3. Qizil bayroqlar. Sizga bozor narxi juda arzon aksiyalarni, soliqni ushlab
qolish (to‘lamaslik) huquqini (tax lien), turli tangalar, san’at asarlari, uchqur otlarni
sotishga intiladigan va qisqa muddat ichida pulingizni bir necha barobar
ko‘paytirib berishga harakat qilayotgan har qanday maslahatchidan uzoqroq
yurganingiz ma’qul. Shuning uchun esingizda tursin: bozorlarni, yoki biror “sir
tutiladigan” strategiyadan ogohligini baralla aytayotgan har qanday inson yoki
ahmoq, yoki firibgardir.
Ikkinchidan, “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning sababi shundan iboratki,
moliya sohasida asosiy bilimga ega bo‘lish har qanday faoliyat sohasi uchun ham
zarur. Hatto moliya sohasini o‘z ixtisosi sifatida tanlamagan kishi uchun ham
moliyachilar foydalanadigan konsepsiya, usul va terminologiyani bilish zarur.
Masalan, o‘zingiz to‘laydigan daromad solig‘i yoki mol-mulk solig‘i xususida,
hech bo‘lmaganda, eng oddiy tasavvurlarga ega bo‘lmasangiz, u holda soliqchi
yoki soliq organi tomonidan “chalingan har qanday musiqa”ga o‘ynashdan o‘zga
chorangiz qolmaydi. Olayotgan pensiyangizga nisbatan ham xuddi shunday fikrni
bildirish mumkin va h.k. “Musiqa” qonuniy chalingan bo‘lsa-ku, yaxshi-ya, ammo
aksincha bo‘lsa-chi? U holda, hech bo‘lmaganda, bu unga shu mutaxassislar bilan
bemalol muloqot qilish va o‘z muammolarini hal qilish uchun ularni jalb qilish
imkonini beradi.
Uchinchidan, ajab emas (ehtimol), Sizni zamonaviy (amaliy) moliya
sohasida karera qilish qiziqtirib qolsa. Sir emas, bu sohada karera qilish uchun
ulkan imkoniyatlar borki, kelajakda ular o‘z samarasini beradi, albatta. Buning
uchun inson zamonaviy moliyaning barcha sir-asrorlarini egallashi lozim.
Moliyachilarning aksariyat qismi iqtiso-diyotning moliya sohasida – banklarda,
sug‘urta kompaniyalarida yoki investi-tsiyalarni boshqarish sohasida ishlaydi.
Ammo ko‘pchilik moliyachi mutaxas-sislar xoh xususiy bo‘lsin, xoh davlat
tashkiloti, nomoliya tashkilot-larining moliya bo‘yicha boshqaruvchisi sifatida
faoliyat yuritadilar. Ba’zilar esa akademik karerani afzal ko‘radilar.
Uy xo‘jaliklari, xususiy firmalar va hukumat tashkilotlari doimo moliyaviy
maslahatchilar maslahatlariga muhtoj bo‘ladilar (ehtiyoj sezadilar). Bundan
tashqari, moliya sohasida ta’lim olish kelajakda tashkilot rahbari sifatida karera
qilish uchun ishonchli poydevor bo‘lishi mumkin va bo‘ladi ham. Shu o‘rinda, 10
bilib qo‘ying: dunyodagi yirik korpo-ratsiyalarning oliy toifadagi rahbarlari o‘z
mehnat faoliyatini, dastlab, aynan moliyachi sifatida boshlaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |