Ozbek tili fanini oqitishning maqsad va vazifalari
Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarida ozbek tili fanini oqitishning maqsadi:
oquvchilarning oqish va mehnat jarayonida, jamoat joylarida turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikrini bayon eta olish, eshitilgan axborotni idrok etish, voqea-hodisalarga oz munosabatini bildirish;
ozbek adabiyotining eng sara namunalari, ozbek xalqining tarixiy, madaniy hayoti, jahon madaniyatiga va milliy madaniyatga hissa qoshgan buyuk allomalar ijodiy merosini organish orqali milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bolish malakasini rivojlantirishdan iborat.
Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarida ozbek tili fanini oqitishning asosiy vazifalari:
oquvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun ozbek tili fani boyicha ozlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qollash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish;
oquvchilarning ozbek tilida ogzaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;
oquvchilarning ozlashtirgan bilimlari asosida ozini ozi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, konikma va malakasini turli vaziyatlarda qollay olishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Ozbek tili fani boyicha umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talim muassasalari oquvchilariga qoyiladigan malaka talablari
1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, oqish, yozish):
A1
sodda savollar va gaplar, suhbatlarni tinglab tushuna oladi;
berilgan matnni (badiiy asardan parcha, sher) oqib tushuna oladi;
matn ( topishmoq, maqol, ertak, kichik hikoya, sher) tarkibidagi yangi sozlar manosini lugat yordamida tushuna oladi;
sodda savollarga javob bera oladi, malumot soray oladi;
ozi, oilasi, yashash joyi, dostlari, tanishlari haqida gapira oladi;
mamlakatimiz ramzlari va bayramlari, ananalari haqida gapira oladi;
audio-video vositalar yordamida eshittirilgan sozlar va gaplar manosini tushunib, gapira oladi;
topishmoq, tez aytish, ertak va kichik hikoyalarni oqib tushunadi, mazmunini sozlab bera oladi;
ozbek tilida ozlashtirilgan 600 ta sozni nutqida qollay oladi;
organilgan mavzu doirasida oz fikrini 6 8 ta gap bilan izchil bayon qila oladi;
sozlarni boginlarga ajratish va bogin kochirish qoidalariga amal qilgan holda yoza oladi;
organilgan sozlar va sodda gaplarni, tabriknoma, xat, sorovnoma malumotlarini togri yoza oladi;
25 30 sozdan iborat diktant matnini husnixat talablari asosida yoza oladi.
A1+
savollar va gaplarni, eshittirilgan qisqa matn, suhbat, qoshiq va sherlarni tushuna oladi;
sozlarni bogin kochirish qoidalariga amal qilgan holda yoza oladi;
xalq ogzaki ijodi (topishmoq, maqol, tez aytish, ertak) va bolalar adabiyoti namunalaridan olingan hikoya, sherlarni oqib tushunadi va mazmunini sozlab bera oladi, mavzu yuzasidan yoshiga mos tarzda qisqa taqdimot qila oladi.
A2
audio-video vositalar orqali eshittirilgan xabarlar, ommabop va kundalik hayot mavzusidagi yangiliklarni tushuna oladi;
organilgan mavzularda ozaro suhbatlasha oladi va bahslarda ishtirok eta oladi;
suhbat jarayonida murojaat etish shakllarini, muomala odobi (etiket) elementlarini togri qollay oladi va fikrga munosabat bildira oladi;
suhbatdoshining gapini bolish, suhbatga qoshilish va unga aniqlik kiritish, nutqini sekinlashtirishga undash vositalaridan foydalana oladi;
ommabop materiallarni (gazeta, shaxsiy va elektron xatlar) oqib tushunadi va mazmunini sozlay oladi;
organilgan matnlar asosida 1300 ta sozni nutqida qollay oladi;
matnni (badiiy asardan parcha, hikoya, xabar) bir daqiqada 70 75 soz tezligida oqiy oladi;
70 80 sozdan iborat matn asosida diktant; 90 100 sozli matn asosida bayon yoza oladi; 11 15 gap hajmida matn tuza oladi;
ayrim ish qogozlarini (ariza, tarjimai hol, elon, tushuntirish xatini) yoza oladi.
A2+
korgan yoki eshitgan voqea-hodisani, hikoya, ertak, matn mazmunini gapirib bera oladi, unga munosabat bildira oladi;
ozbek tiliga xos nutq tovushlarini togri talaffuz qila oladi.
B1
shaxsiy qiziqishlari va kasbiga oid axborot va malumotlarni tinglab tushuna oladi;
ijtimoiy va kasbga yonaltirilgan mavzulardagi ommabop suhbatlarni, bahs-munozaralarni tushuna oladi, erkin suhbatlasha oladi, oz rejalarini tushuntira oladi;
bayoniy va tavsifiy matnlar tuza oladi, matnni kengaytirib, qisqartirib sozlab bera oladi;
kasbiy mavzularda taqdimot qila oladi, oqilgan va korilgan asar haqidagi taassuroti va unga munosabatini bayon qila oladi;
ozbek tilida faol qollanadigan 1500 ta sozni va 50 dan ortiq iboralarni nutqida qollay oladi;
90 100 sozdan iborat matn asosida diktant yoza oladi, 2 2,5 bet hajmida ijodiy matn tuza oladi.
B1+
Kasbiy mavzularda taqdimot qila oladi, oqilgan asar va film haqidagi taassuroti va munosabatini bayon qila oladi;
mamuriy ish qogozlari, mutaxassislikka oid ichki hujjatlar, hisobotlar va boshqa yozma topshiriqlarni imlo qoidalari asosida togri yoza oladi;
kasb-hunarga oid lugat minimumini, ozbek tilining milliy-madaniy leksikasini, manodosh, shakldosh, uslubiy boyoqdor sozlarni nutqda togri qollay oladi.
2. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyat):
A1
ozbek tilining nutq tovushlarini togri talaffuz qila oladi va husnixat talablari asosida yoza oladi;
fikrni bayon qilish uchun zarur bolgan sodda grammatik vositalarni ogzaki va yozma nutqda togri qollay oladi;
sodda gaplar tuza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |