tomon yo`l oldi. U ezilgan ko`ngliga taskin berish niyatida o`zining quyidagi misra bilan boshlanuvchi g`azalini bitadi:
Jonimdan o`zga yori vafodor topmadim,
Ko`nglumdan o`zga mahrami asror topmadim.
Boburning Hirot va Kobuldagi hayoti Grenard kitobida bir muncha jonli tasvirlanadi. Bu yerda Bobur taxtu toj uchun jangtalab sohibqiron emas, balki nozikta’b va dilbar shoir qiyofasida ko`rinadi.
Shuningdek, hind olimi, Kashmir universiteti professori Muhobbul Hasan “Boburnoma” hususida fikr bildirarkan, bu asarning Boburshoh shaxsiyati va davlat tizimini o`rganishidagina emas, balki Hindiston tarixi, geografiyasi va madaniyati, o`tmishini o`rganishda ham qimmatbaho manba ekanini, Hindistonni, uning xalqi hayotini tasvirlashda muallif idrokining naqadar o`tkirligini ta’kidlab o`tadi. “Boburga qadar bironta musulmon tarixchisi yoki geografi (al-Beruniydan mustasno) Hindistonni bu qadar jonli va to`g`ri tasvirlagan emas”, deydi muallif. Shuningdek, shoh Boburning o`z fuqarosi – hind xalqi bilan do`stona muomalada bo`lganini, hindlar ham shoh tuzumidan mamnun yashaganliklarini ko`p bora ta’riflab o`tadi.
“Boburnoma”ning doctor Bak’e-Grammon tarjimasi fransuz o`quvchisining didiga yaqin saviyada amalga oshiraladi. Unda Bobur hukmronligi davri Movorounnahr, Afg`aniston va Hindiston yerlarining xaritalari berilgan.
“Boburnoma”ning A.J.Klaprot, A.Longper’e, M.Langle, A.Pave de Kurteyl, F.Grenard, Barye-Grammon kabi tadqiqotchi va tarjimonlari Bobur merosining tarixiy-etnografik, bibliografik hamda lingvistik jihatdan tavsif qilish bilan Yevropada boburshunoslikning rivojiga munosib hissa qo`shdilar. Qolaversa, Zahiriddin Muhammad Boburning ilm-fan, adabiyot va san’atga baxshida boy merosini to`plash, nashr etish hamda jahon miqyosida munosib baholamoq uchun yuqoridagi manbalarni e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.
Chet ellik taniqli olimlar Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini o`rganar ekan, vatandoshimizning nechog`lik buyuk shoh, sohibdil shoir, ma’rifatli inson, ruhiy-ma’naviy jihatdan barkamol shaxs bo`lganligiga amin bo`ladilar. Bu esa Bobur shaxsiga va merosiga bo`lgan hurmatni yanada oshiradi. Zero, ulug` vatandoshimiz Bobur hazratlarining jahon ilmiga va davlat boshqaruviga qo`shgan hissasini anglab yetish hamda o`rnak bo`larli jihatlarini o`zimizga qaul qilish uchun olimlar va adiblar yuqorida keltirilgan maqolalar hamda kitoblarni chop ettirish orqali amalga oshirishlari zarur. Buyuk shoh va shoir ijodini o`rganish bugun ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bobur oddiy insoniy kechinmalarga, qalbda junbushga keladigan tug‘yon va taloto‘plarga, turmush ziddiyatlaridan, hayotiy voqea-hodisalardan ko‘ngilda sodir bo‘ladigan iztirobli holatlar, og‘riqli nuqtalarga samimiylik va tabiiylikka yo‘g‘rilgan badiiy jilo beradi, ularni san’atkorona sayqallashtiradi. Shu bois davrlar o‘tsa-da, shoir ijodi, lirik merosi o‘z qadr-qimmatini to‘la saqlagan holda badiiyat ixlosmandlarini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Biz bilamizki, Bobur nozik didli so‘z san’atkori bo‘lish bilan bir qatorda umrining ma’lum qismini sarsonu sargardonlikda, jangu jadallarda o‘tkazgan, taqdir hukmi ila “o‘z yurti qolib, o‘zga yurtlarda shoh bo‘lgan” buyuk tarixiy shaxs. Shunga ko‘ra, shoir lirikasining asosiy mavzusi – Vatan, Vatan sog‘inchi; yetakchi g‘oyasi – vatanparvarlik, adolatpeshalik, samimiyatga boy mehr-muhabbat, sadoqat tarannumi. Uning bir umr talpinib yetolmagan, halovati, oromini o‘g‘irlagan, yuragiga bitmas og‘riq solgan, “gul yuzi hajrida sarg‘aytirgan”, “oyog‘iga xazon bargidek to‘kilib yolbortirgan”, “tole’idan nolitgan”berahm ma’shuqasi – Vatan; tomirida oqayotgan qoni, bo‘g‘zidan otilayotgan nafasi – Vatan sog‘inchi.Adib umrining har daqiqasida Ona yurti ishqida yonib yashadiki, bu otashin qalbdagi muhabbat harorati, sog‘inch iztirobi har bir g‘azal satriga singib kirdi, har bir ruboiy mohiyatini tayin etdi, har bir masnaviy, har bir muxammas qatigajo bo‘ldi, har qit’a, har tuyuqda aks-sado berdi. Adabiyotshunoslikda bu borada juda katta hajmdagi ilmiy-tadqiqot ishlarining amalga oshirilganini yaxshi bilamiz.Shoir ijodining ayni xususiyatlarini chuqur anglagan, uning alam-iztiroblarini yurakdan his qila olgan kitobxon nazdida Bobur bilan bir vaqtda Vatan tushunchasi gavdalanadi, Vatan tuyg‘usi, muhabbati kamolga yetadi. Buni biz shoir g‘azallari misolida ko‘rib o‘tamiz.
“Charxdan behisob javru jafo ko‘rish”, “jondan o‘zga mahrami asror topa olmaslik”, “ko‘ngilning gulzor mayl qilmasligi”, “diyoru yorning hargiz vafo ko‘rsatmasligi” Bobur lirikasining yetakchi mavzulari. Bu nolish va tushkun kayfiyatlarning bosh manbai esa – Vatan sog‘inchi, Ona yurt hajri. Shoirning ana shu tabiiy va samimiy sog‘inchi uning butun ijodiy faoliyati davomida hamroh bo‘ldi, ilhom manbai sifatida qo‘liga qalam tutqazdi. To‘g‘ri, bu bilan biz Bobur faqatgina Vatan sog‘inchini kuylagan, unga ishqiy mavzu, oshiqlik begona, demoqchi emasmiz. Bobur o‘z navbatida adabiyotning azaliy va abadiy mavzusi sanalmish ishq-muhabbat kechinmalarini ham qalamga olgan. Oshiqning beqaror holati, otashin qalbini oshkor qiluvchi intim lirikaning ham betakror namunalarini yaratgan. Bunday ifoda shoirning “O‘zni, ko‘ngul, aysh bilan tutmoq kerak”, “O‘lum uyqusig‘a borib jahondin bo‘ldum osuda”, “Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim”, “Charxning men ko‘rmagan javru jafosi qoldimu?!”, “Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga”, “Ne xush bo‘lg‘ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg‘otsam”, “Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana”, “Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching”, “Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur”, “Sening ishqingda, yey nomehribon, bexonumon bo‘ldum”, “Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzzung hajrida sarg‘ardim”, “Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur”, “Bahor ayyomidur dog‘i yigitning avomidur”, “G‘urbatta ul oy hajri meni pir qilibtur”, “Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur”, “Sendek manga bir yori jafokor topilmas”, “Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘” singari g‘azallari mazmunida o‘ziga xos badiiy pardalarda namoyon bo‘ladi.
Chunonchi, shoirning “Charxning men ko‘rmagan javru jafosi qoldimu”g‘azali mazmunan ham Vatan sog‘inchi, ham ma’shuqasi hajridan alamzada oshiq kayfiyati tasvirini o‘zaro uyg‘unlashtira olgan betakror lirik merosdir.
G‘azalning mayin lirizmini, hazin tuyg‘ular tarovati, “ilohiy ifoda lazzati” kitobxon qalbiga singib, shuuriga ko‘chib, shoh va shoir Bobur kechinmalari bilan oshno qiladi:
Charxning men ko‘rmagan javru jafosi qoldimu?!
Xasta ko‘nglum chekmagan dardu balosi qoldimu?!
Meni xor ettiyu qildi muddaiyni parvarish,
Dahri dunparvarni o‘zga muddaosi qoldimu?!
Meni o‘lturdi jafou javr birla ul quyosh,
Emdi tirguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!
Oshiq o‘lg‘ach ko‘rdum o‘lumni o‘zumga, ey rafiq,
O‘zga ko‘nglumning bu olamda harosi qoldimu?!
Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!
Bоburning shе`riyati hаm yuksаkdir . Bоburning bizgаchа rаng-bаrаng jаnrlаrdаn ibоrаt lirik dеvоni yеtib kеlgаn. Bоbur dеvоnlаrining qo’lyozmа nusxаlаri unchаlik ko’p emаs. Dеvоnlаrining qo’lyozmа nusxаlаri Pаrijdа, Hindistоndа, Turkiyadа, Erоndа vа bоshqа jоylаrdа sаqlаnаdi. Bu dеvоnlаr bir nеchа mаrtа nаshr etilgаn. 1910- yildа Hindistоndа, 1915- yildа Istаmbuldа, 1917-yildа Pеtrоgrаddа nаshr etilgаn. Bоbur dеvоnlаri ingliz, frаnsuz vа bоshqа tillаrdа hаm tаrjimа qilingаn. 1943-1957 yillаr оrаsidа rus tilidа nаshr etilgаn. Bоbur dеvоnidа g’аzаllаr, rubоiylаr, tuyuqlаr, fаrd, mаsnаviy kаbi jаnrlаr uchrаydi. G’аzаl, rubоiy, tuyuqlаrning turli xillаrini ko’rаmiz, Bоbur shе`riyatining аsоsiy jаnrlаri g’аzаl, rubоiy vа tuyuqdir. Shоir dеvоni аsоsаn o’zbеk tilidаgi shе`rlаrni o’z ichigа оlаdi. Shu bilаn birgа bir nеchа fоrs-tоjik tilidаgi shе`rlаr hаm mаvjud. Bu esа Bоburning fоrs-tоjik tilini mukаmmаl bilishini ko’rsаtаdi.
Bоbur murаkkаb bir dаvrdа yashаdi. Uning hаyoti ziddiyatlаr, qаrаmа-qаrshiliklаr, аlаm-iztirоblаr bilаn uzviy bоg’liq bo’lаdi. «Bоburnоmа»dа tаsvirlаngаn ko’pginа vоqеаlаr shundаn dаlоlаt bеrаdi. Bоbur ruhаn qiynаlgаndа hаm, hаyoti quvоnchu shоdliklаr bilаn to’lgаndа hаm, qiynоqlаr girdоbigа tushgаndа hаm, mаg’lubiyat аlаmini tоrtgаndа hаm - hаmmа-hаmmа vаqt shе`riyat bilаn sirlаshаdi. O’z hоlаtini, yurаk nоlаlаrini shе`rgа ko’chirаdi. «Bоburnоmа»dа qаyd etilgаn, yozilish tаrixi ko’rsаtilgаn bа`zi g’аzаllаr, rubоiylаrgа e`tibоr bеrsаk, bu nаrsа yanа hаm оydinlаshаdi. «Bоburnоmа»dа shоir o’zi birinchi tugаl g’аzаlini 18-19 yoshlаridа, 1501-1502 yillаrdа yarаtgаnini qаyd etаdi. Vа mаtlа`ni kеltirgаn:
Jоnimdin o’zgа yori vаfоdоr tоpmаdim...
Аmmо Bоbur shоir sifаtidа tаnilgаn. Hоzirchа uning 120 g’аzаl, 210gа yaqin rubоiysi, 10dаn оrtiq tuyuq, qit`а, fаrd, 150 dаn оrtiq muаmmоsi yеtib kеlgаn.
Shuni tа`kidlаsh kеrаkki, Bоbur shе`riyatining аsоsiy mаvzusi ishq-muhаbbаtdir. Uning rаngin kеchinmаlаri, visоl оrzulаri, hijrоn iztirоblаri, yor go’zаlliklаri, оshiqning rаng-bаrаng hоlаtlаri bаyon etilаdi. Bоbur yurt hаqidа, Vаtаn sоg’inchi, yor vа diyorni mаdh etish, оdоb-аxlоq, mа`rifаtni kuylаsh, dаvr оzоrlаridаn shikоyat kаbilаr hаqidа hаm yozаdi. Bоbur shе`riyatidа ishq-muhаbbаt, hаyot zаvq-shаvqlаri kuylаngаn g’аzаllаr аnchаginа. «Yoz fаsli...» dеb bоshlаnuvchi g’аzаlidа “yoz fаsli”, “bоdа kаyfiyati”, “ishq dаrdi”, do’stlаr suhbаti”, “shе`r bаhsi” hаqidа gаp bоrаdi.
Shоir “Sоchining sаvdоsi...”, “Sеndеk mеngа...”, “Xаzоn yaprоg’i yang’lig’ gul yuzing hаjridа sаrg’аrdim”, “Ko’rmаgаy erdim jаmоlin..”, “Jаmоling vаsfini...” dеb bоshlаnuvchi g’аzаllаridа аnа shu ruh yеtаkchilik qilаdi. Lirik qаhrаmоn yori visоligа оrzumаnd. Uning yuzini ko’rish, so’zini eshitish niyatidа. Bu istаgi аmаlgа оshmаsа “Аyoq yеtgаnchа kеtgаy”.
Jаmоling vаsfini, ey оy, nеchа eldin eshitgаymеn
Nе kun bo’lg’аy visоlinggа mеni dilxаstа еtgаymеn.
Tаrаhhum yuzidin yuzingni ko’rmаkkа buyurgаysеn
Xush ulkim, оrаzingni ko’rgаymеn, so’zung eshitgаymеn...
Ko’pginа g’аzаllаridа yordаn shikоyat, hаyotdаn nоlish, vаfоsizlikdаn аfsuslаnish, оdаmlаrdаgi yomоnliklаrdаn аrz bаyon qilinаdi. “Tоpmаdim”, ‘Yaxshilig’”, “Pаrishоn ro’zg’оrim bоr”, “Qоldimu?”, “Jоnimа аg’yorning” kаbi rаdifli g’аzаllаridа аnа shu mаvzulаr qаlаmgа оlingаn. Lirik qаhrаmоn mаnа bu misrаlаrdа hаm dildоridаn, hаm аg’yorlаrdаn nоliydi:
Qаysi bir оzоrin аytаy jоnimа аg’yorning
Qаysi bir оg’ritqаnin ko’nglumni dеy dildоrning.
G’urbаt ichrа, ey ko’ngul, eldin vаfо istаrni qo’y,
Chun vаfоsin ko’rmаding hаrgiz diyoru yorning.
Bоbur, ul gul jаvr etаr, аg’yordin nе yaxshiliq,
Gulning оzоri bu bo’lsа, vаh nе bo’lgаy xоrning
Yoki:
Yor qаdrin bilmаdim tо yordin аyrilmаdim
Yor qаdri munchа hаm dushvоr ekаndur, bilmаdim.
Bа`zi g’аzаllаrdа bеvоsitа mа`shuqаning ko’rinishi, chirоyli surаti chizilаdi. Mа`shuqаning ko’pginа а`zоlаri turli nаrsаlаrgа tаshbеhlаnаdi:
Tushing dur, lаbing mаrjоn, xаding gul, xаting rаyhоn
Yuzung hur, sоching аnbаr, so’zung mul, mеnging mеynоn.
Mеynоn mеnging, so’zung mul, аnbаr sоching, yuzung hur
Rаyhоn xаting, xаding gul, mаrjоn lаbing, tishing dur...
Bоbur shе`riyatining аsоsiy qаhrаmоni shоirning o’zi. U оshiq, muhаbbаtni tеrаn аnglаydigаn, o’zini ishq quli dеb hisоblаydigаn, hаyotni chuqur kuzаtаdigаn, dаvr qiyinchiliklаridаn аlаm chеkkаn, hijrоndаn jоni qiynоqdа bo’lgаn bir shаxs. Uning ko’ngil qo’ygаn mа`shuqаsi nihоyatdа go’zаl. Оshiq vаfоdоr insоn. U hаr qаndаy hоlаtdа hаm mа`shuqаsidаn yuz o’girmаydi.
Kеltursа yuz bаlоni o’shаl bеvаfо mаngа
Kеlsun, аgаr yuzumni evursаm, bаlо mаngа.
Bа`zаn lirik qаhrаmоn аzоblаrdаn qutulishgа, o’zni shоd tutishgа hаrаkаt qilаdi:
O’zni, ko’ngul, аysh ilа tutmоq kеrаk
Bizni unutqаnni unutmоq kеrаk...
Аdаbiyotshunоs I.Hаqqul Bоbur shе`riyatidаgi tаsаvvufiy g’оyalаr hаqidа hаm mulоhаzаlаr yuritаdi. “Bоburnоmа”dаgi qаtоr mа`lumоtlаr Bоburning Shаriаt, Tаriqаt, Mа`rifаt shаrtlаriniginа emаs, yaxlit hоldа, tаsаvvuf mоhiyatini hаm tеrаn tushungаnligigа to’lа ishоnch pаydо qilishni yozаdi. Shоirning shе`riy mаktubidаgi mаnа bu misrаlаrdа ilоhiy mоhiyat yashiringаnini tа`kidlаydi:
Аytgil ul husn xоnigа
Dеmаyin xоn, bаlki jоnlаr jоnigа
Ko’rmаyin yuzingni bеmоr o’lmishаm
G’оyibоnа оshiqi zоr bo’lmishаm.
Mаnа bu misrаlаr hаm оrifоnа оhаnglаr sifаtidа tаlqin etilаdi:
Kunju uzlаtgа ru qilib erdim,
G’аmu mеhnаttа xu qilib erdim
Ey xush ulkim, jаmii hаmdаmdin
Dеmа hаmdаmki, jumlа оlаmdin.
Fоrig’ erdim, qаnоаtim bоr edi,
Qоnе` erdim, fаrоg’аtim bоr edi.
Go’shае ixtiyor qilg’оn edim
G’аflаt uyqusidаn оyilg’оn edim.
Bа`zаn tаrkidunyochilik оhаnglаri hаm ko’rinаdi;
Jаhоn eliyu jаhоn-bаrchа gаr аdаm bo’lsа,
Аdаm yo’lini tutаy zаrrа mеndа g’аm bo’lsа
Bоbur shе`riyatining muhim qismini rubоiylаri tаshkil etаdi. Rubоiy shоirning hаqiqiy qаlb tаrjimоni, ruhiy оynаsi. Bоburgа rubоiy yozish judа qulаy, gаshtli mаshg’ulоt bo’lgаn. U bаdihа usulidа hаm rubоiylаr yozаvеrgаn. Аkаdеmik Оybеk Bоbur rubоiylаri hаqidа shundаy yozgаn edi: “Bоbur rubоiylаri uning pоeziyasining cho’qqisidir. Umаr Xаyyomning rubоiylаri kаbi uning rubоiylаri hаm fаlsаfiy fikrlаrgа bоy, shаklаn mukаmmаl vа islоm dini nuqtаi nаzаridаn mаhdudligidаn аnchа оzоddir”. “Аlbаttа Nаvоiy Bоbursiz Nаvоiy bo’lib qоldi, lеkin Bоburni Nаvоiysiz tаsаvvur qilish qiyin”, - dеgаn edi M.Shаyxzоdа. Bоbur umr bo’yi Nаvоiydаn ilhоmlаndi. Nаvоiydаn bаdiiyat sirlаrini, mа`nоni rubоiydа yuksаk mаhоrаt bilаn ifоdа etishni o’rgаndi. Nаvоiy g’аriblik hаqidа shundаy yozgаn:
Munglug’ bоshim оstidаgi tоshimnumu dеy?
Tоsh ustidаgi g’аrib bоshimnimu dеy?
Hаsrаt suyidin ko’zimdа yoshimnimu dеy?
O’lmоkdin sа`brоq mаоshimnimu dey?
Bоbur quyidаgichа yozаdi:
G’urbаt tug’i yopqоn ruhi zаrdimnimu dеy?
Yo hаjr chiqаrgаn оhi sаrdimnimu dеy?
Hоling nеdurur, bilurmisеn dаrdimni,
Hоling so’rаymu, yo’qsа dаrdimnimu dеy?
Nаvоiyning “Sаdqа’, “Yo’qturur” kаbi rubоiylаrigа hаm Bоbur jаvоb yozgаn.
Bоbur rubоiylаri mаvzu jihаtdаn rаng-bаrаng. Shоir undа hаyot vа insоn qismаtigа оid ko’p tоmоnlаrni qаmrаb оlgаn. Аyni pаytdа shоir rubоiylаri ko’prоq hаsbu hоl tаrzidаdir. Bоburning lirik qаhrаmоni hаyotsеvаr, оshiqlikni shоhlikdаn yuqоri qo’yadi. Shоir sеvgi tuyg’ulаrini hаrоrаt vа sаmimiy tаrzdа bаyon etаdi:
Xush ulki ko’zum tushsа sеning ko’zinggа,
Bеvоsitа hоlimni dеsаm o’zunggа.
Bеrmаy so’zumа jаvоb аchchig’lаnаsеn,
Qilding mеni muhtоj chuchuk so’zunggа.
Shоir rubоiylаrining kаttа bir qismini hijrоn mаvzulаri tаshkil etаdi:
Hаjring g’аmidin оqibаt o’lg’um, qаrо ko’z
Yuz g’ussаu аnduh ilа bоgum, qаrо ko’z.
Vаsling bilа qilmаding ilоjin Bоbur
Mushkulki firоqingdа tirilgum, qаrо ko’z.
Sеrtаshvish, g’аlvаli hаyot Bоbur qismаti edi:
Dаvrоn mеni o’tkаrdi sаru sоmоndin
Аyirdi bir yo’lа mеni xоnimоndin
Gоh bоshimа tоj, gоh bаlоyi tа`nа
Nеlаrki bоshimg’а kеlmаdi dаvrоndin.
Bоbur rubоiylаridа Vаtаn оbrаzi аsоsiy o’rinni egаllаydi. Ilm hаqidа yozаdi.
Bоbur ko’pginа tuyuq vа fаrdlаr yozdi. Ulаrdа hаm yuqоridаgi mаvzulаrni qаlаmgа оlаdi: Tuyuq:
Vаsldin so’z dеrgа yo’q, Yorо mаngа
Hаjr аrо rаhm аylа, kеl, Yorо mаngа
O’qung etti ko’p yamоn Yorо mаngа
Mаrhаmi lutfung bilа Yorо mаngа.
Bоbur mаhоrаti yuksаk shоir. Uning shе`rlаridа tаzоd, lаf vа nаshr, o’xshаtish, iyhоm, mubоlаg’а kаbi bаdiiy vоsitаlаr ko’p uchrаydi. Tаzоd:
O’ltirur gаrchi mеni g’uftоring
Tirguzur ul lаbi shаkаrbоring.
Kinоya:
Tutdim sоchini yuzin ko’rаy dеb
Tun uzunu mеn g’аrib gumrоh.
Mаqоl:
Dа`viyi ishq etib g’аyr Bоburni аyb qilmа
Kim mеn edim sеningdеk, sеn bo’lgаysеn mаningdеk.
Оmоnim:
Tо оq yuzung yirоq tushti
Ikki ko’zum ichrа оq tushti.
Umumаn, Bоbur g’аzаllаri bugunki kundа o’quvchilаr tоmоnidаn sеvib o’qilmоqdа. Hоfizlаr jo’shib kuylаmоqdа. Bоbur kishilаrni yaxshilik qilishgа chаqirаdi:
Bоri elgа yaxshilik qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim dеgаylаr dаhr аrо qоldi fаlоndin yaxshilig’.
Bobur o’zbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozgan she’rlarini to’plab, 1519-yilda Kobulda, 1528-1529- yillarda Hindistonda devonlar tuzgan. Bu ikki to’plam o’sha joylar nomi bilan “Kobul devoni”, “Hind devoni” deb ataladi. Kobul devoni topilgan emas. Mutaxasislarning fikricha, saqlanib qolgan she’rlarining soni to’rt yuzdan ortiq. Shundan 119 tasi g’azal, 231 tasi ruboiy. Shuningdek, shoir devonidan tuyuq, fard, masnaviy, qit’a, muammo kabi janrlar ham joy olgan.
Bobur devonining katta qismi g’azallardan iborat. G’azallarining ma’lum guruhi hasbi hol xususiyatiga ega bo’lib, shoir hayotining muayyan lavhasi bilan bog’lanadi. Mana, uning “topmadim” radifli g’azalini olaylik. Bu she’rning yozilish tarixi “Boburnoma” da ham keltirilgan. 1500-1501-yillarda Bobur Samarqandni ikki bor olib, yana boy beradi. Bir muddat sarsongarliklardan so’ng biror viloyat berar degan umidda Toshkentga xon dodasi Yunusxon huzuriga boradi. Bobosi O’ratepani unga berishini aytadi, ammo bu gaplar va’daligicha qolib ketadi. Sargardonlik, xiyonatlar, yaqinlaridan judo bo’lsih, qarindoshlar hamiyatsizligi, Shayboniyxonning tinimsiz ta’qibi shoirning ko’nglini cho’ktiradi. Buning ustiga Boburning ashaddiy dushmani Ahmad Tanbal bilan to’qnashgan Yunusxon u bilan murosaga keladi va buni nishonlab ov hamda ziyofat uyushtiradilar. Bu hol Boburni qattiq qiynaydi. Ko’nglidagi iztiroblarni: “Jonimdan o’zga yori vafodor topmadim, Ko’nglimdan o’zga mahrami asror topmadim” matlasi bilan boshlanuvchi g’azalda ifoda etadi. “Yod etmas emish kishini mehnatda kishi” misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi ham shu kunlarda ruhiy ezilishlar natijasi o’laroq yozilgandi. Ba’zan bunday biografik chizgilar oshiqona kayfiyatdagi satrlar bilan almashinib ketadi va nafis badiiyat libosida ko’rsatiladi. Quyidagi g’azalga diqqat qilaylik:
Qaro zulfing firoqida parishon ro’zgorim bor,
Yuzingning ishtiyoqida ne sabr-u ne qarorim bor.
Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,
Nechun holim yamon qildi, men andin bir so’rorim bor.
Avval g’azalning badiiyatiga e’tibor qarataylik. Tanosub san’atidan foydalangan shoir ma’shuqa go’zalligi va oshiqning ruhiy kechinmalarini mohirlik bilan chizadi. “Qaro”, “zulf”, “parishon”, “ko’z”, “yamon” so’zlarini o’zaro qora rang, “yuz”, “lab”, “qon” so’zlarini qizil rang bilan bog’liq tushuncha birlashtirib, tasvir va ifodada o’ziga xoslikni yuzaga keltirgan. Shuningdek, asosiy qofiya (ro’zgorim – qarorim – so’rorim) bilan birgalikda saj’ – ichki qofiya (firoqida – ishtiyoqida; qon – ravon - yamon) hamda radif (qildi; bor)ning qo’llanishi g’azalga mayin musiqiylik baxsh etgan. Oshiqning hayoti (ro’zgori) ma’shuqa zulfi firoqida parishon, yor yuzining ishtiyoqi, lab tamannosi uning sabr-qarorini intihosiga yetkazadi. Sof oshiqona kechinmalar bayoni bilan boshlangan ushbu satrlar keyingi baytlarda hasbi hollik yo’siniga o’ta boshlaydi.
Jahondin menga g’am bo’lsa, ulusdin gar alam bo’lsa,
Ne g’am yuz muncha ham bo’lsa, seningdek g’amgusorim bor.
“Jahondin menga g’am bo’lsa...” Bolalikdanoq hokimiyatning og’ir yuki gardaniga ortilgan, hayitining ko’p qismi urushlar qariga kechgan, do’st-u yori necha bor sotgan, alamlardan diydasida ko’z yoshlari qotgan Boburning hasrati bu.
“Ulusdin gar alam bo’lsa…” Saltanat ishtiyoqida ne yurtlarni kezgan, dushman navkarini tig’ bilan kesgan, umr bo’yi janglarda qonlar kechgan va bu bilan ne-ne odamlar –ulus qayg’usoga sabab bo’lgan Boburning iqrori bu.
Hasrat va iqrorlardan so’zni u yorga qarata: “Bu g’am va alamlardan yuz barobar bo’lsa ham, mening g’amim yo’q, chunki sen borsan” deya uning g’amgusorligini istaydi. Bu kabi she’rlarni shoir devonidan ko’plab topish mumkin. “Mening ko’nglumki gulning g’unchasidek tah-batah qondur”, “Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur” g’azallarida, “Beqaydman-u xarobi siym ermasmen”, “Tole yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi” kabi rubiylarida, “Bir kecha xotirim mushavvash edi” masnaviysida Boburning ziddiyatga to’la hayoti yuksak badiiy ifoda etilgan.
Bobur she’riyatini o’qib bir narsaga amin bo’lamiz: u hayotni sevadi, umrning har daqiqasini g’animat biladi. Shuning uchun har qanday og’ir kunlarda ham yashashga intildi, izlanishdan to’xtamadi, ijodda davom etdi. Shoirning hayotsevarligi, ayniqsa, “Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati”, “Sendek menga bir yori vafodor topilmas” kabi g’azallarida yaqqol aks etgan. Bobur ijodida mana shunday hayotga qaynoq mehr aks etgan jo’shqin g’azallar ham, afsus- nadomat to’la she’rlar ham bor. Ularni umumiy bir jihat birlashtirib turadi: she’rlarining hammasi benihoya samimiy tuyg’ular bilan yog’rilgan.
Ne yerda bo’lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,
G’aribing’g’a tarahhum aylagaykim, andijoniydur.
Ulug’larning muzaffariyati ham, hasrati ham, dardlari ham, orzu-armonlari ham zalvorli bo’ladi, cho’ng bo’ladi. Yo’qsa, Hindistonday ulkan, mamlakat shahanshohi Zahiriddin Muhammad Bobur o’zini “Andijonlik g’arib”man, deb o’ksinganini she’rda naqshlarmidi?! Agar u “g’ariblik”ni ulkan shaxsiy fojia va falokat deb hisoblamasa, Hindistonga yuzlanganini shaxsiy qismatidagi “yuz qarolig’” deb baholarmidi:
Tole yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishni ayladim, xatolig’ bo’ldi.
O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi?!
Shahanshoh Zahiriddin Muhammad Bobur “tole yo’qi” (baxtsizlik)dan faryod cheksa, o’zining hamma ishlarini xato deb e’lon qilsa-ya?!. Chunonchi, bu ikkinchi iqror –musulmoni komil e’tirofidir. Chunki Bobur “Eykim, bori nazm ahlig’a sen xon yanglig’” deb ulug’lagan daho Alisher Navoiy ham o’z iqrornomasida shu fikrni izhor etgan edi:
Yo Rab! Eshigingda bir gadomen –
Kim: boshdin –ayoqqacha xatomen.
Odatda, ilmda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ismining “Zahiriddin Muhammad” qismi – ismi, “Bobur” – taxallusi” degan an’anaviy fikr hukm surib keladi. Aslida, mazkur uch so’z uning ismidir. Bunga amin bo’lish uchun bir ruboiysiga ko’z tashlaylik:
Tuz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor –
Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
“Zahiriddin Muhammad Bobur” ismining lug’aviy talqini: “Muhammad dinining shersifat posboni (tayanchi, panohi)” bo’ladi. Tarixchi Mirza Olim mushrifning “Ansob us-salotin fii tavorixi xavohin” (Sultonlar nasablari va xonlar tarixlari) kitobidagi ma’lumotlarga ko’ra, Umarshayx Mirzo Samarqandga borib, yangi mehmon – to’ng’ich o’g’liga ism qo’yib berishni ulug’ pir- Xoja Ubaydulloh Ahrordan iltimos qilgan. Xoja Ahrori vali avval “Zahiriddin Muhammad” ismini aytgan. So’ngra , biroz o’ylanib: “Bu ism avom tiliga talaffuz jihatidan og’irlik qiladi: ular Bobur mirzo deya qolsinlar” degan. Shunday qilib, baxtiyor hukmdor Umarshayx mirzo o’g’liga uch so’zdan iborat, ma’nosi “Muhammad dini va shariat tayanchi”ni ifodalaydigan “Zahiriddin Muhammad Bobur” ismini olib kelgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi ma’lum ma’noda shaxsning barkamolligi bilan ham izohlanadi. U avval podshoh, hukmdor, yurt ishini yurgizadigan ulug’ zot. Saltanat dinda muqaddaslashtirilgan. Sulton – Ollohning yerdagi soyasi deb qaralgan. Bu ulug’ martabaga Boburning buyuk sarkardaligi – lashkarboshiligi yetkazgan. U jangni ham san’at deb bilgan va “Harb ishi” nomli kitobida harb san’atini har tomonlama yoritgan. Taasufki, bu asar hozircha topilmagan.
Zahiriddin Muhammad Bobur - fiqh olimi. U “Mubayyin” nomli asarni she’riy tilda bayon etgan. O’sha zamonlarda fiqhga doir asarlar asosan arabiy va alohida qayd etish lozim bo’ladi. Birinchidan, asarning o’zbek tilida yozilganligi; ikkinchidan, asarning she’riy usulda bayon etilgani.
Biror hukmdor o’z hayotini Boburchalik san’at bilan bezamagan bo’lsa kerak. Uning “Boburnoma”sida Bobur saroyi raqqoslari Tengriquli, Ramazon va hofizi Ruhdam haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bugina emas, u Ruhdamning qo’shiqchilik san’atiga olqishi sifatida unga quyidagi ruboiyni ham bag’ishlagan:
Gar Ruhdam etsa erdi ohangi nag’am,
Majlisda ne huzn qolur erdi, ne g’am.
To borg’ali Ruhdam bizing majlisdin,
Majlis eliga ne ruh qoldi-yu, ne dam.
Zahiriddin Muhammad Boburning Hirot safariga doir “Boburnoma” sahifalarida ham Badi’uzzamon mirzo va Muzaffar mirzo bazmlarida qatnashgan raqqos Mir Badr va hofiz Mirjon hamda boshqa sozanda, bastakor va hofizlar xususidagi ma’lumotlarga duch kelamiz.
Boburning musiqiyga oid maxsus risola yozgani haqida musiqa tarixiga doir kitoblarda aniq ma’lumotlar saqlangan.
Bobur – buyuk mumtoz shoir, Alisher Navoiydangina keyin turadigan yirik so’z san’atkori. Buning boisi Zahiriddin Muhammad Bobur - shoirning o’zbek adabiyotidagi o’rni, uning bu adabiyotning turli janrlariga qo’shgan yangiliklari hissasi, mahoratining mislisiz sehrgarlikkacha yuksakligi, she’riyatining o’ta jozibadorligidir.
Mumtoz she’riyatga shoir tarjimai holiga oid ma’lumotlar yoki, boshqacha aytganda, tarjimayi holga daxldor she’rlar, asosan, Alisher Navoiydan boshlab uchray boshlaydi. Navoiyning qit’alarida bu hol ,ayniqsa, yaqqol seziladi. U o’zi va zamondoshlari haqida goh salbiy, goh ijobiy ma’noda o’sha qit’alarda so’z yuritgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining tarjimai hollik xususiyati avvalo g’azallarida, ayniqsa, ruboiylarida ko’proq yaqqolroq seziladi.
Charxning men ko’rmagan jabru jafosi qoldimu?
Xasta ko’nglum chekmagan dardu balosi qoldimu?
matla’li g’azalni muallif Hirotdan qaytayotib, qor otning qornidan keladigan yo’llarda yurgani taassuroti tarzida yaratilganini “Boburnoma”da qayd etgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning bir ruboiysi sevimli zavjalari Mohim begim va Gulrux begimlarga, bir ruboiysi Komron mirzoga, bir ruboiysi Humoyun mirzoga, bir ruboiysi hofizi Ruhdamga, bir forsiy ruboiysi Bajavr qal’asining olinishi haqida, ayrim qit’alari Xoja Kalon va Fo’lod sultonga bag’ishlagani ma’lum. Ayniqsa, uning quyidagi sirli ruboiysi adabiyotshunoslari lol qoldiradi. Negaki, mana, butun bir asr davomida olimlarimiz Bobur she’riyatini o’nlab marotaba nashr ettirdilar-u, quyidagi ruboiydan uning tarjimai hollik xususiyatini payqamay keldilar:
Hijronda, sabom yetti fallakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani gulrux Mohim.
Darhaqiqat, bu badiiy matn shu holatida ham juda o’qishli, go’zal, shinam: mazmunli, ta’sirchan.
Biz “Boburnoma”, “Humoyunnoma”, Bobur “Devoni” va boshqa manbalarni sinchiklab o’qish natijasida bu she’rning yaratilish tarixini taxmin qilib ko’rdik. Kim bilsin, bu ruboiy Boburning Hirot safari vaqtida bitilganmi yoki Hindiston uchun besh marotaba yurishlarning birida yozilganmikan?..
Harqalay, she’r shoh va shoir xonadoni Kobulda ekanida, o’zining safardalik paytida yaratilgan va oilaviy maktubga she’riy ilova bo’lgan. “Ul sori” deb ijodkor “Kobul tomon” ni nazarda tutgan. Biz ruboiyni quyidagicha uch xil o’qishga moyilmiz. To’g’rirog’i, she’rning to’rtinchi misrasini yana uch xil yangi mazmun ilovasi bilan o’qiymiz. Birinchisi:
Hijronda, sabom yetti fallakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani gulrux Mohim.
Bunga ko’ra rubioy Boburning jufti haloli gulyuzli Mohim begimga atalgan.
Ikkinchisi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani Gulrux mohim.
Bu holatda to’rtlik shoirning xotini oyday Gulrux begimga bag’ishlangan.
Uchinchisi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani Gulrux, Mohim.
Ushbu tarzda ruboiy Boburning ikkala xotiniga tegishlidir. Demak, Boburning bir ruboiysini to’rt xil talqin qilish mumkin ekan. Bu esa uning yuksak mahoratli ekanligini isbotlaydi.
Mumtoz Sharq poetikasida “iyhom” nomli badiiy san’at bo’lib, buning lug’aviy ma’nosi “gumonsiratish” dir. Iyhom o’ta nozik san’at bo’lgani uchun Alisher Navoiy bu san’atni “xossa ma’no” (eng nozik ma’nolar) ni ifodalaydigan san’at ekanligini uqtirgan:
Agar xossa ma’no gar iyhom erur,
Aning kunda yuz bayti havlom erur,
deya daho shoirimiz o’z cheksiz imkoniyati bilan faxrlangan edi. Bobur ana shu san’atda qayta-qayta kitobxon qarshisida ma’no-mazmun rang-barangligini namoyishkorona uyushtiradi. Quyidagi dilkash, jozib baytni o’qib, zukkolarcha idrokini ishga sola olgan kitobxon “so’rorim bor” birikmasini “so’ramoqchiman” va “so’rmoqchiman” ma’nolarida faxmlay oladi:
Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qilid, men ondin bir so’rorim bor.
Ushbu san’atda Alisher Navoiygacha yashagan mumtoz shoirlarimiz orasida eng ko’p baytlar yaratgan shoirimiz Mavlono Lutfiy Shoshiy (Toshkandiy) bo’ladilar.
Bobur mahorati tafre’ san’atini qo’llashda ham yaqqol namoyon bo’ladi. Bu badiiy san’atni qo’llagan san’atkor ko’rinib turgan narsani “bu emas” deydida, “mana bu” deb boshqa bir o’xshash narsani aytib, ajoyib mubolag’ali, o’ta ta’sirchan badiiy voqelikni yaratadi:
Sel emasdir yer yuzin tutqan – ko’zumning yoshidur,
Ra’d emasdur ko’kka chirmashqon – ko’ngul afg’onidur.
Mazmuni: Yer yuzini tutib ketgan sel emas, balki ko’z yoshlarimdir. Osmonga qasirg’alar tashlayotgan momoqaldiroq emas, balki ko’nglim faryodidir.
Bu usulni Bobur Navoiydan o’rgangan bo’lishi mumkin:
Lolazor ermaski, ohimdin jahong’a tushti o’t,
Yo’q, shafaqqim, bir qiroqdan osmong’a tushti o’t…
“Tafre’” san’atining ta’sirchanlik imkoniyatlarini Alisher Navoiy Sa’diy Sheroziydan kuzatgan bo’lsa ham ajab emas:
Nest on lolaho, ki dar bodiyaho jilvagarand,
Kushtagonand, ki zi xok barovardi sarand.
Do'stlaringiz bilan baham: |