Jamiyatning tabiatga ta’siri. Odam o‘zining tarixiy rivojlanishining daslabki davrlarida tabiatning mahsuli sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Keyinchalik esa mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishi bilan ya’ni ijtimoiy omillar ta’sirida u ongli mavjudotga aylandi. U o‘z navbatida er yuzasida materiya harakatining yangi ijtimoiy shakli vujudga kelganidan dalolat berar edi. Insoniyat asta-sekin tabiatni o‘zgartiruvchi eng kuchli omilga aylandi. Hamda uning rivojlanishiga katta ta’sir etayapti. Tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri yuqorida aytib o‘tilgandek dastlab biologik moddalar aylanishiga asoslangan bo‘lib, keyinchalik tarixiy rivojlanish natijasida birinchi o‘ringa ijtimoiy moddalarning aylanishi o‘tib oldi. Shunga binoan tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar harakteri ham o‘zgardi. Hozirgi qarashlarga ko‘ra ijtimoiy yoki antropogen moddalar aylanishi jamiyat hayotini ta’minlovchi murakkab jarayon hisoblanib, u tabiatdan o‘zlashtiriladigan moddalar va energiya xisobiga yashaydi. Faqat to‘xtovsiz ravishda tabiat bilan o‘rtasida sodir bo‘ladigan moddalar va energiya aylanishi hisobiga yashashi mumkin. Antropogen moddalar aylanishi sayyoramizdagi moddalar aylanishining bir qismi hisoblanadi. Bunda tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri yotadi. Ushbu moddalar aylanishining bir tomoni jamiyat hisoblandi. Antropogen moddalar aylanishining xissasi sayyoramizda kundan-kunga ortib bormoqda. Uni yirik shaharlarda, sanoat markazlarida kuzatish mumkin. Bundan tashqari sayyoramizda moddalar aylanishiga, yangi sintetik materiallar, zaharli kimyoviy o‘g‘itlar qo‘shildi.
Inson o‘z xo‘jalik faoliyatida, sayyoraviy moddalar aylanishidagi, mikdor va sifat jixatlari o‘zgarib bordi va tezlashtirildi. Inson erdagi muhim geologik kuchga aylandi. Jamiyat tomonidan tarixiy davrlarda moddalar va energiyaning o‘zlashtirilishi har bir kishi boshiga ortib boradi. Shuning asosida moddalar aylanishi jaddaligi ortib boradi. Natijada tabiatda mavjud bo‘lmagan xilma-xil moddalar yaratildi, tabiatga keraksiz moddalar va energiyalar ajralib chiqmokda.
Hozirgi davrda ishlab chiqarish chiqindilarining ortishi tufayli tabiatda katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Natijada jamiyatning tabiatga salbiy ta’siri xavfli tus oldi. Uning sababi atrof-muhitning antropogen moddalar aylanishining ekologik nuqtan nazarida nihoyatda takomillashmaganligidir. Bu shundan iboratki, tabiiy resurslardan foydalanishning foydali ish koeffitsenti juda past. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra o‘rtacha FIKi 5-10% tashkil edi. Qolgan 90-95% inson tomonidan amalda isrof qilindi. Ko‘pincha ishlab chiqarish chiqindilari parchalanmaydi va dastlabki holatiga qaytmaydi. Aksincha, tabiiy ifloslanadi va uning hayoti yomonlashadi. Natijada bugungi kunda Ilmiy Texnik Taraqqiyot (ITT) insonni tabiatga global darajada ta’sir etishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |