1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bahodirxon reja



Download 0,52 Mb.
bet11/12
Sana28.11.2019
Hajmi0,52 Mb.
#27564
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bah (1)


Shoir muxammaslari. Serqirra iste'dod egasi Komil bir qancha muxammaslar ham yozgan. Bular orasida boshqa ijodkorlarga qilingan taxmislar ham, muxammas yo'lida bitilgan she'rlar ham bor. Komilning Munis g'azaliga bog'lagan „Dardoki, yo'qjahon elida sharmsorlig'" deb boshlanadigan muxammasi uning ijodida salmoqli o'rin tutadi. Unda shoirning olam va odamlar haqidagi o'ylari aks etgan. Lekin shoir inson ma'naviy dunyosi borasidagi mushohadalarini ishqiy qobiqqa solib beradi. Bu yerda ham zolim ma'shuqa va jabrdiyda oshiq timsollari aks etadi. Lekin she'rning boshlanishidayoq ijodkorning maqsadi o'zgacharoq ekanligi sezilib turadi:

Dardoki, yo'qjahon elida sharmsorlig',

Ko'rganlar izzatimni menga berdi xorlig'.

Erkan abas' o'z elidin do'stdorlig',

Yaxshi kunimda har kishikim qildi yorlig',

Do'ngach zamona, ayladi dushmanshiorlig'.

Dunyoning baland-pastini ko'rgan serfikr shoirning insonlar orasidagi o'ta chigal va tushunarsiz munosabatlar haqidagi o'ylarida katta dard silqib turadi. „Jahon eli", ya'ni odamlar uyatni yig'ishtirib qo'yishgan, izzat ko'rganlar shoirni xor qilishadi, kishi o'z elidan do'st topishga umid qilishi xatoga o'xshaydi, yaxshi kunlarida do'stman deganlar, zamon o'zgargach, unga dushmanlik qilishmoqda. Bunday ruhiy holatdagi kishining o'ylari ezgin va bezovta bo'lishi tabiiy, albatta. She'rning keyingi bandida bu holat faqat unga tegishli ekani ta'kidlanadi va ma'yuslik miqyosi ortib borganligi aks etadi. Chunki ma'shuqa uni raqiblarga teng ko'rishni istamaydi. Bu hoi lirik qahramonni devonalik darajasiga yetkazgani uchun ham u bolalarga murojaat etadi:

Atfol, etakka tosh yig'ingizkim, mani bu kun

Devonaliqg'a yetkuradur beqarorlig'.

Oshiqning bu holati oldin tushunarsizday ko'rinadi. Lekin uchinchi beshlikda mungning sababi teranroq ochiladi:

Itlar azizroq ko'rinur xalq yonida

Mendinki ko'yung ichra.chekarman bu xorlig'.

Ma'shuqa zulmiga isyon qilgan oshiqning jununi bir qadar pasaygan holati keyingi bandda ifoda etiladi. U o'z holini biladi va shu bois yorga iltijo qilib, yonidan uzoqlashtirmaslikni, chunki tikanning bo'lishi gulning qadrini oshirjshini ta'kidlaydi.

17-mavzu

Muqimiy hayoti va ijodi

(1850-1903)

REJA:


  1. Shoirning hayot yo’li

  2. Shoir lirikasi

O'zbek adabiyotining mashhur vakillaridan bo'lgan Muqimiy o'z ijodi bilan Chiqish adabiyotining eng yaxshi an'analarini davom ettirdi, ayni paytda, axborotlar oqimining kuchayishi hamda ijtimoiy hayotda kechayotgan o'zgarishlarni adabiyotga olib kirib, uning yangilanishiga munosib hissa qo'shdi. Uning she'rlari hayotlik paytidayoq Turkistonning turli shaharlariga yoyilgan, shoirlar ularga muxammaslar bog'lar, xonandalar qo'shiq qilib aytar edilar. Muqimiy o'z ijodiy maktabiga ega shoir edi.



Shoirning hayot yo'li. 1836- yilda Qo'qonga ko'chib borib o'rnashib qolgan toshkentlik novvoy Mirzaxo'ja Mirfozil o'g'lining farzandi Muhammad Aminxo'ja Muqimiy 1850- yilda Qo'qonda Bekvachcha mahallasida tug'ildi. Onasi Bibioysha xo'jandlik bo'lgan. Ularning Muhammad Aminxo'jadan tashqari Tojinisa, Ulug'bibi, Saydinisa, Mehrinisa degan to'rt qizlari boredjj Bo'lajak shoirning onasi Bibioysha adabiyot va san'atga oshufta, so’zga usta ayol bo'lgan. Shu bois mahalladagi ayollar uni Xumorbibi deb atashgan. Yosh Muhammad Aminxo'janing badiiy so'zga havas qo'yishida onasi katta ta'sir ko'rsatgan.

Muhammad Aminxo'ja mahallasidagi mulla Abduxalil domla maktabida xat-savod chiqargach otasi moddiy qiyinchilikka qaramay, yolg'iz o'g'lining chuqurroq ilm olishini istaydi. Iste'dodli, xati g'oyat chiroyli o'smir 1864- yilda Qo'qondagi „Hokim oyim" madrasasiga o'qishga kiradi. 1867- yilda bo'lajak shoirning onasi vafot etadi." Biroz vaqt o'tgach, otasi Ziyodabibi ismli bir ayolga uylanadi. 1873- yilda madrasani bitirgan Muhammad Aminxo'ja o'qishni davom ettirish uchun Buxoroga yo'l oladi. U 1876- yilgacha Buxorodagi „Mehtar oyim" madrasasida o'qiydi. Shu yili uni o'gay onasi Ziyodabibining avvalgi turmushidan bo'lgan Sanambibi ismli qiziga uylantiradilar 1877- yilda Muhammad Aminxo'ja tirikchiligini o'tkazish uchun Qo'qondagi yer qurilish mahkamasiga mirzalik vazifasiga ishga kiradi. Shoir mahkamada ayrim yer o'lchovchi amaidorlarning turli hiyla-nayranglarini, insofsizliklarini ko'radi. Bu keyinchalik „Tanobchilar" hajviyasining yozilishida qo'l keladi. So'ng Sirdaryo bo'yidagi Oqjar paromiga pattachi bo'lib ishga o'tadi. Qashshoqlik tufayli g'ururi sindirilgan, ma'rifatsiz, nima qilib bo'lsa-da, kun o'tkazish ilinjida yashaydigan odamlar bilan aloqada bo'lish, ularning arzimagan patta sotib olmaslik yo'lida qilgan g'irromliklarini ko'rish ta'sirchan va mag'rur shoir uchun juda og'ir edi. Shu bois yil o'tmay, pattachilikdan ham voz kechadi. Shoirning ro'zg'or yuritish borasidagina emas, balki oilaviy hayotda ham omadi chopmadi. U badiiy zavqdan mahrum, adabiyotdan uzoq, o'zini tushunolmaydigan Sanambibi bilan uzoq yashay olmadi. 1879- yilda ular ajrashdilari Shoirning ayoli o'g'illari Akbarxo'jani onasi Ziyodabibiga qoldirib, boshqaga turmushga chiqib ketdi. 1886- yilda shoirning otasi ham vafot etadi. Muhammad Aminxo'ja XIX asrning 70- yillari oxiridan e'tiboran to'lig'icha badiiy ijodga beriladi. „Muqimiy" taxallusi bilan she'rlar yozib, dovruq qozonadi.

Muqimiy 1887-1888- yillarda Toshkentga kelib, olti-yetti oy turadi. Ota qarindoshlari bilan uchrashadi. Almaiy, Nodim Namangoniy singari adiblar bilan tanishib, yaqindan aloqa bog'laydi. Muqimiy hamisha iqtisodiy tanglikda yashaganligi uchun ham 1886- yilda otadan qolgan hovlini sotib, o'g'li Akbarxo'ja bilan „Hazrat" madrasasidagi bir hujraga ko'chib o'tishga majbur bo'lgan. Kishilar uchun xat yozib, kitob ko'chirib, shundan keladigan daromad hisobiga kun ko'rgan. Azaldan xati chiroyli shoirning mijozlari ko'p edi. U o'z vaqtida zamonasining etuk xattoti Muhammad Yusufdan maxsus saboq ham olgandi. Muqimiyning 1892-1899- yillar orasida ikki marta Toshkentga kelib ketgani ma'lum. Toshkentga qilingan sayohat shunchaki yaqinlarni ko'rishgina bo'lmay, balki yangi madaniyat, yangi turmush, yangicha qarashlar bilan tanishish ham edi.

Sariq kasaliga yo'liqqan Muqimiy 1903- yilning 25- mayida madrasadagi hujrasida vafot etadi.


Muqimiy lirikasi
Muqimiy merosining katta qismini g'azal, murabba va mu- xammaslar tashkil etadi. Shoirning juda ko'p g'azallari uning tirikligidayoq qo'shiq qilib kuylangan. Ma'rifatchi shoir she'rlarida go'zal insoniy tuyg'ular yoqimli va tushunarli ifodalangani uchun xalq orasida tez yoyilardi. Muqimiy she'rlarida Mamajon makay, Nizomxon, Farzincha, Ismoil naychi singari o'z davrining taniqli san'atkorlarini tilga oladi. Muqimiy ijodi san'atkor zamondoshlari
Turdi Farog'iy

■ (XVII asr o 'rta/ari - 1699/1700)

llayoti va ijodi Turdi Farog'iy Buxoro adabiy

muhitining yirik namoyandalaridan I l>ni«lir. Turdining taijimai holiga oid ma'lumot juda kam. U XVII 1 ii Mil.i yashab, taxminan 1699 yoki 1700-yilda vafot etgan. Slioirning iiiuri ashtarxoniylar sulolasidan 1640-yili Buxoro taxtiga o'tirgan [ Nmlir Muhammadxon, 1645-yili xon etib ko'tarilgan Abdulaziz- huii. 1680-yili hokimiyatni qo'lga kiritgan Subhonqulixon saltanati I jliivrida kechgan. Turdi yashagan asrda Markaziy Osiyo uch I Minlikka bo'lingan, xonlar, beklar, ota-o'g'ilu og'a-inilarorasidagi ii hki nizolar avjiga mingan, mamlakat va millat parokandalik I lliimda inqirozga yuz tutgan edi. Turdining hayoti va ijodi ana liimday jangu jadallar jarayonida, ijtimoiy-madaniy muhitning lii'.likun bir pallasida o'tgan.

Nodir Muhammad Xorazm istilosiga kirishgan paytda, o'zining iluvlati sarhadlaridagi Yuz urug'i vakiilari Boqibiy boshchiligida \o'jandda isyon ko'tardilar. Nodir Muhammad isyonni bostirish iicliun to'ng'ich o'g'li Abdulazizni yubordi. Boqibiy va boshqa Yuz [ Urug'i a'yonlari Xo'jandga kelgan Abdulaziz bilan til topishib, uni l>odshoh etib ko'tardilar. Abdulazizxon Yuz isyonchilari ishtirokida oV otasiga qarshi yurish qildi va Buxoro taxtini zabt etdi. O'sha yillari Turdi Yuz urug'ining nufuzli namoyandalaridan edi. Abdulazizning shaxsiyati hamda uning saltanatni egallashi Turdida katta umidvorlik uyg'otdi. G'alabadan ruhlangan shoir o'zi orzu rtgan davlat boshlig'i fazilatlarini Abdulaziz sha'niga shoyon bitadi:

Shoh Abdulaziza bo'ldi jahonbonlig' xatm, Ahdi shohanshahiyu fursati xoqonlig' xatm, Shar'i insofu karampcslialig'u xonlig' xatm, Rasmi dodu ravishoyini musulmonlig' xatm, Yaxshi ot yetti alam arsayi davri ofoq.

Turdi orzulagan «jahonbonlig'», «insofu karampeshalig'», ♦rasmi dodu ravishoyini musulmonlig'* fazilatlari Abdulaziz

siymosi va faoliyatidan ayon bo'la qolmaydi. Aksincha, shajaraviy I kurash keskinlashadi, mulku millat daraxti ichidan chiriy boshlaydi. I Avvaliga, Subhonqulixon otasi Nodir Muhammadxon bilan birga | akasi Abdulazizxonga qarshi jang qiladi. Orada Subhonqulixon akasi Qutlug' sultonni qatl etadi va ota-o'g'il ittifoqidan putur I ketadi. Keyin Abdulazizxon va Subhonqulixon ittifoq tuzib, otaga I qarshi kurashadilar. O'g'illari dastidan Eronga jo'nab, bir qadar ] kuchlanib, Balxni egallagan Nodir Muhammad baribir farzand- I lari zabtiga bas kelolmay, taxtu baxtga etak silkib, Makkayi mu- I karramaga qochib qutuladi. lindi Abdulaziz bilan Subhonquli bir 1 saltanat sarhadiga sig'may qoladi. Subhonquli xonadonining eng I yaxshi farzandi, o'n ming misrali she'riyatidan «Devon» tuzgan I jiyani Qosim Sultonni qatl eltiradi. Subhonquli Balxda o'ttiz yildan I ortiq hukmronlik qiladi. Bu yillar mobaynida u doimo Buxoroni akasi bilan talashib-tortishadi. Xiva xonlari va Ba!x o'rtasida ham 1 doimo qirg'inbarot unishlar bo'lib turadi. 1680-yili Abdulazizxon | saltanatidan umidini uzadi, tarki diyoretib, Madinayi munawaraga 1 jo'naydi. Shundan keyin ham Subhonqulixon Buxoro va Balxda 1 yana yigirma to'rt yil hukm suradi.

Turdining murakkab hayoti va ijodi sahifalarini mana ] shunday mojarolar dog'lab o'tdi. U Rahimbiy va Oqbo'tabiy 1 kabi hukmdorlarni ham ko'rdi. Ulardan ham o'ziga, yurtiga, I millatiga najot istab, osoyishtalik, adolat, fuqaroparvarlik, 1 himmat, saxovat so'radi. Ammo sarson-sargardonlikdan o'zga 1 farog'at ko'rmadi, armondayu darmonda ketdi.

Shoirning she'riyati yalpisiga isyonkor ijtimoiy ruh kasb etishiga 1 uning davroni sabab bo'ldi. Slie'riyatining norozilik nidolari, afsus- I nadomatlar, qaqshatqich hajvu fosh ctish uslubi bilan yo'g'rilishiga 1 uning alamzadaligi va armoni sabab bo'ldi. Shoirning amalda ] janggohga aylanganjamiyatda ko'rgan-kechirganlarining bari she'r- ] larida timsoliy tarzda muhrlandi. Uning hayoti haqida ma'lumot saqlanmagan bo'lsa-da, she'rlari mutolaasidan shoir siymosi va ] hasbi holi xususida yetarli tasawur hosil qilish mumkin.

Turdi Farog'iyning ijtimoiy-madaniy muhitda tutgan o'rni, j adabiy mavqei va qudrati haqida uning quyidagi she'ri yaqqol tasawur uyg'ota oladi:

Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman,

Kclturan amvojg'a bahri talotum Turdiman.

Qirq, yuz, ming aqrabolar etdilar mandin nufur.


19-mavzu

FURQAT hayoti va lirikasi

(1859-1909)

REJA:


  1. Furqat hayoti va ijodi haqida

  2. Furqat-lirik shoir

  3. Furqat lirik iste’dodining qudrati

Furqatning lirik merosi o'zbek mumtoz adabiyotining go'zal namunalaridandir. U ehtiros to'la g'azallari, erkka tashna musaddaslari, hijron iztiroblari barq urib turgan she'riy maktublari bilan adabiyotimizga toza va tiniq ohanglar olib kirdi. Biroq lining hayoti g'oyat murakkab kechdi. Zamon unir, taqdirini alg'ov-dalg'ov qilib yubordi, peshonasiga g'ariblikni, musofirlikni bitdi. U bir umr Vataniga qaytish armoni bilan yashadi. Lekin bu uning asarlarigagina nasib qildi. U ko'ngli tubidagi pinhon dardlarini she'rga to'kdi. Bu she'rlar vatan sog'inchini betakror ifodalagan eng sara asarlardan bo'lib qoldi.

U rus ilm-faniga, Ovrupoga mo'jizaday boqdi. Rus ziyolilarining Turkistondagi vakillariga xaloskorlar deb qaradi. Bularning orqasida o'z ustunliklarini namoyish qilish va u orqali zabt etilgan yurtni iqtisodiy va ma'naviy asoratda saqlash maqsadi yotganligini anglab yetmadi.

1959-yilda Furqat tavalludining 100 yilligi munosabati bilan asarlarining ikki jildligi bosilib chiqdi. A. Abdug'afurov (1977), Sh. Yusupov (1984) shoir haqida yaxshi tadqiqotlar yaratdilar. Furqat faoliyatini yoritishda uning hayotligida bosilib chiqqan va mutaxassislar tomonidan «Furqatnoma» deb atalmish asari asosiy manbadir.

Furqatning ismi Zokirjon bo'lib, Xolmuhammad - otasining ismi, Furqat esa shoirning adabiy taxallusidir. U 1859-yilda Qo'qonda savdogar oilasida tug'ildi. Yetti yoshida uni mahallasidagi mulla Muhammad Olim maktahiga o'qishga berdilar. Sakkiz yoshida Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini o'qishga tutinadi. Hofiz Sheroziy, Bedil, Navoiyni mutolaa qiladi.

Bir kuni u tush ko'rganmish. Go'zal hir chorbog'. Bir xush- surat yigit uni ulamolar o'z davrasiga chaqirayotganlarini xabar beradi. Borsa. uch nuroniy kishi. Zokirjon salom berib, qo'l qovushtirib, xizmatda turganmish. Ular Zokirjondan qaysi saboqni mutolaa qilayotganini so'raydilar. Navoiyni o'qib yurgan kezlari edi. Darhol «Devoni Amir Navoiy», deb javob beradi. Ular ishorati bilan darhol bir kishi Zokirjon oldiga bir kitob keltiradi. Bu — «Chor devon» edi. Uning qo'liga qalam va qog'oz beradilar, bir misradan she'r yozdiradilar. So'ng yosh yigit haqqiga duo qilib, she'r mashqiga ruxsat etadilar. Uch mo'ysafidning ulug'i Alisher Navoiy edi.

Yosh Zokirjon shunday qilib to'qqiz yoshida yozadi:

Mening maktab aro buldur murodim.

Xatimdek chiqsa imloyu savodim.

Bo'lajak shoiro'n yoshlarida Fuzuliyni sevib o'qigani ma'lum. 1870-yilda Ashur Muhammad qori xizmatiga kirib, Qur'on qiroatini o'rgandi. Poshshoxo'ja degan kishida arab tili o'qidi, madrasaga tayyorlandi. 1873-yilda, 14 yoshida madrasaga kirdi. Biroq, zamon hodisalari o'qishni tugatishga imkon bermadi. Qo'qon xonligi tugatildi. Madrasalar yopildi. Zokirjon tog'asi bilan tirikchilik iziga tushdi. 1876-yilda Yangi Marg'ilonga borib, do'kondor tog'asiga yordam berdi. So'ngroq o'zi do'kon ochib, savdo ishlari bilan shug'ullandi. Xususiy darslar berdi, xattotlik, mirzalik qildi. «Furqat» taxallusi bilan she'rlar yozib, shuhrat topti. 1880-yilda Qo'qonga qaytib keldi, uylandi.

80-yillarda Furqat shoir sifatida butun Farg'ona vodiysiga tanilgan edi. Muqimiy, Muh'yi. Zavqiy, Nodim, Muhayyir, Nisbatlar davrasida she'r majiislarida, adabiy yig'inlarda muntazam ishtirok etdi. Bu adabiy o'tirishlarda turli shoirlarning bir mavzu va mazmunda yozgan xilma-xil she'rlari, biror mashhur she'rga bog'lagan muxammas yoki nazira — tatabbu'lari o'qilar, yaxshi deb topilganlaridan nusxa ko'chirib olinar edi.

Furqat shu yillari Qo'qonda «Hammomi xayol» degan risola yozadi. «Chordarvesh», “No'h manzar” degan asarlarni forschadan o'zbekchaga tarjima qiladi. She'rlarini to'plab, devon tuzadi. Afsuski, bularning hech biri bizgacha saqlanib qolgan emas.

Shoir I886— 1887-yillarda Qo'qondan Marg'ilonga keladi va bu yerda Masjidi jome'dan hujra olib, yashay boshlaydi. Ko'p o'tmay, Muhammad Sharif degan bir savdogar do'stining yordami bilan do'kon ochadi. Xo'jajon Rojiy (1834—1918), Umidiv-Havoiy, Mullo Toshbolta Roiq, Ishoqxon lbrat (1862— 1937) kabi shoirlar bilan do'stlashadi, barakali ijod qiladi.

Furqat 1889-yilning boshlarida. Furqat Toshkentda sayohat orzusi bilan Marg'ilondan yo'lga chiqadi. Qo'qonda bir kun turib, Xo'jandga keladi. Mirzo Nasriddin degan do'stinikida bir necha kun mehmon bo'ladi, shoir Toshxo'ja Asiriy bilan uzoq suhbatlar quradi. Ular o'zaro juda ahil edilar, bir-birlariga yozgan she'riy maktublari turli bayoz va to'plamlarda saqlanib qolgan.

Shoir Xo'jandda bir oz turib qoladi. Do'stlar orttiradi, shahar atrollarini aylanadi. Bir muddat tobi ham qochib qoladi. O'zi tabiblikdan xabardor bo'lgani uchun u yerdagi tabiblarning muolajasidan ko'ngli to'lmaydi. Safarni davom ettirib, Toshkentga yo'l oladi.

Furqat 1889-yil iyunning o'rtalarida Toshkentga kelgan. Hoji A'zam degan kishining yordamida Ko'kaldosh madrasasiga joylashgan. «Furqatnoma» asaridan ma'lum bo'lishicha, Hoji A'zam kasallanib qolgan shoirga mehribonliklar ko'rsatadi, 9 oy davomida uning holidan xabar olib, tuzalib ketishiga yordam beradi. Furqat uning yordamida Sattorxon Abdug'afforov, Saidrasul Saidazizov. In'omxo'ja Umryoxo'jayev, Jo'rabek Qalandarqori o'g'li, Sharifxo'ja Poshshoxo'ja o'g'li, Muhiddinxo'ja Hakimxo'ja o'g'li, Mirza Abdulla Isomuhammad o'g'li kabi toshkentlik ziyolilar bilan tanishadi.

Sharifxo'ja shoir bilan bo'lgan suhbatlaridan birida taxallusi «judolig'» ma'nosini bildirishiga ishora qilib, uni «Farhat» (shodlik, xursandlik) bilan almashtirishini taklif etadi. Bu shoirga manzur bo'lib, shu taxallus bilan ancha payt she'rlar ham yozgan. Lekin ko'p o'tmay, eskisiga qaytdi: taqdir unga «Furqat» taxallusi bilan tarixga kirishni nasib etdi.

1890-yilning ko'klamida Furqat Toshkentning Shayxantohuridagi she’r va soz muxlisi Mahmudxo'ja degan kishining uyiga ko'chib o'tadi, «oshno»gina emas, «og'a»dek unga ko'ngil bog'laydi. Chet ellarda yurganida uning suhbatlarini qo'msab, sog'inib esga oladi.

«Turkiston viloyatining gazeti» muharriri, Toshkent Erlar gimnaziyasining direktori N. Ostroumov Furqatning obro'- e'tiboridan, she'riy salohiyatidan unumli foydalanadi. Uni 1890- yilning 23-martida Toshkentning yangi shahar qismiga tomoshaga olib boradi, gimnaziyani ko'rsatadi. Rus ziyolilari, amaldorlar, hatto «janob general-gubernator» bilan, rus ma'muriyati xizmatiga kirgan savodxon yurtdoshlari bilan tanishtiradi. «Toshkand shahriga kelib, bir necha vaqt turub, Rusiya xalqining odamlari bilan tanishib, oshno bo'lub, alarning ko'b rasmlarini ko'rdum va ko'rmaganimni so'rdum, — deb yozadi shoir. — Ikki martaba janob general-gubernator uyiga mehmon bo'lub borib, anda har xil tomoshalarni ko'rdum». N. Ostroumov shoir taassurotlarini yozdirib olib, gazetada bosib chiqardi. Masalan, Furqatning gimnaziya haqidagi taassuroti ikki hafta o'tar-o'tmas haftalik «Tur- kiston viloyatining gazeti»da nashr etildi. Bir haftadan so'ng, gazetaning keyingi sonida shoirning «Gimnaziya» she'ri chop etildi. Birin-ketin uning «Ilm xosiyati», «Akt majlisi xususida», «Nag'ma bazmi xususida», «Vistavka xususida», «Suvorov» masnaviylari e'lon qilindi. 1891-yiIda esa — gazetaning bir necha sonida «Ho'qandlik Zokirjon Furqatning ahvoloti, o'zi yozg'oni» deb atalgan tarjimai holi bosilib chiqdi. Mutaxassislar uni shartli ravishda «Furqatnoma» deb ataydilar. Aslida, N. Ostroumov Furqatni 1890-yilning aprelidayoq gazeta tahririyatiga ishga jalb etgan edi.

Furqat Muqimiyga yozgan maktublaridan birida Shayxantohurda turayotganini, do'stlari qurshovida ekanligini, har kuni, goho esa kunora peshinda «gazetxona ishiga» borishini ma'lum qilgan edi. Muqimiyning javob maktublaridan Furqatning gazetada «tarjimonlik» qilgani anglashiladi. Har holda shoir Toshkentda rus tilini o'rganish bilan jiddiy shug'ullangan. Uning asarlarida mashhur rus adiblarining nomlari tez-tez uchrashi bejiz emas.

Gazetada bostirgan she'rlarida esa Furqat Toshkentda ko'rgan voqealarini hikoya qilib bordi. Masalan, uning fan-texnika ko'rgazmalari («llm xosiyati», «Vistavka xususida»), konsert («Akt majlisi xususida», «Nag'ma bazmi xususida»), teatr («Suvorov») to'g'risidagi asarlari shular jumlasidandir.

Furqat gazetada bir yilcha ishladi. 1891-yiIning mayida Samarqandga bordi. Xat orqali g'oyibona do'stlashgan Mirzo Buxoriy bilan uchrashdi. Mirzo Buxoriy atlas savdosi bilan Moskva, Peterburg, Xarkov, Parij shaharlarini ko'rgan, ko'rgazmalarda sovrinlar olgan, ayni paytda arxeologiya ilmidan ham xabardor kishi edi. 1888-yilda «Turkiston viloyatining gazeti»da uning Moskva va Peterburgga sayohati xotiralari bosilgan edi. Furqat Samarqandda iyunning oxirlarigacha turdi. Toshkentga, N. Ostroumov gazetasiga ikkita maqola yozdi, gazetxonlarni M. Buxoriy va uning arxeologik ishlari bilan ta- nishtirdi. Iyulning o'rtalarida Buxoroga yo'l oladi.

Furqat Istambulda. Furqat 1891-yil iyul oyining oxirlarida Kogonda poyezdga otirib, Marv, Ashxobod, Boku, Botum orqali salkam ikki oy yo'l bosib, sentabrning oxirlarida Istambulga yetib boradi. Kuz va qishni o'sha yerda o'tkazadi. Istambul XIX asrda turkistonliklarning haj yo'lidagi asosiy shaharlaridan edi. Shaharda o'zbeklar qo'nadigan ikki takya bo'lib, biri Uskudorda — Sultontepada, ikkinchisi Sulton Ahmad maydonida edi. Furqat shaharning Osiyo qismida joylashgan Sultontepadagi bog'chalik takyada qolgan. Uning Istambulda yozgan asarlaridan biri «Sabog'a xitob»dir. U shoirning toshkentlik qadrdonlariga yo'llagan maktubi edi. She'r masnaviy shaklida bo'lib, hajmi 280 misrani tashkil etadi. Sarlavhasi shartli, u keyinroq furqatshunoslar tomonidan qo'yilgan. She'rdan ma'lum bo'lishicha, shoir Toshkentdagi do'stlaridan Abdulazizxon deganning uyida bo'lgan bir yig'inda Mirzo Qosim nomli kishining iltimosiga ko'ra unga muxammas yozib berishni va'da qilgan, lekin buni o'z vaqtida bajara olmagan. Shuni Istambulda yozib, Toshkentga jo'natgan. She'r:
Bu gulshankim, nasimi fayzi rabdur ,

Guli hilmu hayo birla adabdur.


Zihi bog'eki, millat bog'i dcrlar,

o'tan mushki qaro tuprog'i derlar, —


misralari bilan boshlanadi. Shoir Istambul markazidagi mashhur Millat bog'ini kezar ekan, undagi mardum (kishilar) ni «xurram» (xursand) ko'rib, olis Toshkentdagi «yoru oshnolar»ini esga oladi. Chaqmoq («barq»)day «tezrav» «bodi sabo» (tong shamoli)dan yurakdagi salom va o'tinchlarini yetkazishni iltijo qiladi. Tabiiyki, duoyi salom shoirning sevgilisi ta'rifi bilan boshlanadi:

Harimiga ul oy topsang agar roh,

O'zingdin kctma ko'rganda banogoh .
Ziyorat aylagil awal bo'sog'in ,

Kirib andin keyin o'pgil ayog'in.


Dcgil: — Ey husn mulkin podshohi,

Fuzun o'lsun aziz umring ilohi!


Bor erkan Furqat otliq bir g'aribing,

Visoling davlatidin benasibing.


O'zi ho'qandiy, ammo ismi Zokir,

Qazoro Rum aro bo'lmish musofir.


Maishat bobida bil-kulli masrur,

Jamolingdin g'anii shuldurki: mahjur.


G'amingdin kecha tong otquncha yig'lar,

Tong otqoch, dog'i kun botquncha yig'lar...


Falak uzra chiqib ohu fig'oni,

Deyurkim oh faloniy, oh faloniy...


Furqatning vatanidan chiqib ketganiga hali bir yil ham to'lgan emas. Qolaversa, tili, dini, urf-udumi bir kelgan xalq orasida yashab turibdi. Shunga qaramasdan, so'ngsiz bir ishtiyoq bilan vatanni, ma'shuqasini qo'msamoqda. O'zini g'arib, notavon sezmoqda. Rum (Kichik Osiyo, lstambul)aro «musofir» bo'lishini «qazoro» (taqdirtaqozosi) deb bilmoqda. Maishatdan, yemoq-ichmoqdan kamchiligi yo'q (maishat bobida — «bil- kulli masrur»), g'ami shulki, yorining jamolidan ayrilgan («mahjur»), kechayu kunduz shuning g'amida yig'laydi. Falak uzra oh-fig'on chekib, nomini tildan qo'ymaydi. Shoir qaytib kelmas bo'lib ketayotganini, ona yurti, qadrdonlari bilan minba'd ko'risha olmasligini his qildimi ekan?! Axir u «sayohat orzusi» bilan yo'lga chiqqan edi-ku! Furqat tarjimai holining mana shunday tushuntirish qiyin o'rinlari ancha. Lekin uning vatanga sadoqatiga ham, muhabbatiga ham zarracha shubha bo'lishi mumkin emas. Qolavcrsa, bu yerdagi yoming ham ma'nosi keng. U Boburdagi kabi Vatan hamdir.

Nihoyat, shoir o'zining sog'inch tuyg'ularini ifodalashda buyuk Navoiydagi ko'nglimizga o'rnashib qolgan dilso'z misralardan tazmin — iqtibos oladi. Eslaysizmi, Shirinning Farhodga bitgan maktubini?


Nedur ahvoling, ey zori g'aribim,

Visolim davlatidin benasibim?

Chekardin g'am tog'in holing nechukdur?

Bu yukdin jismi chun noling nechukdur?


Shoir sabodan yori bo'sag'asini o'pib, sog'inchini yetkazishni o'tingach, oshnolari manzilidan darak beradi va 28 kishini nomma-nom keltiradi. Bular — Eshonxo'ja, Xo'jaxon mufti, Ubaydullo maxdum, Jamolxon maxdum, Xonxo'ja eshon, Mahmudxo'ja eshon... Ular orasida qadrdoni Hoji A'zamdan san'atkor do'sti Farzinxongacha, gap yeyishgan ulfatlari-yu, «Mirzo aka»si singari oralarida nohaq gap qochib, uzrini aytolmay ketgan «muhabbatpesha yaxshi oshno»larigacha bor.

Furqatning sog'inchlari nihoyatda samimiy. Mana, uning shayxantohurlik Mahmudxo'ja eshonga orziqishlari:

Muhabbatlik menga bir oshnodur, Na tanho oshno, balkim ag'odur. Manga ko'p aylagan ul mehru shafqat, Qilib haqqimda ehsonu muruvvat. Yeturgil anga arzu ishtiyoqim, Mufassal sharh qil dardu firoqim, Degilkim: sog'inur suhbatlaringni, Muhabbatlik hama ulfatlaringni.

She'r Vatan haqidagi tuganmas shavq va nihoyasiz intizorlik tuyg'ulari bilan yakunlanadi.

Furqat Istambulda ekan, Yunoniston (Gretsiya) va Bulg'oriyaga sayohatga borib keladi. Taassurotlarini she'rga ko'chirib, «Turkiston viloyatining gazeti»ga yuboradi. Ular orasida Yunoniston safari paytida birqizdan eshitgan hikoyasi bor. Bu asar kitobxonlar orasida «Yunon mulkida bir afsona» nomi bilan mashhur.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish