1-mavzu: yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti vazifalari va tadqiqot usullari



Download 403,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana18.07.2022
Hajmi403,43 Kb.
#824092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 mavzu-1-1

Yosh va pedagogik
psixologiyasining umumiy vazifalari 
sifatida quyidagilarni ko‘rsatish 
mumkin: 
1) psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish.
2) psixik jarayonlarning namoyon bo‘lishi va rivojlanishidagi yosh imkoniyatlarini tadqiq 
qilish. 
3) shaxs rivojlanishining muhim omillarini o‘rganish.
4) har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o‘rganadi. 
Rivojlanish psixologiyasining asoslarini bilmay turib, ta’lim-tarbiyaning hech qanday 
nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal qilib bo‘lmaydi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil qilish uchun o‘quvchilarning yosh 
xususiyatlarini bilish va shunga ko‘ra bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini, ko‘nikma va 
malakalarni, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonlarini tarkib toptirishni yaxshi bilish 
lozim bo‘ladi. O‘tilgan materiallarni qanday yo‘l bilan psixologik jihatdan samarali qilib 
mustahkamlash mumkin? O‘quvchiga savolni qanday berish mumkin: umumiy qilibmi yoki 
konkret shakldami? Bir xil savollarni beraverish to‘g‘rimi? Yordamchi savollarning roli qanday? 
(Psixologiyada shu narsa ma’lumki, javob beriladigan savolning ifodalanishiga ham bog‘liq 
bo‘ladi).Bunday savollarning yechimini topish pedagogik psixologiya faning vazifalaridandir. 
Yosh davrlari pedagogik psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas individual 
psixologik xususiyatlarini, psixik va shaxs xususiyatlarini, shaxs sifatida o‘zini ijtimoiy 
munosabatlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot jarayonida o‘zining erk, huquq va 
majburiyatlariga intilishi kabi jihatlarni tadqiq etadi. 
Bilimlarning har bir sohasi o‘ziga xos nomlanishga ega. Lekin ba’zi bir bilimlar sohasi bir 
necha nom bilan ham atalishi mumkin. Masalan, rivojlanish psixologiyasini boshqacha qilib, yosh 
psixologiyasi deb nomlanishi mumkin. Ammo bu yerda aynan bitta yoki bir-biriga mazmun 
jihatdan juda yaqin bo‘lgan bilimlar sohasi ko‘zda tutiladi va inson xulq-atvori, psixik 
rivojlanishning yosh xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritiladi. Rus psixologi R.S.Nemov asarlarida 
ular sinonim sifatida qo‘llaniladi. 


Yosh psixologiyasi – turli xil yosh davrlarining psixologik xususiyatlariga e’tibor beradi. 
Rivojlanish psixologiyasi – inson psixologiyasining yosh jihatdan qayta tuzilishi qonunlari 
haqidagi bilimlar sohasi hisoblanadi. 
Yosh va pedagogik psixologiyasini rivojlanishdan, rivojlanishni yosh xususiyatlaridan
ajratib tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Yosh va pedagogik psixologiyasi fanining bir qator muammolarini ajratib ko‘rsatish 
mumkin. 
1.Inson psixik xususiyatlari va xulq-atvori rivojlanishining organizm va muhitga bog‘liqligi 
muammosi. 
2.Insonning rivojlanishiga stixiyali ta’lim va tashkil etilgan ta’limning ta’siri muammosi. 
3.Layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati muammosi. 

Download 403,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish