Rahbar va uning ma`naviy xususiyatlari.
Insondagi axloqiy sifatlar qanchalik go`zal yoki xunuk bo`lmasin,
ular faqatgina ijtimoiy faoliyatda namoyon bo`ladi.
Umumiy o`rta ta`lim muassasalari rahbarlari maktabni boshqarishda
innovatsion yondashuvlarga asoslanishi, kasbiy ahamiyatga ega bo`lgan shaxsiy sifatlarga ega bo`lishi, ixtiyoriy vaziyatlarda o`zini-o`zi nazorat qila olishi, shuningdek, ta`lim muassasasida hukm suruvchi tarbiyaviy
munosabatlarni e`tiborga olgan holda faoliyat olib borishi, turli xil masalalarni va muammolarni hal etishda mavjud huquqiy-me`yoriy
mezonlarga asoslanishi zarur bo`lib, bular rahbarning boshqaruv
yo`nalishida kompetentliligini ifodalaydi. Ushbu fikrlardan kelib
chiqqan holda, umumiy o`rta ta`lim muassasalari rahbarlari kasbiy
kompetentliligining quyidagi asosiy komponentlarini ajratib ko`rsatish mumkin:
- o`z faoliyati va ta`lim muassasasi faoliyati samaradorligini tahlil
qilish va ob`ektiv baholashga xizmat qiluvchi refleksiv ko`nikmalar;
- o`z faoliyati va o`zaro munosabatlar jarayonidagi xatti-
harakatlarining natijalarini hamda tarbiyaviy munosabatlar jarayoniga tayyorgarligini his etishni ifodalovchi oldindan ko`rish ko`nikmalari;
- boshqaruv jarayonlarida vujudga kelishi mumkin bo`lgan muammoli
vaziyatlarda sub`ektlar faolligini ta`minlash va faoliyatini
muvofiqlashtirish ko`nikmasi;
- boshqaruv jarayonlarida mavjud sun`iy to`siq va qarama-qarshiliklar
jamoadagi ongli intizomga salbiy ta`sir ko`rsatishining oldini olish
ko`nikmasi;
- hamkorlikda faoliyat ko`rsatish va vaziyatlarga ko`ra rahbarlik
uslublaridan oqilona foydalanish ko`nikmasi;
- muloqotga oson kirishish ko`nikmasi;
- kommunikativ kompetentlilik, ya`ni turli sharoitlarda insonlar
bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatish uchun zarur bo`lgan o`zaro ta`sir
ko`rsatish ko`nikmasi;
- axborotlar to`plash, tahlil qilish, ob`ektiv baholash, qayta ishlash
va axborotlar almashinish ko`nikmasi;- o`zini-o`zi boshqarish va shaxsiy rivojlantirish ko`nikmasi va h.k.
Bugungi kun o`qituvchisi o`zida kasbiy, umummadaniy, maxsus va shaxsiy sifatlarni uyg`unlashtirgan holda mujassam etsa, ya`ni har tomonlama hammaga o`rnak bo`la oladigan shaxsga aylansagina haqiqiy ma`naviy qiyofaga ega bo`ladi. Ba`zi o`qituvchilarning o`qituvchiga xos ma`naviy qiyofasini ko`rsata olishiga to`sqinlik qiluvchi bir qancha omillar mavjud. Shulardanbiri, o`qituvchining kechirimli bo`la olmasligidir. Shunday pedagoglarborki, o`quvchisining xatosini kechira olmaydilar, undan xunini olmagunchatinchimaydilar, hatto masalaga shunchalik chuqurlashib kirishib ketadiki, shogirdini har ko`rganida dushmanini ko`rgandek muomala qiladilar.
Axir o`qituvchi shaxsiga xos sifatlardan biri – bag`rikenglik, ya`ni kechirimli bo`lish emasmi, uni kek saqlashiga aslo haqqi yo`q.
Ikkinchi omil - ba`zi ota-onalarimizda pedagogik savodxonlikning
etishmasligidir. Navoiyning fikricha: “Ba`zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim esa bir to`da bolalarga ilmu adab o`rgatadi. Bu jarayonda muallim ko`p aziyat chekadi, mashaqqatlarni boshdan kechiradi. Shuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. Shogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimgaqulluq qilsa arziydi”. Ba`zan savodxonligi past darajadagi ota-onalar hamuchraydiki farzandining yoxud o`quvchilarning ko`z o`ngida o`qituvchisiga qo`polmuomalada bo`lib, haqorat qiladigan, shaxsiyatiga tegadigan, hatto qo`lko`tarishgacha boradigan holatlarni guvohi bo`lamiz. Ko`pgina maktablardao`tkaziladigan ota-onalar majlisi, ota-onalar kengashida bolaning ta`limiva tarbiyasi, iqtisodiy harajatlarga oid masalalar muhokama etiladi. Omillarning yana biri – ayrim ta`lim muassasalari rahbarlarining pedagog xodimlariga nisbatan muomala madaniyatining yo`qligidadir.
Amaliyotda ko`pchilik boshqaruv faoliyatining samaradorligi ko`p jihatdan rahbarning ushbu lavozimga qancha muddat ishlaganiga, ya`ni boshqaruv jarayonida orttirgan tajribasiga bog`liq deb hisoblashadi. Tadqiqotlarda esa ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etish va takomillashtirishda bilim, ko`nikma, malakadan tashqari rahbarning shaxsiy sifatlari, kasbiy tayyorgarligi va ma`naviy-axloqiy sifatlariga bog`liq, deb ko`rsatiladi.
Aslida rahbar har qanday vaziyatlarda o`zini tuta olishi, tashabbuskor
bo`lishi, har qanday vaziyatlardan jamoani olib chiqishi, ko`pchilik dardi bilan yashashi, hamjihatlik, hamijodkorlik bilan ish yuritishi, kasbiy mahoratga ega bo`lishi, so`zi bilan ishi bir bo`lishi, vijdonli, adolatli bo`lishi, samimiy, vazmin, bag`rikeng, ijodkor, bunyodkor, talabchan, mehribon va albatta xushmuomala bo`lishi kerak. Boshqaruv nazariyasida rahbar tomonidan yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xatolar mavjud.
Masalan, tasavvurning boy bo`lmasligi, xudbinlik, so`zida turmaslik,
turli nom va martabalarni pesh qilish, o`zini tuta olmaslik va boshqalar.
Mana shularning orasidan amaliyotda eng ko`p uchraydigani – bu rahbarning o`zini tuta olmasligi. O`z hissiyotini boshqara olmaydigan rahbarni hech kim hurmat qilmay qo`yadi, bu holat ularni ranjitadi.
Tasavvur qiling: o`qituvchi rahbardan doimiy ravishda qo`pol muomala,
baqiriqlar, shaxsiyatiga tegadigan so`zlarni ayniqsa, jamoa oldida yoki
o`quvchilar oldida eshitaversa. Nohaq tarzda ayblovlarni eshitaversa,
axiyri sabri tugagan o`qituvchi rahbarning “savoliga yarasha javob
qaytaradi”. Qani u yerda ma`naviy qiyofa? Axir pedagoglar qiyofasining
qanday bo`lishi ko`p jihatdan rahbarning qiyofasini qanday bo`lishiga bog`liq emasmi? Bunday rahbarlar nafaqat o`z xodimlariga nisbatan, balki, huzuriga tashrif buyurgan har qanday insonda ham yomon taassurot uyg`otadi.
Qani bizning ota-bobolarimizdan meros qolgan “Xush kelibsiz”,
“Marhamat”, “Kechirasiz”, “Iltimos”, “Yana kelib turing” kabi mulozamat
so`zlari. Shuning uchun ham boshqaruv jarayonining muvaffaqiyatli kechishi va samarali bo`lishi – bu ko`p jihatdan rahbar shaxsida namoyon bo`ladigan ma`naviyaxloqiy, psixologik va shaxsiy sifatlarning o`rni beqiyosdir.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, boshqaruv jarayonining
muvaffaqiyatli kechishi va samarali bo`lishida rahbarning o`zida muayyan
sifatlarni namoyon eta olishi ham hal qiluvchi omillardan biri sanaladi.
Rahbar shaxsida namoyon bo`ladigan ma`naviyaxloqiy, psixologik va shaxsiy sifatlar boshqaruv faoliyatining samarali natijasini kafolatlaydi.
Shu sababli umumiy o`rta ta`lim maktablarining rahbarlari ham
o`zlarida ma`naviy-axloqiy, psixologik va shaxsiy sifatlarni doimiy
ravishda takomillashtirib borishga e`tibor qaratishlari, o`z ustilarida
izlanishlari lozim. O`qituvchi, muallim, ustoz, murabbiy degan so`zlarni
xalqimiz samimiy hurmat va minnatdorchilik bilan tilga oladi.
Inson yozuvni ixtiro qilgan qadim zamonlardan beri muallim yosh avlodga xat-savod, ilm-hunar o`rgatadi. Hayotga endi kirib kelayotgan bola uchun o`qituvchi “eng bilimdon”, “eng donishmand” kishi hisoblanadi, ya`ni o`qituvchi avlodlarni bir-biriga bog`lovchi boqiy kasb egasidir.
O`qituvchi qaysi fandan saboq bermasin, u eng avvalo o`quvchilarini
ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalaydi. U yoshlar ongida milliy g`urur,
Vatanparvarlik, iymon-e`tiqod, halollik, umuminsoniy va milliy
qadriyatlar, odob-axloq qoidalarini singdiradi. Zero, ana shunday
pedagoglargina mamlakatimizda ta`lim- tarbiya oldiga qo`yilayotgan
vazifalarni smarali bajara oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |