1-mavzu: Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati va uni o‘rganishning obyektiv zarurligi Reja



Download 42,79 Kb.
bet2/8
Sana29.12.2021
Hajmi42,79 Kb.
#77227
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1- mavzu

bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim (financial system)
deyiladi. Bu tizim aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliya instrumentlari bozori,
moliyaviy vositachilar (bank va sug‘urta kompaniyalari kabi), moliyaviy xizmatlar
taklif etadigan firmalar (masalan, moliya-maslahat firmalari) va shu barcha
muassasalar faoliyatini nazorat qiluvchi organlarni o‘z ichiga oladi. “Zamonaviy
moliya” (fani) oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – bu moliyaviy tizim
evolyutsiyasi qonuniyatlarini o‘rganishdir.

“Zamonaviy moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu


konsepsiyalar talaba (kitobxon)larga vaqt omilini hisobga olgan holda pul
resurslarini taqsimlash masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni,
shuningdek, yordamida barcha muqobil variantlar o‘rganiladigan va moliyaviy
qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etiladigan miqdoriy modellar to‘plamini
taklif etadi. Mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar
qabul qilishning barcha bosqich-larida: avtomobilni sotib (ijaraga) olish yoki o‘z
biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning moliyaviy
direktori tele-kommunikatsiya xizmatlari bozoriga chiqish istiqbollarini
belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik
elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi

“Zamonaviy moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga


ko‘ra moliyaviy tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan
oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni
qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham,
barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani
bajarishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi) gan.

Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi

“Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering:


  • Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankda (gi hisob
    varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fond1ga
    qo‘yishingiz (joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi fondga qo‘yish (joylashtirish) kerak?

  • Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki
    ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?.

  • O‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik (masalan, to‘yxona yoki
    restoranlarda ofitsiantlik) qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran
    ochishga ahd (qaror) qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi?
    Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz bu mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?

  • O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy
    direktori Sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining faoliyat sohasini kengaytirish arziydimi (maqsadga muvofiqmi) yoki yo‘qmi, shuningdek, telekommunikatsiya sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning fikringizni bilmoqchi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish uchun firma keyingi bir necha yil ichida qariyb 300 mln. so‘m sarflashi, keyingi yillarda ko‘riladigan iqtisodiy samara esa har yili olinadigan 100 mln. so‘mlik foydada mujassam. Siz unga nima(lar)ni maslahat berasiz?

Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz. Guruhning vazifasi
O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni
ulkan loyiha, ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash ko‘zda
tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?

Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Zamonaviy


moliya”ni o‘rganmasdan ham topaolaman, deb o‘ylamang.

“Zamonaviy moliya” (fani)2ni o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta


muhim sabab bor. Ularni chizmada quyidagicha ko‘rsatish mumkin (navbatdagi
betdagi 1 .1 -rasmga qarang):

Demak, 1 .1 -rasmdan ko‘rinib turibdiki, xususan, “Zamonaviy moliya”ni:



  • o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;

  • biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;

  • qiziqarli va daromadli karera qilish;

  • mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;

  • dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi. Keling, endi bu sabablarni batafsil o‘rganib chiqaylik.


Download 42,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish