1 мавзу: Ҳужжатларни классификациялаш ҳақида умумий тушунча


Fondlarni saqlashga ta’sir qiladigan omillar



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/116
Sana18.07.2022
Hajmi1,76 Mb.
#818843
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116
Bog'liq
Б.Ганиева. AKK VA F

Fondlarni saqlashga ta’sir qiladigan omillar. 
Kutubxonalar fondini uzoq 
vaqt asrash ayni paytda kitob va boshqa hujjatlar tayyorlanadigan materiallarning 
mexanik jihatidan mustahkam va biologik barqaror bo‘lishini hamda ularni 
o‘g‘irlanish va nobud bo‘lishdan saqlashni nazarda tutadi. Buning uchun 
kutubxona quyidagilarni ta’minlab berishi lozim: 


173 
1.Ijtimoiy omillar. 
-
Kutubxonachi va kitobxonlarda kutubxona fondining saqlanishi uchun 
javobgarlik hissini tarbiyalash; 
-
Asrashning to‘g‘ri, mikromuhit rejimini yaratish; 
-
Adabiyotlarni qabul qilish, ularni berish va nazorat qilish; 
-
Injenerlik-texnikaviy uskunalar (elektr qurilmalar, shamollatgich, suv, 
quvur, kanalizatsiya tizimlari va boshqalar) ning to‘g‘ri ishlatilishini hamda 
yong‘indan xavfsizligi ustidan doimiy nazorat; 
-
Fondni hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa kitob zararkunandalaridan 
biologik himoya qilish. 
Kutubxona fondini saqlashga ijtimoiy-fizikaviy va biologik omillar ta’sir 
qiladi. 
Ijtimoiy omillar. 
Kutubxonachining vazifasi - kutubxona fondlarining 
ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, har bir kitobxonga kutubxona hamda kitobdan 
foydalanish qoidalarini singdirish, kitob bilan muomala qilishda tegishli malaka, 
ko‘nikma va odatlarni egallashga yordam berishdir. Chiroyli nashr qilingan kitob 
ham kitobxonlarni u bilan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishdan saqlaydi. Shuning 
uchun har bir kitob va butun fondning tashqi ahvoliga e’tibor berish g‘oyat 
muhimdir. Kutubxonachi kitobxonlarni kitobga bo‘lgan ehtiyotkorona 
munosabatini yoshligidan asta-sekin
 
tarbiyalab bormog‘i lozim.
 
Shuni esda tutish 
kerakki, kitobxonlarga munosabatni yoshlikdan to‘g‘ri yo‘lga sola olmasak, 
salbiy odatlar borgan sari
 
ildiz otishi mumkin. Zararli odat va ko‘nikmalar 
avvalom bor oilada, keyin bog‘cha, maktabda yo‘qolishi kerak. Bola har bir 
kitob-katta mehnat mahsuli ekanini va mehnatni qadrlash kerakligini anglashi 
kerak. Bunday ishontirishning eng ta’sirli usuli-bolalarga kitobning “dunyoga 
kelish” jarayonini ko‘rsatishdir. Iloji bo‘lsa mehnat jarayonlarini ko‘rsatish, 
ta’mirlashlarni o‘rgatish lozim.
Kutubxona kitoblariga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishning muhimligini 
anglashni kitobxonning ongiga singdirish uchun kutubxonachi unda zaruriy 
ko‘nikma, malaka va odatni tarbiyalaydi. Bu jarayon qanchalik oldinroq 


174 
boshlansa, u shunchalik ko‘proq samara beradi. Har bir kitobxon kutubxonadan 
foydalanish qoidalarini bilishi zarur. Kutubxonadan foydalanish qoidasi va 
kitobni ehtiyot qilish qoidasi kutubxonaga kiraverishda ko‘zga tashlanishi zarur. 
Kutubxona kitoblarini ehtiyot qilishning asosiy qoidalari quyidagilar: kitobni 
buklamaslik, kitobga yozmaslik, chizmaslik, turli narsalarni ichiga solib 
qo‘ymaslik, sahifalarini buklamaslik, yirtmaslik, to‘g‘ri varaqlash, to‘g‘ri joyiga 
qo‘yish. 
Kutubxona 
kitoblariga 
noto‘g‘ri 
munosabatda 
bo‘lish 
ularning 
shikastlanishiga, kutubxonaga o‘z vaqtida qaytarilmasligiga, yo‘qolishiga, 
boshqa shaxslarga berib yuborilishiga, o‘g‘irlanishga olib keladi. Qonunlarda 
kutubxona fondlariga zarar yetkazgan shaxslar jinoiy va ma’muriy jazoga 
tortilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Kitoblarning shikastlanishiga qarshi kurashish uchun kitobxon bilan 
kutubxonachi kitob bilan madaniy muomala qila bilishi kerak. Kutubxonachi 
foydalanilgan kitobni qaytarib olayotganda sahifalarini, tashqi holatlarini, 
rasmlar, chizmalar, fotonusxalar bor-yo‘qligini tekshiradi. Mutolaa uchun olingan 
kitoblar o‘z vaqtida qaytarilmasligiga qarshi choralar asosan qarzdor kitobxonga 
zudlik bilan qaytarish tog‘risida og‘zaki yoki yozma eslatishdan iborat. 
Kutubxonadan foydalanish qoidasiga binoan 2 martagacha eslatiladi. Kitob 
o‘g‘irlanishini keltirib chiqaradigan sabablar asosan ayrim kitobxonlar 
saviyasining pastligi, ayrim kutubxonachilarning befarqligi tufaylidir. 

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish