An’anaviy ta’lim texnologiyasi- muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning an’anaviy shakli, metodi va ta’lim vositalarining majmuidan foydalanib ta’lim-tarbiya maqsadiga erishishdir.
An’anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati-o‘qituvchi ma’lum axborotni, gapirib beradi, tushuntiradi, o‘quvchi esa bu bilimni xotirasida saqlaydi. “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma’nosida tushuniladi. An’anaviy o‘qitish usulida ta’lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, o‘quvchining o‘zlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi. Ananaviy yondashuvning xususiyati gapirib berish, tushuntirish, o‘quvchi esa bu axborotlarni xotirasida saqlab qolishi.O‘quvchining bosh vazifasi axborotni qabul qilish, yodlash, axborotni qayta ishlamagan holda javob berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |