1-mavzu. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati va uni o‘rganishning obyektiv zarurligi reja



Download 57,27 Kb.
bet1/6
Sana03.12.2022
Hajmi57,27 Kb.
#877992
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu (1)


1-MAVZU. ZAMONAVIY MOLIYANING MAZMUN-MOHIYATI
VA UNI O‘RGANISHNING OBYEKTIV ZARURLIGI
Reja:

  1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati.

  2. Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi.

1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati
“Zamonaviy moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski, hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda qadriga yetilmayotgan vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit pul mablag‘larining taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida” deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz. Zamonaviy moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas. Ajablanarlisi shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini belgilab beradi. Aslida faqat shugina emas, balki har birimizning taqdirimiz va qadrqimmatimizni belgilab berishda ham vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Shu bois quyidagi savollarga e’tibor bering: faoliyatimiz davomida vaqt va noaniqlik sharoitini hisobga olayapmizmi? Ularning hisobga olinish yoki hisobga olinmaslik darajalari qanday? Tegishli qarorlar, shu jumladan, moliyaviy qarorlar qabul qilayotganimizda ham bu omillarga qay darajada e’tibor berayapmiz?
E’tibor berayapmizmi o‘zi? Yoki ...? Ular diqqat-markazimizda turibdimi?
Yuqoridagi holatlarda aynan shu omillarning yetarli darajada hisobga olinmayotganligi qanday natijalarga olib kelmoqda? Ularning oqibati nima bo‘lmoqda? Natijada “barmoq tishlab”, o‘yga tolib qolmayapmizmi? Kech bo‘lganligini, “poyezd ketib qolgan”ligini sezib, afsus-nadomat chekmayapmizmi? Ayrim hollarda “oyog‘i kuygan tovuq”dek bezovta bo‘lmayapmizmi? Boshimizni har toshga urmayapmizmi? Hech narsani o‘zgartira olmasa-da, o‘z-o‘zimizga “Qani endi ...?” degan savolni qayta-qayta bermayapmizmi? Jumladan, ana shunday holatlarga tushmaslik uchun ham
(tushishni istamasligimiz – aniq) zamonaviy moliya “sir”laridan ogoh bo‘lmoq lozim.
Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Zamonaviy moliya” (fani) quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi:

  • vaqt omili (davrlar o‘rtasidagi muqobil variantlar tahlili)ni hisobga olgan holda pul mablag‘laridan foydalanishni optimal-lashtirish (oqilonalashtirish);

  • aktivlar qiymatini baholash;  portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv.

Yuqorida qayd etilganlarni, o‘ziga xos tarzda, “Zamonaviy moliya”ning mustahkam poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element
(“ustun”)larning yadrosi qator tub (fundamental) qonunlar va prinsip-lardan iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida qo‘llaniladi.
“Zamonaviy moliya” (fani) ning nima ekanligini anglash, uni to‘g‘ri idrok etish, u xususda yaxlit tasavvur hosil qilish va tegishli bilimlarga ega bo‘lish hamda ulardan amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning aniq javobiga ega bo‘lmoq lozim:

  1. “Zamonaviy moliya” (fani)ning ta’rifi (tavsifi) nima(lar)dan iborat?

  2. Nima uchun “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganish kerak?

.3. Zamonaviy moliya” (fani) olamida harakatlanuvchi ikki asosiy “shaxs” (kuch)lar kim (nima)lar va ular tomonidan qabul qilinadigan qaror-larning qanday turli ko‘rinishlari mavjud?
Yuqorida qayd etilgan har uch savolning aniq javoblariga ega bo‘lish quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi:
1. “Zamonaviy moliya” (fani) ta’rifi (tavsifi) va uni o‘rganishning zarurligi; 2. Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar;
3. “Zamonaviy moliya”ning fundamental asos (masala)lari.
“Zamonaviy moliya” fani yagona (yaxlit holdagi) “Moliya” fanining bir (tarkibiy) qismi hisoblanadi. Uning bunday nomlanishi, ma’lum ma’noda, shartli xarakterga ega. Bu joyda ushbu fanning faqat zamonaviy va ayniqsa, uning amaliy jihatlariga maxsus ravishda alohida urg‘u yoki e’tibor berilayotgani uchun uni shunday nomlash mumkin.
Shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi
(daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga zamonaviy moliya deyiladi.
Demak, “Zamonaviy moliya” (...finance) shaxs (odam, kishi)larning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Moliyaviy qarorlar shunisi bilan ajralib turadiki, kirim (daromad)lar va chiqim (xarajat)lar: a) vaqt oralig‘ida tarqatilgan (bir-biridan farq-lanadi, ajratilgan); b) odatda, ularning bo‘lajak miqdorini na qaror qabul qiladiganlar va na boshqa biror bir odam bashorat qila olmaydi. Masalan, o‘z restoraningizni ochishni baholar ekansiz, barcha xarajatlarni (xonani jihozlash, oshxona anjomlari, stol va stullar, hatto antiqa ichimliklarni bezash uchun mo‘‘jaz qog‘oz shamsiyalar, qisqasi, barcha zarur asbob-uskuna-larni sotib olish) va Siz bir necha yildan keyin olishni rejalashtirgan noma’lum daromad (ya’ni, bo‘lajak daromadingiz)ni imkon qadar (iloji boricha) aniq hisobga olish kerak.
Muayyan (aniq) moliyaviy qarorni qabul qilib, biznesmen (tadbirkor yoki ishbilarmon) uni moliyaviy tizim yordamida amalga oshiradi (hayotga tatbiq etadi). Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim (financial system) deyiladi. Bu tizim aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliya instrumentlari bozori, moliyaviy vositachilar (bank va sug‘urta kompaniyalari kabi), moliyaviy xizmatlar taklif etadigan firmalar (masalan, moliya-maslahat firmalari) va shu barcha muassasalar faoliyatini nazorat qiluvchi organlarni o‘z ichiga oladi. “Zamonaviy moliya” (fani) oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – bu moliyaviy tizim evolyutsiyasi qonuniyatlarini o‘rganishdir.
“Zamonaviy moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu konsepsiyalar talaba (kitobxon)larga vaqt omilini hisobga olgan holda pul resurslarini taqsimlash masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni, shuningdek, yordamida barcha muqobil variantlar o‘rganiladigan va moliyaviy qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etiladigan miqdoriy modellar to‘plamini taklif etadi. Mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar qabul qilishning barcha bosqich-larida: avtomobilni sotib (ijaraga) olish yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning moliyaviy direktori tele-kommunikatsiya xizmatlari bozoriga chiqish istiqbollarini belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi.
“Zamonaviy moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga ko‘ra moliyaviy tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham, barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani bajarishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi)gan.

Download 57,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish