- maxsus (xususiy) tabiiy geografik fanlar guruhiga tuproqlar geografiyasi, geobotanika, zoogeografiya, iqlimshunoslik va boshqa fanlar kiradi;
- regional tabiiy geografik fanlar guruhiga materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, alohida davlatlar va o‘lkalar tabiiy geografiyasi kiradi.5
Umumiy tabiiy geografiyaning o‘rganish ob’ekti geografik qobiqdir. Geografik qobiqning tarkibiy qismlari: tog‘ jinslari, suvlar, havo, tirik modda va boshqalar har xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (qattiq, suyuq, gaz). Yerdagi barcha kimyoviy elementlar geografik qobiqda mavjud. Geografik qobiqqa Quyosh va koinotdan keladigan issiqlikdan tashqari Yerning ichki qismidan ham issiqlik kelib turadi.
Geografik qobiqning tarkibiy qismlari orasida doimo modda va energiya almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Ushbu almashinuv havo va suv harakati, yer osti va yer usti suvlarining hamda muzlarning harakatida namoyon bo‘ladi. Geografik qobiqnillg tarkibiy qismlarini o‘zaro ta’siri natijasida uning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lgan, yaxlitlik va bir butunlikning namoyon bo‘lishiga olib keladi.
Materiklar yuzasida litosfera (tog‘ jinslari va relef), atmosfera (havo massalari va yog‘inlar), gidrosfera (er osti va ustki suvlari, muzlar), biosfera (mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi)ning o‘zaro ta’siri natijasida turli tabiatga ega bo‘lgan hududlarning muayyan turlari, ya’ni o‘rmonlar, botqoqliklar, dashtlar, cho‘llar, tundra va boshqalar vujudga keladi.
Mazkur hududlarning landshaftlarini o‘rganish geografiyaning, ayniqsa regional geografiyaning vazifasi hisoblanadi. Relef yer yuzasi tabiiy sharoitining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Yer yuzasi relefini, uning kelib chiqishi va rivojlanishi hamda tarqalishini umumiy geomorfologiya fani o‘rganadi.
Geografiya fani Yerni umumiy va regional tadqiq qilishdan tashqari tabiiy geografik muhitning ayrim tarkiblarini ham alohida o‘rganadi. Tabiatning ayrim tarkiblari maxsus tabiiy geografiya fanlari tomonidan o‘rganiladi. Maxsus yoki xususiy tabiiy geografik fanlari guruhiga tuproq geografiyasi, geobotanika, zoogeografiya, glyatsiologiya, iqlimshunoslik. okeanografiya va boshqalar kiradi.
Tuproqlar geografiyasi yer yuzasida tuproqlar tarqalishini geografik qonuniyatlarini o‘rganadi. Geobotanika yer yuzasida o‘simliklarni, zoogeografiya hayvonlarni tarqalishini geografik jihatlarini o‘rganadi.
Regional tabiiy geografiya ayrim hududiy tabiiy sharoitining shakllanishini va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi, Umumiy va regional tabiiy geografiya fanlari guruhi xususiy (maxsus) tabiiy geografiya fanlari ma’lumotlari va xulosalari bilan «oziqlanadi», masalan, daryolarni o‘rganuvchi gidrologiya fani daryo suvlari xususiyatlarini fizik va ximik usullari yordamida o‘rganadi.
Geografiya fanlari tizimining ikkinchi katta tarmog‘ini iqtisodiy geografiya fanlari guruhi tashkil qiladi. Iqtisodiy geografiya fanlari guruhi quyidagi qismlardan iborat:
- umumiy iqtisodiy geografiya fanlari;
- tarmoqlar iqtisodiy geografiyasi;
- regional iqtisodiy geografik fanlar.
Umumiy iqtisodiy geografiya fanlari guruhiga iqtisodiy geografiyaga kirish, iqtisodiy rayonlashtirish nazariyasi va boshqa fanlar kiradi.
Tarmoqlar geografiyasi xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarini rivojlanishini va joylanishini o‘rganadi. Tarmoqlar iqtisodiy geografiyasi fanlari guruhiga tabiiy resurslar geografiyasi, qishloq xo‘jalik geografiyasi, transport geografiyasi va boshqalar kiradi.
Regional iqtisodiy geografiya fanlari jahon, ayrim mintaqalar, davlatlar va ma’muriy birliklarda xo‘jalikni shakllanishi, rivojlanishi va joylanishi qonuniuatlarini o‘rganadi, Mazkur guruhga materiklar, mintaqalar, davlatlar va ma’muriy birliklar iqtisodiy geografiyasi kiradi.
Maxsus geografiya fanlari tizimi geografiya fanida shakllangan alohida muammolar bilan shug‘ullanadi. Mazkur fanlar tizimiga siyosiy va harbiy geografiya, tibbiiy geografiya, rekreatsiya va turizm geografiyasi, muhandislik geografiyasi, geografik bashorat, meliorativ geografiya, xizmat ko‘rsatish geografiyasi va boshqalar kiradi.
Geodeziya va kartografiya fanlari tizimi geografiya fanining eng qadimgi tarmoqlari bo‘lib hisoblanadi.
Umumiy tabiiy geografiya eng qadimgi fanlar qatoriga kiradi. Uning rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |