1-Mavzu: XI xv asrlarda Angliya Mustahkamlash uchun savollar



Download 183,25 Kb.
bet60/65
Sana28.02.2021
Hajmi183,25 Kb.
#60747
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Jahon tarixidan Topshiriqlar (Lotincha)01

«Mamlakat kimniki bo‘lsa, din o‘shaniki...». Karl V katolik cherkovini himoya qilishga urindi. O‘zi ashaddiy katolik bo‘lgani uchun emas, papaga qarshi kurashning izidan dunyoviy xoqonlarga ham qarshi kurash boshlanib ketib, dehqonlar hosilning o‘ndan bi- rini to‘lamay qo‘yadilar knyazь va imperatorlarga soliq bermaydi- lar, deb qo‘rqqanligi uchun ham shunday qildi.

Biroq Reformatsiya harakatini to‘xtatishning iloji yo‘q edi.

Keyin lyuteranlik dunyoviy hokimlar uchun unchalik dahshatli emasdi, axir ular cherkovni knyazlarga bo‘ysundirish tarafdorlari edi. Uzoq yillar davomidagi kurashlardan so‘ng Karl V knyazlarga o‘zlari e’tiqod qilgan dinni o‘z erlarida o‘rnatish huquqini bera- digan qonun chiqardi.

Germaniyaning shimoliy va shimoli-sharqiy erlari, shuningdek, Markaziy Germaniyaning ham ba’zi bir knyazliklari lyuteranlikni qabul qildilar, janub esa katolikligicha qoldi. Keyinchalikbu di- niy urushlarga olibkeldi.

Xalq Reformatsiyasi dohiysi. Xalq Reformatsiyasining dohiysi Tomas Myunser (1493 –1525) bo‘ldi. Ikkita universitetni tugatgan yuqori bilimli odam nega bunday yo‘lni tanladi? Ruhoniy bo‘lgani uchun Myunser doimo oddiy odamlar bilan muomala qilardi. Re- formatsiyaning dastlabki yillarida u Lyuterni yoqladi, keyin esa ularning yo‘li ajralib ketdi. Knyazlar manfaatini ko‘zlagan Re- formatsiya uning qarashlariga to‘g‘ri kelmas edi. Myunser «hokimiyat oddiy xalqqa berilish kerak», chunki Xudoning irodasi shunday, der edi. O‘z nasihatlarida u o‘z qavmiga, xudo haqiqiy dindor-

lar bilan, tanlanganlar bilan gaplashadi va xalq poplarga emas Xudoga quloq solmog‘i kerak, deydi.

Myunser xalqni «o‘z hukmini o‘tkazishga» hokimlarni ag‘- darishga chaqirdi. Natijada «kuchlilar xor bo‘lib, zaiflar ulug‘lanur», «Xudo podsholigi» paydo bo‘ladi, erda adolatli ja- miyat o‘rnatiladi. «Barcha narsalar umum mulki bo‘lmog‘i darkor... har bir kishiga uning ehtiyojiga qarab moddiy va ma’naviy boylik berilmog‘i kerak», – deb hisoblardi u. Qachon qo‘rg‘on va monastir- lar hamda «boylar va kambag‘allar dushmanlari» yo‘qolsa, xususiy mulk bo‘lmasa, o‘shandagina Germaniya baxtli bo‘ladi, deydi Myun-sser.

Bunday nutqlar ta’sirida shahar va qishloqlar aholisi hayajonga tushdi. Ular cherkovlarni yopib qo‘yib, katolik ruhoniylarni haydab yubordilar.

Dehqonlar urushining sabablari. 1524 yili Germaniya bo‘ylab xavotirli xabar tarqaldi mamlakat janubida dehqonlar qo‘z- g‘olon ko‘tardilar. 1525 yili butun german erlarini tarixchilar

«Buyuk dehqonlar urushi» deb atagan harakat qamrab oldi. Bu ku- tilgan voqea edi, albatta.

XV asr o‘rtalaridayoq kardinallardan biri Rim papasiga cherkov va feodallar tomonidan qilinayotgan ishlar Germaniya dehqonlarining g‘azabini keltirayotganini etkazgan edi va «Bu qonunsizliklar barcha rahbariyatga nisbatan xalqning g‘azabini keltirmoqda va agar ular to‘xtatilmasa, unda xalq ruhoniylarga qarshiguschilarqabilidaishqiladi,debxavotirlanishikerak.Bu ruhdagi po‘pisalar allaqachon aniq eshitilmoqda», deb yozganedi.

Dehqonlar urushlarining asosiy sabablari nimada?

German erlarida Evropaning qolgan qismidagi kabi qishloq aholisi orasida ozod kishilar, er bo‘yicha qaramlar, shaxsan qaram dehqonlar bor edi. Er bo‘yicha qaram dehqonlar ham erkin hisoblanardi, biroq ular feodalning erlarida yashar va shuning uchun turli xil majburiyatlarni bajarar edilar.

Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan zodagon va knyazlar zebu-ziynat buyumlariga ega bo‘lish maqsadida ko‘proq pul topishga harakat qilishardi. Feodallar jamoa erlarini olib qo‘ya boshladilar va dehqonlarning erlarini qisqartirdilar. Don, go‘sht, jun, kanop – barchasi shaharga sotish uchun ketardi. Dehqonlarga o‘rmondan shox-shabba yig‘ishga, ov qilishga, hovuzlardan baliq ov-

lashga ruxsat berilmas edi. Xo‘jayinlar qaram dehqonlardan oli- nadigan to‘lovlarni oshirdilar.

Dehqonlar narx oshishidan qiynalardi. YAngi Dunyodan oltin va kumushning oqib kelishi «narxlar inqilobi»ni yuzaga keltirdi – pul qadrsizlanib, tovarlarning narxi oshdi. Knyazga, senьorga va cherkovga soliq to‘lagandan so‘ng dehqonlarda hech narsa qolmas va ko‘pchiligi sudxo‘rlarga murojaat qilishga majbur bo‘lar edi.

Buning ustiga dehqonlar shaxsiy huquqlarga ega emas edi va senьorlar ustidan shikoyat qila olishmasdi. Ular o‘z deputatlari- ni imperiya seymiga jo‘natishni talab qilgan holatlar ham bo‘lgan. Ammo zodagonlar va ruhoniylarning fikricha, dehqonlar o‘z vakil- larini toifaviy vakillik organiga yuborish huquqiga ega emasdi- lar.

Mamlakatning janubi-g‘arbi qo‘zg‘olonchilarning asosiy hara- kat hududi bo‘lib qoldi. 40 ming kishi dunyoviy va diniy feodallar zulmiga qarshi kurash olib bordi. Ular feodal qaramlik yozilgan hujjatlarni yoqar, monastir va qasrlarni vayron qilar, senьor- larning mollarini bo‘lib olishar va jamoa erlarini qaytari- shardi.

Qo‘zg‘olonchilarning talablari haqida ularning dasturlari – maqsad va talablarini o‘qib chiqib, tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Dehqon otryadlarining rahbarlari dastur tuzdilar va uni «12mod- da» deb atadilar. Unda shunday deyiladi: «Birinchidan, bizning tinchso‘rovvaistaklarimiz,bizningumumiyirodavafikrimizbundan buyon butun jamoa bo‘lib o‘zimizga ruhoniy saylash, u o‘zini keragicha tutmagan paytda uni almashtirish huquqiga egabo‘lmoq...

Ikkinchidan, biz adolatli o‘ndan bir don solig‘ini berishga ro- zimiz, biroq lozimbo‘lganidayberishgaBundan buyon buo‘ndan

birini jamoa qo‘yadigan bizning cherkov oqsoqolimiz yig‘ishini istaymiz va yig‘ilgan mahsulotlardan butun jamoa saylagan ruhoniyga, unga va uning yaqinlariga yashashga etarli miqdorda ja- moa qarori bilan berilishini istaymiz.

Uchinchidan, to hozirgacha bizni «qaram» odamlar deb hisoblash odat edi, agar Iso Masih o‘zining qimmatbaho qonini to‘kish bi- lan bizning barchamizni, cho‘pondan tortib eng yuksagimizgacha, hech kimni qoldirmay, ozod etganligini hisobga olsak, bu odat achi- narlidir. SHuning uchun biz ozod bo‘lishni istashimiz va shunday bo‘lishimiz Uning yozganlariga mos keladi.


Download 183,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish