A1+
inkor, tasdiq va buyruqni ifodalovchi vositalarni ogzaki va yozma nutqda togri qollay oladi;
sodda matn tuza oladi.
A2
ozbek tilidagi mustaqil sozlar, ularning yasalishi va morfologik shakllarini nutqda togri qollay oladi;
gaplarni manoli bolaklarga ajrata oladi;
gaplarda tinish belgilarni togri qollay oladi;
grammatik atamalarni nutqda togri qollay oladi;
yasama (sodda, qoshma, juft) sozlar va boshqa tillardan ozlashgan sozlarni ogzaki va yozma nutqda qollay oladi;
sozlarning yozilishi, grammatik vositalarning sozlarga qoshilishi bilan bogliq imlo qoidalarini biladi va ularni nutqda qollay oladi.
A2+
kasb-hunarga oid leksikani ogzaki va yozma nutqda togri qollay oladi;
ozbek tilidagi yordamchi sozlar va ularni ozaro boglovchi vositalarni nutqda qollay oladi;
sodda gaplar tarkibida uyushiq bolaklar, ajratilgan bolaklar, kirish sozlarni togri qollay oladi.
B1
kasb-hunarga oid lugat minimumi, ozbek tilining milliy-madaniy leksikasini nutqda togri qollay oladi;
murakkablashgan sodda va qoshma gaplarni, qoshma gaplarni boglovchi vositalarni biladi;
ozbek tilining sozlashuv, badiiy, ommabop, rasmiy nutq uslublarini biladi;
mamuriy ish qogozlari, mutaxassislikka oid ichki hujjatlar, hisobotlarni togri yoza oladi.
B1+
Mutaxassislik sohasidagi matnlar va suhbatlar mazmunini, atamalar manosini tushuna oladi;
murakkablashgan sodda va qoshma gaplarni, qoshma gaplarni boglovchi vositalarni farqlay oladi;
mutaxassislikka oid mavzularda maruzalar qila oladi;
bitiruv malakaviy ishi va uning qisqa mazmunini yoza oladi.
3. Uzviylashtirilgan oquv reja va dasturlari. Variativ reja va uning tatbiqi.
Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talimining davlat talim standartlari 2017-2018 oquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi belgilandi. Jumladan:
2017-2018 oquv yili 6-7-sinf
2018-2019 oquv yili 8-9-sinf
2019-2020 oquv yili 5-sinf
Umumiy orta talimning tayanch oquv rejasi umumiy orta talim muassasalarida oqitiladigan oquv fanlari nomi, oquv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar boyicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. Tayanch oquv reja umumiy orta talim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. Tayanch oquv reja umumtalim fanlari boyicha belgilangan talim mazmunini oquvchiga etkazish uchun ajratilgan oquv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.
Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida viloyat xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan maktab pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15% gacha o‘zgartirish kiritish huquqi berildi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 2017 yil 6 apreldagi Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarorlariga muvofiq, shu yil 27 iyulda Xalq ta’limi vazirining Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun 2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 191-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 20182019-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja tasdiqlandi. Buyruqqa asosan 2018-2019-o‘quv yilida 2- va 6- (6-sinfda faqat chet tili) hamda 11-sinflarda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv dasturlari amaliyotga joriy etilishi belgilandi. Respublika ta’lim markaziga xalq ta’limi hududiy boshqaruv idoralari bilan hamkorlikda tayanch o‘quv reja va uning ijrosi bilan bog‘liq hujjatlarning mazmun-mohiyatini avgust kengashlarida va bevosita pedagogik jamoalarda keng tushuntirish ishlarini tashkil qilish vazifalari topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |