Qadimgi yoki antik davr bosqichi. Fan insonning ongli faoliyati sifatida qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi IV - V asrda vujudga kelgan. Ushbu bosqichda geografik ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy natijalar quyidagilardan iborat:
- Gomer tomonidan miloddan avvalgi XII asrda Dunyo xaritasi tuzildi. Mazkur xaritada asosan O‘rta dengiz atrofi tasvirlangan. Shimoliy Afrikadagi Liviya, Misr, G‘arbiy Osiyoda Finikiya, Kichik Osiyo yarim oroli, O‘rta dengizdagi Kipr, Krit, Sitsiliya orollari tasvirlangan.
- Aristotel tomonidan miloddan avval IV asrda Yerning sharsimonligi, Yerda issiqlik mintaqalarning mavjudligi isbotlandi. Dunyo xaritasi tuzildi. Uning xaritasida Gomer xaritasidagi joylar yanada kengaytirilgan. Uning xaritasida kishilar yashamaydigan sovuq mintaqa va kishilar yashaydigan issiq mintaqa ajratratilgan.
-Aristotel tomonidan tuzilgan Dunyo xaritasida Afrikaning shimoliy qismi, Osiyo va Yevropa qit’alari tasvirlangan. Osiyodagi Hindiston, Amudaryo va Sirdaryo, Kaspiy dengizi, Yevropadagi Italiya, Makedoniya, Ichki (O‘rta) dengiz, Iberiya va boshqa joylar tasvirlangan;
- Geografiya so‘zini dastlab eramizdan oldingi 276 va 194 yillar oralig‘ida yashagan yunon olimi eratosfen qo‘llagan. U dastlabki uzunlik va kenglik sistemasini ishlab chiqqan hamda yer yuzasini hisoblagan. Shu bilan birga, u o‘sha davr bilimiga tayanib, dunyoning birinchi xaritasini yaratgan. Bir qancha davr mobaynida Xitoy, Janubiy Osiyo, Polineziya va Arabiston yarim orolida ko‘plab qadimiy madaniyatlar ham geografiya va kartografiyada xaritalar va navigatsiya tizimlarini rivojlantirganlar6. U miloddan avalgi III asrda Yerning o‘lchamlarini aniqladi, Dunyo xaritasini tuzdi. «Geografika»nomli asar yozdi, geografiya atamasini fanga olib kirdi;
- Ptolomey eramizning boshida (II asr) xaritalarni daraja to‘ri yordamida tuzishni ixtiro qildi. Dunyo xaritasini tuzdi va geografiya bo‘yicha qator asarlar yozdi. Shu davrda Strabon geografiya fani bo‘yicha yirik asarlar yozdi;
O‘rta asrlar bosqichi. Mazkur bosqichda geografiya fani asosan Sharq mamlakatlarida rivojlandi.
VIII-IX asrlarda Axmad Al-Farg‘oniy astrolabiya asbobini yaratdi, astronomiya, gidrologiya va geodeziya sohasida muhim ilmiy ishlar olib bordi.
Muhammad ibn Muso al Xorazmiy geografiya faniga ulkan hissa qo‘shgan olimdir. U IX asrda «Surat-al-arz» nomli kitob yozgan. Mazkur kitobda Al-Xorazmiy o‘sha paytda ma’lum boigan shaharlarni geografik koordinatalarini keltirgan. U O‘rta Osiyo geografiyasining asoschisi hisoblanadi.
Abu Rayhon al-Beruniy jahonda birinchi bo‘lib globusni yasadi, Dunyo xaritasini tuzdi. Geodeziya fanini rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. U Yer shari meridian yoyining uzunligini aniqladi, 1° yoyning uzunligi 111,1 km.ga teng ekanligini kuzatishlar asosida hisoblab chiqdi. «Hindiston», «Mineralogiya», Abu Ali ibn Sino relefni vujudga kelishida ichki va tashqi kuchlarni o‘mi va ahamiyatini ochib berdi. Uning fikricha Yer yuzasi relefi ichki va tashqi kuchlar ta’sirida shakllanib va o‘zgarib turadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining «Boburnoma» asari bilan regional geografiyani rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdi. «Boburnoma»da keltirilgan ma’lumotlar asosida o‘rta va Janubiy Osiyo davlatlarining o‘rta asrlardagi tabiiy sharoiti va xo‘jaligi haqida fikr yuritish mumkin.
Mahmud Koshg‘ariy «Devoni lug‘ati turk» asarida juda ko‘p geografik atama va tushunchalar haqida ma’lumotlar bergan va Dunyo xaritasini tuzgan.
Buyuk geografik kashflyotlar bosqichi. Ushbu bosqichdan boshlab Yevropada fan yana rivojlana boshladi. Natijada dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan kashfiyotlar qilindi.
1492-yil Xristofor Kolumb tomonidan Amerika qit’asi ochildi. X. Kolumbning asosiy maqsadi Hindistonga dengiz yo‘liniochish bo‘lgan. Shuning uchun u kashf qilgan joylarni Hindiston, u yerdagi mahalliy aholini esa Hindular deb atagan. 1499-1501 -yillari Amerigo Vespuchchi Amerika qifasini shimoliy qismlarini tekshirdi va yangi yerlarning ilk tavsifini yozdi. 1507-yili fransuz geografi M. Valdzemyuller materikni Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etdi.
1498-yili Vasko-da-Gama boshliq Portugaliya ekspeditsiyasi Afrikani aylanib o‘tib, Yevropadan Hindistonga dengiz yoiini ochdi. Shu davrdan boshlab Osiyoni Yevropa bilan bog‘lagan «Buyuk ipak yo‘lining» ahamiyati pasaya boshladi.
1519-1521 -yillari Fernan Magellan boshliq Ispaniya ekspeditsiyasi okean bo‘ylab Dunyo aylana sayyohatini amalga oshirdi va Yerning sharsimonligini yana bir bor isbotladi, hamda Dunyo okeanini yaxlitligini asoslab berdi.
1605-yil golland sayyohi Yanszon Avstraliya materigini kashf qildi. So‘ngra A. Tasman (1641-1643-y) materikni hamma tomonidan aylanib chiqdi. 1650-yili golland olimi B.Vareniyning «Umumiy geografiya» nomli asarini bosilib chiqishi ilmiy geografiyani rivojlanishi uchun asos bo‘ldi. B.Vareniy geografiyani ikki qismga bo‘ladi: umumiy va xususiy. Uning fikricha, umu-miy geografiya Yerning umumiy xususiyatlarini, xususiy geografiya esa Yerning ayrim qismlarini o‘rganadi.
Ilmiy geografik ishlar bosqichi (XVIII-XIX asr). Mazkur bosqichdan boshlab birinchi marotaba maxsus ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirila boshlandi. Bunday ekspeditsiyalar Fransiyada (Bugenvil, Laperuza), Buyuk Britaniya (J.Kuk, Vankuver), Rossiyada (Bering, Chirikov, Krasheninnikov va boshqalar) uyushtirildi. Natijada Tinch okeni, Osiyo, Shimoliy Amerika qirg‘oqlari, Afrikaning va Janubiy Amerikaning ichki qismlari va tabiati o‘rganildi. Yerning ichki qismlari, yer yuzasi relefi, yer usti va osti suvlari, shamollar, o‘simliklar haqida bilimlarni to‘planishi bilan tabiiy geografiyadan geologiya, gidrologiya, geobotanika va meteorologiya ajralib chiqib ketdi.
Ushbu bosqichda ko‘p ilmiy ishlar mamlakatshunoslik yo‘nalishida bo‘lgan. Mazkur ishlar ikki yo‘nalishda olib borilgan: a) birinchi yo‘nalishda har bir davlatning geografik tavsifiga katta e’tibor berilgan; b) ikkinchi yo‘nalish ayrim o‘rganilmagan hududlarni geografik tavsifiga bag‘ishlangan. Bunday tavsiflar ko‘p hollarda sayyoh va olimlarning ekspeditsiyalarda yiqqan ma’lumoti asosida tuzilgan. Masalan, S.P.Krasheninnikovning «Kamchatkaning tavsifi», P.S.Pallasning «Rossiyaga sayohat va boshqalar.
Umumiy tabiiy geografiya masalalari nemis olimi Kant (1724— 1804)ning «Tabiiy geografiyadan ma’ruzalar» asarida ko‘rib chiqilgan. Mazkur asarda shamollar, ularni hosil bo‘lishi, yer yuzasi relefini rivojlanishi ko‘rib chiqilgan. M.V.Lomonosov (1722—1764) asarlarida ham «Umumiy yer bilimi» masalalari ko‘rib chiqilgan. Mazkur masalalarni M.V.Lomonosov «Er qatlamlari haqida» (1763y) «Atmosfera hodisalari haqida so‘z» (1753) asarlarida ko‘rib chiqqan. U yer yuzasi relefi ichki va tashqi kuchlar ta’sirida muntazam o‘zgarib turishini ta’kidlagan. Havo massalarini harakati ta’limotini yaratgan.
XIX asrning birinchi yarmida yirik ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyalari hamda milliy geografiya jamiyatlari tashkil qilina boshlandi. Dastlabki geografiya jamiyatlari Buyuk Britaniyada (1830), Fransiyada (1846), Germaniyada (1826), Rossiyada (1845), Turkistonda esa 1898-yili tuzildi.
Juda ko‘p davlatlar tomonidan yirik ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyalari uyushtirildi. Rossiya tomonidan 50 dan ortiq ekspeditsiya uyushtirildi. Natijada Dunyo okeani haqida yangi ma’lumotlar to‘plandi. 1821-yili esa F. F. Bellinsgauzen va M. P. Lazarev boshchiligidagi ekspeditsiya tomonidan Antarktida materigi ochildi. Mazkur bosqichda yer yuzasi tuzilishini o‘rganish tugallangan. Yer qobig‘ining rivojlanish nazariyasi Charlz Lael tomonidan ishlab chiqildi. Shu davrda Ch.Darvin tomonidan «Tabiiy tanlanish tufayli turlarning kelib chiqishi» nomli asar yozildi. A.Gumboldt tomonidan ilmiy geografiyaga bag‘ishlangan qator asarlar e’lon qilindi. Okeanografiya fani shakllandi, meteorologik va gidrologik stansiyalar soni ko‘paydi va kengaydi. Yer yuzasida balandlik va chuqurliklarni tarqalish qonuniyatlari aniqlandi. Atmosfera va okeandagi harakatlarning mohiyati ochib berildi.
XX asr bosqichi. Mazkur bosqich ikki davrdan iborat: Birinchi davr XX asrning birinchi qismini o‘z ichiga oladi. Mazkur davrda tabiiy geografiyada qator muhim ta’limotlar yaratildi. V.V.Dokuchaev tomonidan tabiat zonalligi ta’limoti yaratildi. A.A.Grigorev tomonidan esa geografik qobiq va geografik muhit ta’limoti yaratildi. Biosfera haqida ta’limot esa V.A.Vernadskiy tomonidan yaratildi.
Geografik qobiqning bo‘ylama (vertikal) va ko‘ndalang (gorizontal) tuzilishi, rivojlanishi va tarkibiy qismlari haqida tushunchalar ishlab chiqildi. Bu sohada L.S.Berg, K.K.Markov, S.V.Kalesnik, N.A.Solnsev, A.G.Isachenko, F.F.Milkov yirik ilmiy ishlarni amalga oshirdi, S.V.Kalesnik 40-yillari geografik qobiqning tuzilishi va rivojlanishi umumiy tabiiy geografiya fanining o‘rganish ob’ekti degan g‘oyani olg‘a surdi.
XX asrning ikkinchi yarmida tabiiy geografiya fan-texnika inqilobi (FTI) ta’sirida rivojlana boshladi.
Bu davrga oid tabiiy geografiya va uning tarmoqlariga oid xorijda olib borilgan tadqiqotlar tarixi K.Gregorining “Geografiya i geografы: fizicheskaya geografiya” kitobida tahlil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |