Hozirgi zamon oilalarining asosiy funksiyalari.
Har bir oila ijtimoiy tizim strukturasi sifatida jamiyat oldida ma`lum bir funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy funksiyalari deganda: Jamiyatning oilaga ta`siri, umumiy ijtimoiy tizimda, oilaning o`rni, oilaning hal qiladigan ijtimoiy – jamoatchilik funksiyalarini tushunish lozim. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida hozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari quyidagilar:
Oilaning iqtisodiy funksiyasi – oila o`zining iqtisodiy funksiyasi orqali jamiyatga davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi.
Oilaning reproduktiv funksiya oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funksiyasi va uning bajarilishi deyilganda – oila sonining qayta tiklanishi uchun har bir oilada nechtadan farzand bo`lishi lozimligi nazarda tutiladi. Oilaning tarbiyaviy funksiyasi – shaxs ma`naviyati uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e`tiqotidagialoqador ko`nikmalar majmui asosanoilada shakllanadi, oila – haqiqiy ma`naviyat o`chog`i, tarbiya omili va muhitidir. Oilaning kommunikativ funksiyasi – oila a`zolarining o`zaro muloqot va o`zaro tushunishga bo`lgan ehtiyojini qondirishga hizmat qiladi. rekriativ funksiyasi – o`zaro jismoniy, moddiy, ma`naviy va psixologik yordam ko`rsatish,bir – birining salomatligini mustahkamlash, oila a`zolari dam olishini tahlil etishdir. Oilaning felitsitologik funksiyasi – oilaviy munosabatlar tizimida shaxsiy baxtga erishishga intilish holatidir. Oilaning reguliyativ funksiyasi – oila a`zolari o`rtasidagio`zaro munosabatlarni boshqarish,birlamchi ijtimoiy nazorat o`rnatish, oilada ustunlik va obro`ni amalgam oshirish jarayonidir. Oilaning relaksatsiya funksiyasi – oilaning relaksatsiya funksiyasi – oila a`zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy – jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini qayta tiklash demakdir.
O`zbekistonda rasman e`tirof etilgan nikoh yoshidagi yigit-qizlarning barchasi ham aslida oilaviy hayotga tayyor bo`lmaydi. Ayniqsa, malakali mutaxasis bo`lish niyatida oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirgan talabalar oldida ma`lum ma`noda kasbiy tayyorgarlik bilan bit qatorda oilaviy hayotga tayyor bo`lish muammosi ham mavjud. Zero, aynan shu toifa yoshlarni oilaviy hayotga ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash dolzarb masala bo`lib qolmoqda. Bu esa oliy o`quv yurtlarida malakali mutaxasislar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqdir.
O`zbekistondagi oilalarning aksariyat qismi yosh oilalarga to`g`ri keladi va ularning muayyan qismi bir vaqtning o`zida oliy o`quv yurtlarining talabalari hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |