1 мавзу: Ҳужжатларни классификациялаш ҳақида умумий тушунча


Kutubxona klassifikatsiyasining boshqa sxemalari



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/116
Sana18.07.2022
Hajmi1,76 Mb.
#818843
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116
Bog'liq
Б.Ганиева. AKK VA F

Kutubxona klassifikatsiyasining boshqa sxemalari 
(XIX asr oxiri va XX asr boshlari) 
Kutubxona klassifikatsiyasining xuddi shu davrda tuzilgan va e’lon 
qilingan boshqa sxemalari birmuncha kamroq yoyildi. Garchi ulardan ayrimlari 
o‘nli klassifnkatsiyaga nisbatan ma’lum ustunlikka ega bo‘lsada (o‘nli 
klassifikatsiyada bo‘limlar bir qadar mantiqiy joylashtirilgan edi), o‘nli 
klassifikatsiya ustun turardi; chunki boshqa klassifikatsiyalar indekslarining 
tuzilishi nisbatan oddiy bo‘lib, beso‘naqay va foydalanishga noqulay edi. 
Ko‘pchilik sxemalarda indekslarnikg kombinatsion tuzilish usuli (Ch. Ketter, D. 
Braun, G. Bliss sxemalarida va ayniqsa Sh. Ranganatan sxemasida) o‘z ifodasini 
topdi. Tekshirilayotgan mualliflarining sxemalar tuzilishini fanning zamonaviy 
darajasiga yaqinlashtirishga intilishlariga qaramay, bu sxemalarning hammasida 
ayniqsa 
ijtimoiy-siyosiy 
adabiyot 
bo‘limlari 
strukturasida 
burjua 
dunyoqarashining cheklanganligi aks etgan. 
Ch.Ketter klassifikatsiyasi 
XIX asrning oxirgi o‘n yillarida amerikalik kutubxonashunos Ch. Ketter 
sxemasi vujudga keldi. Unda asosii bo‘limlar-yaing joylashish izchilligi o‘nli 
klassifikatsiyadagiga qaraganda ancha mantiqyyroqdir: tarix va ijtimoiy fanlar, 
tilshunoslik hamda adabiyot bo‘limlari bir-biriga yaqinlashtirilgan, meditsina 
amaliy fanlardan ajratilib, tabiiyot fanlari bo‘limidan keyin keladi, binokorlik ishi 
va sanoat ishlab chiqarishi bo‘limlari bir-biridan ajratilgan. 


65 
Ch. Ketter o‘z klassifikatsiyasini har xil ko‘lamdagi — juda kichik, 1000 
jilddan kam kitobga ega bo‘lgan kutubxonalardan tortib, fondida bir necha yuz 
ming jild kitob bo‘lgan yirik kutubxonalarning ham foydalanishiga qulay qilishga 
intilgan edi. Ketter bo‘limlarning katta-kichikligi har xil bo‘lgan sxemalarning 
oltita variantini e’lon qilgan; birinchi variant faqat 11 ta yirik bo‘limni o‘z ichiga 
oladi. Navbatdagi har bir variant o‘zidan oldin kelgan variantni rivojlantiradi.
13
Ch. Ketter sxemaning sekin-asta detallashtira borish imkoniyatini yaratish 
uchun bosqichli indekslarni qo‘lladi, biroq Ketter sxemasida indekslar latin 
alfaviti harflarining birikmasidan iboratdir. Bu hol har bir bo‘limda 10 dan ortiq 
bo‘linma (latin alfavitida 26 harf bor) tuzishga imkon ber-gan, lekin ayni vaqtda 
talaffuz qilish qiyin bo‘lgan va esda yaxshi qolmaydigan indekslarning hosil 
bo‘lishiga olib kelgan. Ana shu nuqson, shuningdek sxema e’lon qilingan vaqtga 
kelib 
(1891—1893 
yillar) 
AQShning 
ko‘pchilik 
kutubxonalari 
o‘nli 
klassifikatsiyani qo‘llay boshlaganligi fakti Ch. Ketter sxemasidan Amerika 
kutubxonalarining juda oz foydalanishkga sabab bo‘lgan. 
Ch. Ketter sxemasi diqqatga sazovordir. Bu sxemada «kengaytirish» usuli 
qo‘llanilishi 
ijobiy 
bahoga 
loyiqdir. 
Umumiy 
klassifikatsiya 
asosida 
bo‘linmalarining katta-kichikligi har xil bo‘lgan sxemalarning bir qancha 
variantlarini, ishlab chiqish, shubhasiz, ratsional g‘oyadir, chunki u fondining 
hajmi turlicha bo‘lgan kutubxonalarda umumiy (asos qilib olingan) sxemani 
tso‘llanishga imkon beradi. Ch. Ketterning xizmati yana shundaki, u kutubxona 
klassifikatsiyasi tarixida birinchi bo‘lib sxemaga aniqlagichlarning yetarli 
darajada batafsil jadvallarini (geografik aniqlagichlar va forma aniqla-gichlarni) 
kiritdi
14
. Birmuncha keyingi davrdagi sxemalarni tuzuvchilarning hammasi bu 
samarali g‘oyani rivojlantiradilar, bo‘limlarni mazmun va shlklning ayni bir 
xildagi belgilariga ko‘ra detallashtirishga imkon beruvchi aniqlagichlarni 
yaxshilab ishlab chiqash usullarini qidiradilar. 
13
So‘nggi, yettinchi, eng mukammal variait tugallanmay qolgan. 
14
Ch. Ketter kutubxona klassifikatsiyasining dastlabki sxemalari 1879 yildan, ya’ni o’nli klassifikatsiyaning ikkinchi variantidan 
ancha oldin e’lon qilina boshlagan edi. 


66 

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish