bo’lish (mans deb ataluvchi) erkin dehqonga jamoaga qarashli o’rmon, yaylov to’qay va suvlardan foydalanish huquqini beradi. Germaniyaning xo’jalik hayotida don yetishtirish ustuvor bo’lib nemis dehqonlari shuningdek, bog’dorchilik va polizchilik bilan ham shug’ullanardilar. Vinochilik Reyn bo’yi viloyatlari va Janubi- g’arbda tarqalgan edi. Janubiy Germaniyada, Shvabiya va Bavariyaning tog’lik rayonlarida chorvachilik keng yoyilgan edi. Ozod dehqonlar prekaristlarga aylanib o’zlarining chek yerlariga egalikdan maxrum etilsalar-da lekin unda o’z xo’jaliklarini yuritishni davom ettiraverardilar. Dehqonlar ommasini qaram qilish darajasi G’rabiy Frank davlati (Fransiya)dagiga qaraganda pastroq bo’lib qaram dehqonlarning barshchinasi yiliga 6 xaftadan oshmas, prekoristlar esa asosan oziq-ovqat pul solig’ini to’laganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |