1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja


O‘smirlik davridagi ijtimoiy psixologik xususiyatlari xulq-atvordagi buzilishlarning namoyon bo‘lish formalari



Download 244,82 Kb.
bet47/75
Sana12.04.2022
Hajmi244,82 Kb.
#544878
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
Bog'liq
xulqi og`ishgan Majmua 2021

O‘smirlik davridagi ijtimoiy psixologik xususiyatlari xulq-atvordagi buzilishlarning namoyon bo‘lish formalari
Bugungi kunda jamiyatning dolzarb muammolaridan biri o‘z joniga qasd qilish hodisasining psixologik ma’nosini o‘rganish bo‘lib, hisoblanadi. Zotan, suitsidal urinishning psixologik ma’nosini o‘rganmasdan turib uning kelib chiqish sabablarini aniqlash va uning oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqishga erishish mushkuldir. Keyingi yillarda katta yoshdagi kishilar suitsidning psixologik ma’nosini tadqiq qilishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilishi bilan bir qatorda bolalar va o‘smirlar suitsidining psixologik ma’nosini o‘rganish yuzasidan ham qator ilmiy izlanishlar olib borildi va bu sohada qator muvaffaqiyatlarga erishildi.
Suitsidning psixologik ma’nosini o‘rganish tadqiqotchiga suitsident “nima maqsadda” o‘z joniga qasd qildi degan savolga javob berishga yordam beradi.
Haqiqiy suitsidal xulq asosida sodir etilgan suitsidal urinishlar ko‘rsatkichi yillar bo‘yicha taqqoslanilganda esa bu mazmunga ega bo‘lgan suitsidlarning bir ko‘tarilib bir pasayib turganligini ko‘ramiz. Bunday ko‘rinishning namoyon bo‘lishligi haqiqiy suitsidal xulq mazmuniga ega bo‘lgan suitsidlar ma’lum bir yoshda turgun xarakterga ega emasdir degan xulosaga kelishimizga sabab bo‘ldi.
Oldindan rejalashtirilgan mazmunga ega bo‘lgan suitsidal urinishlarda ota-ona va oilaning boshqa a’zolari, o‘qituvchilari va yaqin qarindosh urug‘lari sinfdosh o‘rtoqlari o‘rtasidagi nizolar hamda sevgi-muhabbatga bog‘liq bo‘lgan nizolar va yaqin kishisini yo‘qotish kabilar motiv rolini o‘ynaganligining guvohi bo‘lamiz. Bunday suitsidal urinishlarda suitsidal oldi davri bir oydan besh-olti oygacha bo‘lib, bu davr mobaynida passiv va tabaqalashmagan suitsidal uy va niyatlar vujudga keladi. Suitsidal xulqning passiv va tabakalashmagan pog‘onasida suitsidal xulq to‘la va uzil kesil shakllanmaganligi bilan xarakterlidir. Shuningdek, bu davrda suitsidal xulq o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Suitsidal xulqning ikkinchi, ichki tayyorgarlik davri pog‘onasida o‘z joniga qasd qilish haqidagi o‘y va niyatlar qat’iy tus ola boshlaydi. Bu davrning davomiyligi bir necha kundan bir xaftagacha cho‘zilishi mumkin. Suitsidal xulqning bu pog‘onasida ba’zan suitsidentlar nizoli vaziyatlarning murakkablashuvi va ta’sirchanlik kuchining ortib borishiga qarab, o‘zlarining suitsidal urinishlari haqidagi niyatlarining ayrim belgilarining namoyon qilganligi kuzatiladi. Masalan, bu pog‘onada ayrim suitsidentlarning “yashashdan to‘yib ketdim”, “yashagani qo‘yasizlarmi”, “bunday yashagandan ko‘ra o‘lganim yaxshiroq” deya ta’kidlashgan so‘zlari suitsidal xulqning paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Bunday belgilar garchand, suitsidal xulqning paydo bo‘lganligi haqida xabar bersada, biroq nizoli vaziyatning keyingi rivojiga qarab, ba’zan suitsidal urinish sodir etilmasligi va ba’zan esa sodir etilishi mumkin. Keyingi o‘z joniga qasd qilish usulini tanlash pog‘onasida suitsident suitsidal usulining qulayligi, o‘ziga mosligi va jarohatliligi tomonlarini hisobga olgan holda suitsidal urinish usulini tanlaydi. Tanlash davri ko‘pincha 1 soatdan bir necha kungacha bo‘lishi mumkin. Suitsidal urinish usuli haqida ma’lum qarorga kelingan o‘z suitsidal niyatini amalga oshirib qulay sharoit va imkoniyat poylaydi. Ba’zan suitsident tomonidan qulay imkoniyat va shart sharoitning yaratilishi uchun shaxsiy intilishning namoyon qilinganligining guvohi bo‘lamiz.
Oldindan rejalashtirilgan haqiqiy mazmunga ega bo‘lgan suitsidal xulqda suitsidal uy va niyatlarning shakllanishi ko‘pincha aniq sabab va bahonalarga bog‘liq bo‘lganligi kuzatiladi. Bunday sabab va bahonalar asosan shaxslararo nizolar, sevgan kishisidan ajralish (bu ko‘pincha pubertat va pubertatdan keyingi yosh davrlarida kuzatiladi). Kattalar tomonidan adolatsiz munosabat va boshqalar bo‘lib hisoblanadi. Bu ko‘rinishdagi suitsidal urinishlar suitsidentning birinchi qo‘liga duch kelgan narsa bilan emas, balki oldindan tayyorlab qo‘yilgan narsalar bilan amalga oshirilganligini ko‘ramiz.
Bolalar va o‘smirlarda suitsidal xulqning psixologik ma’nosi turli yosh davrlaridagi bolalar va o‘smirlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Masalan, pubertat oldi yoshi davridagi suitsidal urinishning 25,0% atrofdagilar e’tiborini o‘ziga jalb qilishga yo‘naltirilgan “chaqiriq” mazmuniga ega bo‘lsa, 50,0% “azob uqubatdan o‘zini olib qochish” mazmuniga va 25,0% “voz kechish” mazmuniga egadir. Kichik pubertat yoshi davrida 18,86% “chaqiriq”, 13,21% “isyon”, 22,63% - “azob uqubatdan o‘zini olib qochish”, 15,10% - “o‘z-o‘zini jazolash” va 30,18%- “voz kechish” mazmuniga egadir. Pubertat va pubertatdan keyingi yosh davrlarida 13,64 % “chaqiriq”, 9,09%, 10,83% “isyon”, 31,82%, 52,64% - “azob uqubatdan o‘zini olib qochish”, 18,18%, 15,78% - “o‘z-o‘zinijazolash” va 27,27%, 21,05% - “voz kechish” mazmuniga ega bo‘lgan suitsidal urinishlardir.
Ushbu foizlar tahlili bolalar va o‘smirlarda haqiqiy suitsidal xulq mazmuniga ega bo‘lgan suitsidlarning psixologik ma’nosini “azob uqubatdan qutulish”, “chaqiriq”, va “isyon” mazmuniga ega ekanligidan dalolat beradi. Shunisi xarakterliki, haqiqiy mazmunga ega bo‘lgan suitsidal xulqning psixologik ma’nosini suitsidal xulqning har bir rivojlanish bosqichida turli xil ma’noni namoyon qiladi. Masalan, suitsidal xulq rivojlanishining birinchi bosqichida (parasuitsidal) “chaqiriq” mazmuniga ega bo‘lsa, keyingi bosqichlarida ko‘proq “isyon” mazmunini namoyon qiladi.
Ambivalent suitsidal xulq asosida sodir etilgan suitsidal urinishlar asosan katta yosh davrlariga to‘g‘ri keladi. Autoagressivlik asosan kichik pubertat yosh davridagi bolalarda kuzatiladi. Yosh ortib borishi bilan esa agressivlik atrofga yo‘naltirilganligining guvohi bo‘lamiz. Ambivalent suitsidal urinishlarda motiv rolini ko‘pincha kattalarning adolatsiz munosabatlari, shaxslararo nizolar va sevgi-muhabbatdagi muvaffaqiyatsizlik kabilar o‘ynaganligini ko‘ramiz. Shuningdek, ruhiy nosog‘lomlik holati ham ba’zan motiv sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ko‘rinishdagi suitsidlarda suitsidal urinish usulini tanlash va uni amalga oshirish ba’zan rejani oldindan o‘ylangan usul orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, ba’zan esa oldindan o‘ylanmagan suitsidal urinish usuli orqali sodir etilgan.
Ambivalent suitsidal xulq asosida sodir etilgan suitsidlarda suitsidentlar suitsidoldi psixik holatlarida emotsional beqarorlik psixologik himoyalanish funksiyasining izdan chiqishi, dil azobi, qo‘rquv kabilarni namoyon qilishganligi kuzatiladi. Ambivalent suitsidal xulq asosida sodir etilgan suitsidlarning psixologik ma’nosi “azob uqubatdan o‘zini olib qochish”, “isyon” va “nizoli vaziyatdan qutulishga nisbatan intilish” mazmuniga ega ekanligi namoyon bo‘ladi.
Bolalar va o‘smirlar tomonidan sodir etilayotgan suitsidal urinishlarning uchdan biri kuchli ta’sirlanish va affektiv qo‘zg‘alishlar tufayli amalga oshirilgan.
Anglanilgan va shaxs tomonidan qayta ishlangan ruhiy jarohatli vaziyat reaksiyalari mu’lum tipdagi maqsadga yo‘naltirilgan suitsidal xulqni yuzaga keltirsa, affektiv reaksiyalarda psixogen vaziyat shaxs tomonidan chuqur anglanilib, kayta ishlashga ulgurmaydi va ko‘pincha xulqni izdan chiqaruvchi elementlar bilan to‘yingan affektiv javobga olib keladi. Bunday holatlarda suitsidal xulq mexanizmining xususiyati “qisqa tutashuv reaksiyalari” deb nomlanuvchi affektning uzoq muddat yig‘ilib boruvchi va bunda bahona emotsional portlashga olib keluvchi faqat “oxirgi tomchi” rolini o‘ynovchi reaksiyalarga yaqin ekanligining guvohi bulamiz.
Affektiv suitsidal urinishlar individning hayotiy kechinmalarni boshdan kechirish jarayonida o‘z umid va rejalarining birdaniga, to‘satdan yo‘qqa chiqishi okibatida nizolorni bartaraf etish imkoniyatining yo‘qolishi, ya’ni frustratsiyaning negativ ta’sirini pasaytirishga erisha olmasligi natijasida sodir etilayotganligi kuzatiladi. Affektiv suitsidal urinishlarda motiv rolini asosan shaxs qadr-qimmatining pasayishi, sevgi muhabbatga bog‘liq bo‘lgan nizolar va kattalar tomonidan adolatsiz munosabatlar, hamda noo‘rin tanbeh va jismoniy jazolashlar uynaganligining guvohi bo‘lamiz. Bu xildagi suitsidal urinishlar oldindan uylanganligining suitsidal uy va niyatlar asosida sodir etilmaganligi tufayli oldindan o‘ylangan suitsidal urinish usuli orqali emas, balki, kuchli ko‘zg‘alish holatlarida qo‘liga birinchi duch kelgan narsa orqali amalga oshirilganidir.
Affektiv qo‘zg‘alish tufayli o‘z joniga qasd qilgan bolalar va o‘smirlar suitsidoldi emotsional holatida dil og‘rig‘i, vaziyatdan qutulishning iloji yo‘qligini his etish, qo‘rquv, g‘azab va vajohatlilik sifatlarini namoyon qilishgan. Bunday suitsidal urinishlarda suitsidal urinishning psixologik ma’nosini nomutanosib vaziyatga nisbatan o‘z norozichiligini bildirish maqsadida “isyon” “azob uqubatdan qochish” va “yordamga chaqirish” mazmuniga ega ekanligi namoyon bo‘ladi. Suitsidal urinishning boshqa turlari singari affektiv suitsidal urinishlarning ham psixologik ma’nosi xilma-xil va turlichadir. Buni affektiv holatida sodir etilgan suitsidlarni psixologik ma’nosini ifodalovchi ko‘rsatgichlar ham ko‘rsatib turibdi. Ular quyidagichadir: vujudga kelgan nizoli vaziyat va adolatsiz munosabatga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatish sifatidagi “isyon” pubertat oldi yoshi davrida (33,33% kichik pubertat yoshi davrida 39,63%, pubertat va pubertatdan keyingi yosh davrlarida 54,35%, 18,35%)ga tengdir. Atrofdagilarni yordamga undovchi “chaqiriq” pubertat oldi yoshida 66,67% ni, kichik pubertat yoshida 45,28%, pubertat va pubertatdan keyingi yosh davrlarida esa 26,08%,34,38% ni tashkil qiladi. “Azob uqubatdan qutulish’ kichik pubertat yoshida 15,09%, pubertat va pubertatdan keyingi yosh davrlarida esa 19,57%, 46,87%ga tengdir. “O‘z-o‘zini jazolash” va “voz kechish” kabilar affektiv suitsidlarda suitsidal urinishning psixologik ma’nosi sifatida o‘ylanmaganligini ko‘ramiz.
Affektiv holatda sodir etilgan suitsidal urinishlarda suitsidal o‘y va niyatlarning shakllanishi hamda amalga oshirilishida suitsidentning shaxs va individual psixologik xususiyatlari, ustanovkalari, qadriyatlari orientatsiyasining o‘rni katta ekanligi namoyon bo‘ladi.
Bolalar va o‘smirlar affektiv reaksiyalar orqali sodir etilgan suitsidlarni tadqiq qilish natijalari ularda affektiv reaksiyalarning quyidagi ko‘rinishlari mavjudligini ko‘rsatish mumkin:


  1. Download 244,82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish