1-Mavzu: Xiva xonligining tashkil etilishi. Xvi–xvii



Download 38,71 Kb.
bet2/2
Sana11.04.2022
Hajmi38,71 Kb.
#543683
1   2
Bog'liq
1 (1)

3.XVI– XVII Asrlarda Xiva xonligining ijtimoiy — iqtisodiy hayoti.
Ammo xonlikdagi keyingi siyosiy voqealar bu qaramlik qisqa vaqt davom 
etganligini ko‘rsatadi. Buxoro ta’siridan qutilish uchun Shohniyoz Rossiya 
hukmdori Pyotr I ga xat yo‘llab, Xivani Rossiya tarkibiga qo‘shib olishini so‘raydi. O‘z siyosatida Sharqni ham egallashni ko‘zlayotgan rus podshosi uchun bu ayni 
muddaosi edi, 
1703 yilda Pyotr I ning Xiva Rossiya tarkibiga qo‘shib olinganligi to‘g‘risidagi 
yerlikni Xivaga yuboradi. Bu yerlik Xivaning yangi xoni Arab Muhammadga 
(1707,1714) topshirildi. Lekin Xivani o‘ziga tobe etish hali Rossiyaga nasib 
etmagan edi.
Arab Muhammad va uning vorisi Sherg‘ozixon hukmronligi davrida (1715—1728) xonlikdagi siyosiy nizolar mamlakatning iqtisodiy ahvolini ham izdan 
chiqardi. Bu vaziyatda Pyotr I tomonidan uyushtirilgan Aleksandr Bekovich 
Cherkasskiy rahbarligidagi harbiy ekspeditsiya xonlikka kirib keldi. Xiva xoni 
Sherg‘ozixon tomonidan rus qo‘shinlari yaxshi kutib olindi va hiyla bilan butunlayqirib tashlandi.
Lekin tashqi dushman havfi ostida birlashtirilgan xivaliklar xatar birtaraf etilgach, o‘zaro nizolarni yangi kuch bilan boshladilar. O‘zaro nizolarga faol aralashib 
turgan Buxoro xoni Abulfayzxon Xivada markaziy hokimiyatga qarshi 
chiqayotgan Orol hokimlarini qullab quvvatladi. Ular esa o‘z navbati Buxoroda yashayotgan shahzoda temur Sultonga Xiva taxtini olib berish uchun xarakat qildilar. O‘zaro urushlar Sherg‘ozixon o‘limigacha davom etdi. Elbarsxon davri (1728—1740) da o‘zaro nizolar birmuncha susaydi, lekin qo‘shni xududlarga talonchilik 
yurishlari yana jonlanib ketdi. Uning davrida Xiva qo‘shinlari Xuroson sarhadlariga harbiy yurishlar uyushtirib, katta o‘ljalarni qo‘lga kiritdilar. Bu o‘z navbatida 
Eron shohi Nodirshohni Xorazmga yurishga undadi.Xazorasp va Xonqa yonida 
bo‘lib o‘tgan janglarda g‘alabaga erishgan eronliklar 1740 yilda Xiva xoni 
Elbarsxonni o‘ldirib, Xorazmni butunlay bo‘ysundirdilar. Xorazmda yana siyosiy 
parokandalik boshlandi. Xiva taxtida kichik qozoq juzidan bo‘lgan, rus fuqaroligini qabul qilgan Abulxayrxonning qisqa hukmronligidan so‘ng Nodirshoh Xorazmga ikkinchi marta yurish qilib, Xivani egaladi. Shahardagi barcha eron va rus millatiga mansub qullarozod qilindi. Xorazm halqiga katta miqdorda soliq solinib, Xiva 
Nodirshohning noibi tomonidan idora qilina boshlandi, 1741 yilda Xivada 
qo‘zg‘olon ko‘tarildi va Nodirshohning noibi o‘ldirilib, Eronliklarning harbiy 
qo‘shini qirib tashlandi. Taxtga Nuralixon o‘tirdi. Lekin Nodirshohning o‘g‘li 
Nasrullo Xorazmga katta kuch bilan kirib kelgandan so‘ng, u taxtni tashlab Dashti Qipchoqqa qochib ketdi. Shundan so‘ng Xiva taxtida xonlar tez —tez almashib turdilar. 1747 yilda qozoq sultoni Taibxon taxtga o‘tkazildi (1747 — 1757). U xonlikda katta nufuzga ega bo‘lgan Otaliq Xuzurbekni davlat boshqaruvidan chetlashtirib, davlatdagi yirik mansablarni qozoqlarga bo‘lib bera boshladi. Bu esa Xivada yana qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keldi. Xon taxtni tashlab, qozoq 
dashtlariga qochib ketgandan so‘ng, hokimiyatni uning ukasi Abdullaxon (1757 — 1758) egallaydi.
Xiva xonligida ro‘y berayotgan siyosiy parokandalikdan Buxoro hukmdorlari o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga harakat qildilar.» Xivada ko‘tarilgan navbatdagi qo‘zg‘olondan so‘ng Buxoro hukmdori Muhamad Rahim Xiva taxtiga o‘z odami 
Temur G‘ozixonni o‘tkazadi. Shu davrdan boshlab Xiva xonligida o‘zbeklarning 
qo‘ngirot urug‘idan bo‘lgan inoqlarning davlat hokimiyatidagi ta’siri ortib boradi. 1763 yilda Inoq Muhammad Amin amalda Xivadagi birinchi darajali hukmdorga 
aylanadi. Bu davrda taxtda rasman bir necha xonlar o‘tirgan bo‘lsalarda, hokimiyat amalda butunlay uning qo‘lida edi. Shaharlik savdogarlar, hunarmandlar va din 
peshvolari yordamida o‘z hokimiyatni ancha mustahkamlagan bu hukmdor 
turkmanlar hujumini (1770), buxoroliklar tajovuzini (1782) bartaraf etib, markaziy hokimiyatni ancha mustahkamladi. Mahalliy hokimlar beboshligiga chek qo‘yildi. Mamlakatning iqtisodiy ahvoli yaxshilandi. Hunarmandchilik, qishloq xo‘jaliga va savdo — sotiq rivojlandi.
XVI ,XIX asr boshlarigacha Xiva xonligidagi mavjud siyosiy ahvol shunday 
rivojlanishda davom etgan edi.
Xiva xonligi iqtisodiy hayotida qishloq xo‘jaligi alohida muhim o‘ringa ega edi, 
xonlikda yer egaligi uch hil shaklda bo‘libg davlat yerlari, vaqf yer egaligi va 
hususiy yer egaligi shakillaridan iborat bo‘lgan. Davlat yerlari odatda xon va uning yaqinlariga tegishli bo‘lib, odatda ular suv manbalariga yaqin hosildor yerlardan 
iborat bo‘lgan. Davlat xazinasiga xonning shaxsiy mulki sifatida qarash hukmron 
edi.
Hususiy yer mulklar ichida yirik mansabdor, harbiy ma’muriy va diniy amaldorlarga tegishli yer mulklar katta foizni tashkil etardi. Qishloq jamolari egalik qiladigan yerlar dexqonlarga odatda 8—12 tanobdan bo‘lib berilgan.
Vaqf yerlariga odatdagidek, masjid va madrasalarga, diniy Mahkamalar va 
qabristonlarga tegishli yerlar kirgan va ulardan olinadigan daromad shu joylarning sarf — harajati uchun ishlatilgan.
Voha iqtisodining asosini dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik va savdosotiq tashkil etib, dehqonchilikda Amudaryoning quyi oqimidan olingan ko‘plab 
kanallar va ariqlar muhim o‘rin tutgan.Bu ariq va kanallar orasida eng yiriklari 
quyidagi , 11 ta sug‘orish shaxobchasi edi: Pitnak kanali, Polvon kanali, Kazovot 
kanali, Shohabbaz kanali, Yarmish kanali, Qilich Niyoz biy kanali, Qorako‘z 
kanali, Arna kanali, Bo‘zsuv kanali, Suvvoli Xon kanali.
Bulardan tashqari yana ko‘plab o‘rtacha kattalikdagi va uzunlikdagi sug‘orish 
kanallari va ariqlari ham voha dexqonchiligi uchun qo‘l kelgan. Qishloq 
xo‘jaligida paxta, sholi va ekinlar yetishtirish, bordorchilik va poliz ekinlari ekish 
keng tarqalgan va rivojlangan edi. Biroq xonlik xududlarida ipakchilik yaxshi 
rivojlanmagan edi. O‘troq aholi ham o‘z xo‘jaliklarida chorva mollari boqsalarda, biroq chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan asosiy talablarini chorvadorlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar yordamida qondirganlar. Chorvachilikda asosan bir 
urkachli tuyalar, ot va qo‘y boqilgan.
Hunarmandchilik ham xonlik iqtisodiy hayotida alohida o‘ringa ega bo‘lib, 
hunarmandchilik va hal^maliy san’atning Xiva xonligi xududdarida o‘ziga xos 
maktabi yaratilgan edi. Xonlikda har bir shaharda ko‘plab hunar turlari bilan 
shug‘ullanuvchi hunarmandlar mavjud edi. Ular faqatgina ichki bozorni o‘z 
mahsulotlari bilan ta’minlabgina qolmasdan, balki tashqi savdoga ham ajoyib hunarmandchilik mahsulotlarini chiqarar edilar. Tashqi savdoda chetdan qo‘rg‘oshin, 
mis, temir, chuyan kabi metallar va metall buyumlar asosan Rossiyadan, oltin, kumush, hunarmandchilik mahsulotlari hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari Buxoro, 
Qo‘qon, Eron va Rossiyadan keltirilgan va o‘z navbatida Xiva xonligida ham 
chetga shunday mahsulotlar va nafis hunarmandchilik mahsulotlari chiqarilgan.
Xivalik savdogarlar tranzit savdo aloqalarida ham faol ishtirok etganlar va bu 
yerlardan o‘tadigan savdo karvonlaridan olinadigan boj yig‘imlari ham xonlik 
hazinasiga kattagina daromad keltirib turgan.
Xiroj va zakot kabi asosiy soliqlardan tashqari turli yig‘imlar ,va majburiyatlar 
mavjud bo‘lgan.
Download 38,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish