1-Mavzu: Umumiy tabiiy geografiyaga kirish. Geografik bilimlarning rivojlanish tarixi



Download 319 Kb.
bet2/6
Sana09.02.2023
Hajmi319 Kb.
#909708
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-маvzu Microsoft Word

Tabiiy geografiyaning o‘rganish ob’ekti.Tabiiy geografiyaer haqidagi fan degan ma’noga ega. Bu juda umumiy gap. Chunki yerni juda ko‘p tabiiy fanlar o‘rganadi. Xo‘sh tabiiy geografiya yerning qaysi qismini o‘rganadi? Yerning ichki qismiga moddiy borliqning boshqa shakli xosdir.
Yer sharining ustki qismida o‘ziga xos bo‘lgan qobiq tarkib topgan. Bu joyda moddalar uch xil holat – gaz, suyuq va qattiq holatda bo‘ladi. Bu joyga yerning ichki qismidan ham, koinotdan ham energiya kelib turadi. Yerning ichki qismidagi moddalarning saralanishi natijasida litosfera, gidrosfera va atmosfera vujudga kelgan. Tabiat taraqqiyotining ma’lum bochqichiga kelib, tirik organizm paydo bo‘lgan, u litosfera, gidrosfera, atmosfera taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Hayot faoliyati ro‘y beradigan qobiqni biosfera deb ataymiz.
Shunday qilib, Yerning taraqqiyoti davomida yuza qismida o‘ziga xos juda murakkab va bir butun tabiiy sistema paydo bo‘lganki, u geografik qobiq deb ataladi. Odam ham ana shu qobiqda paydo bo‘lib shu joyda yashaydi.
Tabiiy geografiya mana shu qobiq – geografik qobiqni o‘rganadi. Bu qobiqni yana landshaft qobig‘i ham deb yuritiladi.
Bu qobiqning yerning boshqa qobiqlaridan sifatiy farqlari quyidagicha:
1. Moddalar xilma xil – birikmalar va murakkab jismlargacha turli tuzilishiga ega.
2. Organik dunyo, tuproq qoplami, cho‘kindi jinslar, relefning turli shakllari mavjud.
3. Quyoshdan keladigan energiya to‘planadi.
4. Yer qobiqlari o‘zaro ta’sir etib turadi. Geografik sistemalar – komplekslar tarkib topgan.
5. Odamzod jamiyati mavjud va h.k.
Bu qobiq atmosferada troposferani (ll-l6 km), suv qobig‘i – gidrosferani (11 km) va litosferani (2-3 km qalinlikdagi qismini) o‘z ichiga oladi.
Geografik qobiqning tarkibiy qismlari: Tog‘ jinslari, suvlar, havo, tirik modda va boshqalar har xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (qattiq, suyuq, gaz). Yerdagi barcha kimyoviy elemenuar geografik qobiqda mavjud. Geografik qobiqqa Quyosh va koinotdan keladigan issiqlikdan tashqari Yerning ichki qismidan ham issiqlik kelib turadi. Geografik qobiqning tarkibiy qismlari orasida doimo modda va energiya almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Ushbu almashinuv havo va suv harakati, yer osti va yer usti suvlarining hamda muzlarning harakatida namoyon bo‘ladi. Geografik qobiqning tarkibiy qismlari o‘zaro ta’siri natijasida uning eng muhim xususiyataridan biri bo‘lgan, yaxliuik va bir butunlikning namoyon bo‘lishiga olib keladi.
Tabiiy geografiyaga (grekcha fizis - tabiat, ge - yer, grafo - yozaman, tasvirlayman so‘zidan olingan) Yer haqidagi fan deb ta’rif berilsa, bu juda umumiy ta’rif bo‘ladi, chunki yerni turli jihatdan barcha tabiiy va tabiatshunoslik fanlari geofizika, geologiya, botanika, zoologiya, geoximiya va boshqa fanlar o‘rganadi. Tabiiy geografiya predmetining aniqroq ta’rifi, birinchidan, tabiatning geografiya fani o‘rganadigan chegaralarini aniqlab olish, ikkinchidan, geografiyaning unga yaqin bo‘lgan fanlar bilan o‘zaro munosabauarini belgilab olishni taqazo etadi, Tabiat juda xilma-xildir. Materiyaning ba’zi shakllari Yerning qobiqlari uchungina xos bo‘lib, ular sayyoramizdan tashqarida, koinotda tamomila boshqachadir. Yer shari yuzasida: yer po‘stining ma’lum bir chuqurligi bilan atmosferaning ma’lum bir balandligigacha bo‘lgan qismida maxsus moddiy tizim vujudga kelgan. Sayyoramizning ushbu ustki qobig‘i uchun moddalarning uch holatda: gaz, suyuq va qattiq holatda bo‘lishi namda modda harakatining xilma-xil shakllari xosdir, Yerning ichki qismidan chiqadigan modda va issiqlik ham, koinotdan keladigan modda va issiqlik ham shu joyda to‘planadi, u Yerning ichki qismidagi moddalarning tabaqalanishi natijasida litosfera bilan gidrosfera tarkib topgan. Yer yuzasi tabiati rivojlanishining ma’lum bir bosqichida hayot paydo bo‘lgan va tirik moddalar litosfera, gidrosfera hamda atmosferaning taraqqiyotiga faol ta’sir ko‘rsatadigan omil bo‘lib qolgan. Tirik modda ta’sirida mazkur qobiqlar hozirgi xususiyatga ega bo‘lgan4.
Shunday qilib, Yerning qulay fazoviy sharoitida uzoq davom etgan rivojlanishi jarayonida uning o‘ziga xos murakkab va bir butun tabiiy tizim vujudga kelganki, uni geografik qobiq deb ataladi. Geografik qobiqning hozirgi bosqichidagi eng muhim xususiyati unda odamzodning mavjudligidir. Geografik qobiqni inson us’hun yashaydigan muhit deb atash qabul qilingan. Geografik qobiqning yuqori va quyi chegarasi hayot tarqalgan joylar chegarasiga to‘g‘ri keladi. Geografik qobiq troposferaning quyi, yer yuzasidagi qalinligi okeanlarda 11 km gacha boradigan butun suv qobig‘ini hamda litosferaning yuqorigi 3 km qauamni o‘z ichiga oladi. Geografik qobiqdan tashqarida hamma narsa unga nisbatan tashqi narsalar hisoblanadi. Bularga atmosferani yuqori qatlamlari, Yerning ichki qismi ham kiradi. Binobarin, geografiya butun Yer haqidagi fan emas, balki yerning muayyan va yupqa qobig‘i bo‘lgan geografik qobiqni o‘rganadi. Mazkur qobiq doirasida ham tabiatni qator fanlar (ekologiya, biologiya, okeanografiya, gidrologiya, meteorologiya va h.k) ham o‘rganishadi. Mazkur fanlarni har biri Yer yuzasidagi tabiiy tizimning ma’lum bir tomonini tadqiq etadi. Ammo uni har tomonlama, kompleks o‘rganmaydi, Geografik qobiqni esa kompleks o‘rganish juda katta ahamiyatga ega. Chunki tabiat bir butun hosiladir, Geografik qobiqni tabiatini xuddi shunday holda, bir butun holda o‘rganish tabiiy geografiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi, tabiiy geografiya geografik qobiqni tarkibi, tuzilishi, rivojlanishi va landshaftlar tabaqalanishi haqidagi fanlar tizimidir. Mazkur fanlar tizimi o‘z navbatida uch guruhga bo‘linadi:
- umumiy tabiiy geografik fanlar guruhi. Mazkur fanlarga umumiy tabiiy geografiya, umumiy geomorfologiya, umumiy gidrologiya, tabiiy geografik rayonlashtirish va bosha fanlar kiradi;

Download 319 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish