1-mavzuga doir case topshiriqlari:
Axborot so’ziga ta’rif bering?
Axborot – 1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar na-tijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma to‘g‘risida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tu-zilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy e’lon qilinadi. Ikki davlat o‘rtasida olib borilgan muzoqaralar haqidagi A. odatda qo‘shma A. deb atala-di;
TAT fani nimani o’rgatadi?
Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-ta’lim muhitiga integrallashishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi. Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash va uni boshqarish ham muhim o‘rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda.
2012-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM) o‘rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM’larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi.
Fanning maqsad va vazifalarini keltiring?
Dasturning maqsadi – magistraturaga kiruvchilarning bakalavriatura bosqichida informatika yo’nalishidagi fanlarni tadqiq qilishning ilmiy yo’nalishlari, tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohada va ilmiy tahlil masalalari, yangi g’oyalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish, ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligini, tadqiqot natijalarini ilmiy jamoatchilikka tushuntira olish qobiliyati va qiziqishini aniqlashdan iborat. Dasturning vazifalari: magistraturaga kiruvchilarning - mutaxassislikka mos mos yangi ilmiy natijalar, ilmiy adabiyotlar yoki ilmiy-tadqiqot loyihalar bilan tanishganligi darajasini - informatika va axborot texnologiyalari yuzasidan birlamchi manbalarga suyangan holda, innovasion va fundamental tadqiqotlar olib borish, sohaning nazariy va amaliy muammolarini bilishi darjasini; - informatika va axborot texnologiyalari amaliy hamda nazariy masalalarini yechish uchun ilmiy xulosalar va tavsiyalar berishi darajasini; - namunaviy metodikalar va boshqalar bo’yicha eksperimental tadqiqotlarni o’tkazish va ularning natijalariga ishlov berish malakalarining mavjudligi; - ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik hisobotlar va tushuntirish xatlarini ishlab chiqish darajasini; - o’tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo’yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referat va bibliografiyalarni tuzish darajasini; - ilmiy seminarlar, ilmiy-texnikaviy konferensiyalarda ishtirok etish va ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik mavzularga mos jurnallarga maqolalar tayyorlash; - ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligini ko’rsatib berish.
Fanning asosiy tushunchalari haqida ma’lumot bering?
Axborot texnologiyalari, Axborot texnologiyasi, texnologiya, ichki omil, tashqi omil.
Mexanik mashinalargacha bo`lgan davrni keltiring?
Hisoblash ishlarining tarixi odamzod paydo bo'lishidan boshlanadi. Yer yuzidagi eng birinchi hisoblash asbobi ibtidoiy odamlarning barmoqlari edi.
Qo'l va oyoq barmoqlari ibtidoiy "hisoblash vositasi" vazifasini o'tagan. Binobarin, o'sha qadim zamonlardayoq hisoblashning eng birinchi va eng oddiy usuli - barmoq hisobi paydo bo'lgan. U qadimiy qabilalarda hisobni 20 gacha olib borishni ta'minlagan. Hisoblashning bu usulida bir qo'l barmoqlari "besh"ni, ikki qo'l barmoqlari 'Vnni", qo'l va oyoq barmoqlari birgalikda "yigirmani" bildirgan.
Dastlabki va eng sodda sun'iy hisob asboblaridan biri birkadir. Birka 10 yoki 12 tayoqchadan iborat bo'lib, tayoqchalar turli tuman shakllar bilan o'yilgandir. Kishilar birka yordamida podadagi molar sonini, yig'ib olingan hosil miqdorini, qarz va hokazolarni hisoblashgan Hisoblash ishlarining murakkablashuvi esa yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni taqozo etardi. Ana shunday ehtiyoj tufayli bunyodga kelgan va ko'rinishdan hozirgi cho'tni eslatuvchi abak asbobi hisoblash ishlarini bir muncha yengillashtirdi. Dastlabki hisoblash asboblaridan yana biri raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalardan iborat bo'lib, Shotlandiyalik matematik Jon Neper nomi bilan atalgan, Neper tayoqchalari yordamida qo'shish, ayirish va ko'paytirish amallari bajarilgan. Keyinroq bu asbob ancha takomillashtirildi va nihoyat logarifmik chizg'ich yaratilishiga asos bo'ldi.
Elektromexanik mashinalar davrini ta‘riflang?
Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo'l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining yaratilishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. Bunday mashina loyihasi dastlab Rossiyada yashab turgan shved olimi V.T.
Rossiya Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R.
Odner tomonidan 1875 yilda yaratildi1925 yilda V.Bush elektr releda yig'ilgan hisoblash mashinasini yasadi va hayotga tatbiq etdi.
EHM avlodari haqida ma‘lumot bering?
Elektron hisoblash mashinalari davri. 1943-1945 yillarda birinchi bo'lib AQSHdagi Pensilvaniya universitetida Mouchli va Ekkert 70 tonnaga yaqin og'irlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallaydigan va 18 mingta elektron lampaga ega bo'lgan ulkan elektron hisoblash mashinasi - "ENIAC" yaratildi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh, ingl. United States of America) - Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti - Vashington shahri, BMT aʼzosi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan.
U elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi.
1947 yilda Bell laboratoriyasinig hodimlari Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Berteyn tomonidan birinchi tranzistor yaratildi. Mazkur kashfiyot uchun ular 1956 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldilar. Qisqa davr ichida, tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli, bugungi kungacha elektron hisoblash mashinalarining to'rtta avlodi yaratildi:
Kompyuter haqida ma’lumot bering?
Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o'chirish tartiblari mavjud. Avvalambor, kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.
Shaxsiy Kompyuterlar uchun kuchlanishning o'zgarishi, ayniqsa keskin o'zgarishlar xavfli bo'lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvatining o'zluksizligini ta'minlovchi - URS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus URS qurilmasi elektr quvvatini o'zgarmas holda ushlab turadi, hamda elektr manbai o'chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida Kompyuter ishlashini ta'minlab turadi. Bu vaqt Kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. masalan, kerakli ma'lumotlarni diskka yozib qo'yish yoki programmalar ishini tugatish uchun va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |