Antiijtimoiy shahs tushunchasi
Aniq bir shaxsda ustivorlik qilayotgan va odatda ko‘proq namoyon bo‘ladigan sabablar, shaxsning umumiy yo‘naltirishini belgilaydi. Chet eldagi psixologik va tibbiy adabiyotlarda katta yoshdagilarning (18 yoshdan) delinkvent xulq-atvorini tavsiflash uchun quyidagi atamalar keng qo‘llaniladi: “jamiyatga qarshi”, “sotsiopatik”, “psixopatik” shaxs. Ushbu tushunchalar biz uchun odatiy bo‘lib qolgan tushunchalar - “kriminal shaxs”, “xarakterologik psixopat” - bilan teng emas va tibbiy tashxis sifatida qo‘llab bo‘lmaydi. Sotsiopatik (jamiyatga qarshi) shaxs – shaxs faoliyatining chuqur psixologik mexanizmlari orqali tavsiflangan psixologik turi. Sotsiopatik dinamikaning tadqiqotiga asosiy hissani psixoanalitik yondashuv vakillari qo‘shgan. O‘zining muammoli o‘smirlar bilan olib borgan ishi tufayli mashhur bo‘lgan Avgust Ayxorn (1876-1949), delinkventlikka quyidagicha tavsif beradi - “dinamik hodisa, o‘zgarishlar sodir etayotgan psixik kuchlarning o‘zaro harakatlar natijasi”.
Ushbu o‘zgarish eng avvalo Ego va Super Ego o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning buzilishi. Super Ego (markaz sifatida) shakllanmagan bo‘lishi mumkin, boshqa vaziyatlarda u haddan tashqari qattiq va jazolovchi bo‘lishi mumkin. Nihoyatda, Ego – idealda (Super Egoning qismi sifatida) mavjud jamiyatga qarshi identifikatsiyalar shaklida bo‘lishi mumkin.
N.Mak-Vilyams sotsiopatik shaxsni boshqalar ustidan hukmronlik qilish namoyon qilingan ehtiyojini sezish orqali ta’riflaydi. Bu insonlarga ta’sir o‘tkazishga intilish, ularni boshqarish, ular ustida “ko‘tarilish” sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’kidlashicha, ushbu fe’l-atvor insonga bog‘lanib qolish asosiy qobiliyatining yo‘qligi bilan bog‘liqdir.
Bunda ijtimoiy adaptatsiyaning darajasi turlicha bo‘lishi mumkin. A.Ayxorn ochiq va latent delinkventlik tushunchasini kiritdi. Garchi birinchi vaziyatda jamiyatga qarshi harakatlar o‘rinli bo‘lsa, ikkinchisida esa – holat mavjud bo‘lib, tashqi namoyon etilmaydi.
Shaxsning jamiyatga qarshi tuzilishi bo‘lgan inson albatta jinoyat sodir etadigan emas, ammo uning hayotini butunlay maxsus motivatsiya belgilaydi. Ba’zi bir hurmatga sazovor kasblar vakillari, shubhasiz, boshqalarga nisbatan ko‘proq darajada bosim o‘tkazish va boshqarishga moyillikni namoyon etadilar (pedagoglar, sudya, xirurglar), o‘z individualligini jamiyat qiziqishlari bilan qo‘shib yuboradilar.
Qonunbuzarlik yo‘liga tushgan shaxslar, albatta, ushbu psixologik tashxis nuqtai nazaridan yetarli darajada tavsiflanishi mumkin. Qiziqarli fakt shundan iboratki, agar sotsiopatik shaxs qamoqdan yoki o‘zini yo‘qotishdan qochishga ulgurgan bo‘lsa, u o‘rta yoshga qarab “yonib kul bo‘lish” tendensiyasiga ega bo‘ladi (40 yoshiga qarab), odatda “namunaviy fuqaro” darajasiga yetadi.
Psixoanaliz delinkventlarni, o‘zining ichki muammolarini hal eta olmaydigan kishilar sifatida o‘rganadi. Jamiyatga qarshi insonlar reallikdan uzilib qoladilar va ichki borliqdan, davlat tomonidan qonunda ta’qiqlangan harakatlarni sodir etish orqali himoyalanadilar. Sotsiopatik insonlarning asosiy psixologik himoyasi - hamma narsaga qodir nazoratdir. Ular shu bilan birga proyektiv identifikatsiyani, bir qator dissotsiativ jarayonlarni va tashqi harakatni qo‘llaydilar. Mak-Vilyams ta’kidlaganidek, bosim o‘tkazishga ehtiyoj, ustivorlik ahamiyatga ega. U uyatdan himoya qiladi (ayniqsa dag‘al psixopatlarda) yoki jinsiy (seksual) perversiyalar qidirishdan chalg‘itadi (bular ham kriminallik asosida yotishi mumkin).
Delinkvent xulq-atvorda odatda shaxs negativ fazilatlarini jamiyatga proyeksiya qilishi qo‘llaniladi. Bunda jamiyat borligiga nisbatan yomondek tuyiladi, ammo huquq-tartibot organlari vakillari eng salbiy “ment” xarakteristikasigacha pasayadilar. Sotsiopatlarda mashhur vijdonning yo‘qligi, faqatgina zaif Super Ego haqida dalolat bermasdan, balki boshqa insonlarga nisbatan ilk o‘zaro bog‘liqliklar yetishmovchiligi haqida ham dalolat beradi. Jamiyatga qarshi shaxslar uchun boshqa insonlar qadriyati, ularning foyda keltirishi bilan tasavvur qilinadi, bu esa oxirgilarning tanbeh eshitishga ochiq yoki ongsiz roziligi bilan aniqlanadi. Sotsiopatik insonlar o‘z g‘alabalari va aldovlari bilan ochiqchasiga maqtanadilar, agar bu - tinglovchiga ularning kuchi haqida taasurot qoldirsa. Qonun himoyachilari hali hanus hayron qoladilar, jinoyatchilarninng qanchalik jinoyatni yengil tan oladilar va bu vahshiyliklar haqida xotirjam so‘zlab beradilar, bu borada ularning fikricha, zaiflik belgisi bo‘ladigan harakatlarini yashirish kerak.
O‘z xulq-atvori tufayli delinkventlar noqulaylikdan azob tortishi haqida ma’lumot ularga psixopatik va ijtimoiy ta’sir o‘tkazishning asosiy qiyinchiliklaridan biri.
Shunday qilib, sotsiopatik shaxsning o‘zini boshqarishning asosiy mexanizmi ichki zo‘riqish va negativ hissiyotlarni tashqi ijro etilishi. Bu vaziyatda, bunday insonlarda harakatlanishga tezkor turtki paydo bo‘ladi. Ular shaxsiy impulslarini boshqarish orqali o‘z hurmatini oshirish tajribasiga ham ega emaslar. Sotsiapatlarni odatda yetarli darajada xavotir olmaydiganlar sifatida ko‘rib chiqadilar. N.Mak-Vilyams bu vaziyatni “zaif” hissiyotlarini tan olmaslik va tashqi ijro etish juftiligi bilan izohlab beradi. Bu degani, agar sotsiopat xavotirlansa, u buni shunday tezkor ijro etadiki, hattoki atrofidagilar ham buni sezmay qoladilar.
Jamiyatga qarshi yo‘naltirishning shakllanish mexanizmi ham tushunarli darajada emas. Bolalar tug‘ilganidanoq temperament sifatlari bilan farqlanishi isbotlangan. Ushbu vaziyatda sotsipatiya tuzilmasining shart-sharoitlari sifatida, masalan, bazalt agressiya yoki asab tiziminig past reaktivligi (qo‘zg‘alishning balandroq darajasi) chiqishi mumkin. Haqiqatdan ham, o‘zini yaxshi va tetik his qilishi uchun, sotsiopat keskin va tebranib turuvchi tajribaga muhtojlikni sezadi. Maxsus tuzilishi bunday insonlarning o‘tkir hissiyotlarga intilishlarini izohlab beradi, ularning pedagogik ta’sir qabul qilishning va ijtimoiy ruxsat etilgan xulq-atvorni o‘rganishning past qobiliyati, boshqa insonlar uchun oddiy bo‘lgan narsalardan - musiqa, tabiat, yaxshi kasb - rohatlanishga imkoniyatning yo‘qligi. Tug‘ma serg‘ayrat, talabchan yoki garang bola tarbiyasida otaning ishtirok etishi odatdagidan yanada zarurroqdir. Ota-onasiga nisbatan serg‘aytrat va harakatchan bola, atrofidagilarning xulq-atvorini mohirona boshqarib turib, o‘zi xohlagan hamma ishini qilib, boshqa insonlar ehtiyojlarini pisand qilmaslik mumkinligini o‘zlashtirib olishi mumkin.
Bunday bolalar va ota-ona munosabatlari uchun: o‘zgaruvchanlik, intizom yo‘qligi, yon bosish, emotsional tushunmovchilik, ishlatish va ba’zan vahshiylik. Jamiyatga qarshi insonlarning bolaligi nazoratsizlik, xavflar va xaos mavjudligi (qattiq intizom va me’yoridan ortiq yon bosishning xaotik qorishmasi; zaif ona va qiziqqon sadist ota; oilada alkogolizm va giyohvandlik; oiladan uzilishlar). Bunday o‘zgaruvchan va xavfli sharoitlarda bola rivojlanishining zarur bosqichlarida himoyalangan-ligini sezmaydi, bu esa uni hamma narsaga qodir ekanligini tasdiqlash uchun, umrining qolgan qismini sarflashga majbur etadi.
Jamiyatga qarshi shaxslar oilalari uchun umuman olganda o‘z hissiyotlarini tushunish va aytib berish g‘ayrioddiy (alesitmiya hodisasi)dir. Biz ko‘pchiligimiz o‘z shaxsiyatimizni ifodalash uchun so‘zlarni qo‘llasak, sotsiopatik shaxslar esa so‘zlarni boshqarish uchun qo‘llaydilar. Ota-onalar bolaning emotsional ehtiyojlariga javob bera olmaydilar. Qachonki pedagoglar yoki boshqa biror kishi bolalarining xulq-atvorini chegaralab qo‘ysa ular ham ongsiz tarzda bo‘ysinmaslikni va avtoritetga nisbatan nafratni namoyon etishlari mumkin, g‘azab bilan reaksiya bildiradilar. Umuman qaraganda, ota-onalar bola kuchini namoyon etish jarayoniga chuqur kirib ketishgan bo‘lishadi, sotsiopat esa to‘g‘ri yo‘l orqali muhabbat va ota-onaning u bilan fahrlanishi orqali o‘zini hurmat qilishga erishish yo‘lida jiddiy qiyinchiliklarga duchor bo‘ladi.
Eng destruktiv, kriminal psixopatlar hikoyalarida oilaning ketma-ketlik bilan, sevish va himoya qilish ta’sirini topib olishning deyarli imkoniyati yo‘q. Z.Freyd ta’kidlashicha, “muhabbatnig ishonuvchanligi - avtoritet uchun eng muhim va birinchi manbaa bo‘ladi”. Jamiyatga qarshi individ, ehtimol, umuman bog‘liqlikning normal darajasini va haqiqiy muhabbatni boshidan kechirmagan. U o‘zining boquvchilaridan ibrat olmagan. Buning o‘rniga ehtimol “begona self ob’ekt” bilan identifikatsiya mavjud bo‘lgan, bu ob’ekt yirtqich sifatida qabul qilinadi.
To‘la-to‘kis “Super Men”lik yo‘qligi tufayli, aybdorlik hissini olib keluvchi, hech qanday ichki talablar ham mavjud emas. Biroq, xulq-atvorning asoratlarini intellektual tushunishi mavjud, ammo emotsional tushunish yo‘q. Hozirgi daqiqada (yoki ayni paytda) - rohatlanish, kelajakda rohat olmaslikdan ko‘ra muhimroqdir.
Yaqqol o‘xshashiga qaramasdan, O.Kernberg “jamiyatga qarshi” guruhni o‘zining psixologik bir xilligini belgilab o‘tadi.
Shaxsning xususan jamiyatga qarshi buzilishi, eng avvalo Super Egoning og‘ir patologiyasi bilan tavsiflanadi. Bu aybini va iqrorligini sezish qobiliyati yo‘qligi; emotsional bog‘lanish qobiliyatining yo‘qligi (hattoki hayvonlarga ham); insonlarni ishlatishga asoslangan munosabatlar; yolg‘onchilik va samimiyatsizlik; fikrlash zaifligi va hayotiy tajribasidan foydalana olmasligi; hayotini reja asosida boshqara olmasligi. Bir xil vaziyatlarda bunday xulq-atvor faol agressiv shaklga ega bo‘lishi mumkin (qahrli - sadistik), boshqa vaziyatda passiv-parazitik (ekspluatatsiya);
Agar xususan jamiyatga qarshi xulq-atvor aniqlanmagan bo‘lsa, yomon sifatli narsissizm o‘rinli bo‘lishi mumkin. U shaxsning tipik narsistik buzilishlarida ifodalanishi mumkin (dabdabalik, “Men”likning ustivorligi), fe’l-atvorida ildiz otgan agressiya (boshqalarga nisbatan sadizm yoki o‘ziga yo‘naltirilgan agressiya (autoagressiya)), paronoidal tendensiyalar va o‘zining haqligiga ishonchi. Jamiyatga qarshi shaxsdan farqliroq yomon sifatli narsissizm holatida boshqa insonlarga bog‘liqligini va e’tibor yoki aybdorlik hissi saqlanib qolishi. Bunday insonlar boshqalarda ma’naviy e’tiqodlar mavjudligini tushunishi mumkin, o‘zining o‘tmishiga real munosabatda bo‘ladilar va kelajakni rejalashtira oladilar;
Keyinchalik, jamiyatga qarshi xulq-atvor (asosan passiv–parazitik) shunchaki shaxsning narsistik buzilishi tuzilmasida uchrashishi mumkin, bu yerda uzoq chuqur yaqinlik qobiliyatining yo‘qligi ustivorlik qiladi. U seksual addiksiyalar shaklida; mas’uliyatsizlik; boshqalarni emotsional yoki moliyaviy ekspluatatsiya qilish shaklida namoyon bo‘lishi mumkin;
Keyingi guruh shaxsning boshqa buzilishlaridagi jamiyatga qarshi xulq-atvorini qamrab olgan (infantil, isteroid va h.);
Shaxsning nevrotik buzilish holatida, jamiyatga qarshi xulq-atvor ongsiz aybdorlik hissidan kelib chiqadi, bu odatda shaxsiy fojia sifatida ko‘rinishi mumkin. Masalan, fosh etilishdan va ishdan bo‘shatishdan qo‘rqib, inson ishxonasidan mayda narsalarni o‘g‘irlaydi.
Jamiyatga qarshi xulq-atvorni - o‘smirlik yoshidagi qo‘zg‘alish shaklida, psixik nizolarni jamiyatga qarshi xulq-atvorga o‘tkazilishini yengillashtiradigan, atrofidagilar ta’siri ostida adaptatsiyaning buzilishi, simptomatik nevrozning bir qismi sifatida ko‘rib chiqish mumkin;
Nihoyat, bu dissotsional reaksiyalar bo‘lishi mumkin - jamiyatga qarshi xulq-atvorli ijtimoiy kichik guruhga notanqidiy adaptatsiyasi.
Shunday qilib, bunday psixologik reallik, shaxsning delinkvent xulq-atvori sifatida, o‘zida umumiy qonuniyatlarini mujassam etgan, hamda individual o‘ziga xoslikni ifoda eta oladi.
Delinkvent shaxslar bilan muomalada ularning ishonchsizligini hamda aybdorlikning provokatsiyasini (imkon darajasida) inkor etish maqsadga muvofiq. Bundan kelib chiqadiki, ularda bolalikda qoniqtirilmagan, “ular o‘zini qo‘lga olib biladi, ammo o‘zgartirilgan kuchli yaqinlik xohishiga egadir”.
Jamiyatga qarshi xulq-atvor muammosida faqatgina abstrakt ijtimoiy hodisa mavjud emas. Kundalik hayot har bir kishi oldida qiyin vazifalarini qo‘yadi: kriminogen ahvolning ta’siriga berilmaslik, qo‘rqishdan qochish, o‘zini va o‘z oilasini himoya qilish, qonunga bo‘ysinuvchi farzandlarni tarbiyalash, insonlarga jamiyatga qaytishiga (qonunbuzarlik yo‘liga tushganlarga) yordam berish. Qo‘yilgan vazifalar davlat va uning fuqarolari tomonidan katta kuch-qudrat talab qiladi. Bu bilan bir vaqtdayoq, jinoyatchilik muammosining yechimi huquqbuzar xulq-atvorni, shaxsning og‘ma xulq-atvori sifatida, jiddiy ilmiy o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |