1 мавзу: Ҳужжатларни классификациялаш ҳақида умумий тушунча



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/116
Sana18.07.2022
Hajmi1,76 Mb.
#818843
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   116
Bog'liq
Б.Ганиева. AKK VA F

Formal jihatdan joylashtirish 
usulili 
asosan yirik ilmiy kutubxonalar qulaydirlar. Axborot resurs markazi 
kutubxonalardai esa bu usul ko‘pincha oynoma, ro‘znoma, audiovizual 
materiallarini joylashtirishda ishlatiladi, shuningdek, sistemali joylashtirishda 
yordamchi usul sifatida foydalaniladi. Bu turdagi joylashtirishlar orasida mustaqil 
hamda yordamchi tarzda kullash mumkin bo‘lgan alifboga ko‘ra joylashtirish katta 


169 
ahamiyatga ega. Kitoblarni alifbo bo‘yicha joylashtirishda mazmuniga e’tibor 
berilmay, aksincha, muallifning familiyasi yoki kitob sarlavxaining birinchi harfi 
e’tiborga olinib, shu asosda joylashtiriladi. Bu usulda xdr bir muallifning asari bir 
joyga tuplanadi. Odatda alifbo formasi boshqa usullar bilan birgalikda ishlatiladi 
va u ancha yaxshi samara beradi, lekin bu usul orqali kutubxonaning butun fondini 
joylashtirib bo‘lmaydi. Chunki bu usul ancha murakkab va kutubxonadagi joyni 
tejashga xalakit beradi, natijada u ko‘proq sistemali-nomerli joylashtirishda 
yordamchi usul sifatida ishlatiladi. 
Respublikadagi barcha universal kutubxonalarda badiiy adabiyotni 
joylashtirishda shu usuldan foydalaniladi, bu usul badiiy kitoblarni muallifi 
bo‘yicha topishda juda qo’l keladi. Kitobxonlar ko‘pincha badiiy asarlarning 
nomerini emas, balki muallifini eslab qoladilar va bu muallifning birinchi harfi 
bo‘yicha kitob izlaydilar. Bundan tashqari, O‘zbekiston kutubxonalari badiiy 
adabiyotni 3-4 tilda (rus, o‘zbek, qozoq, tojik) va hokazo tillarda oladilar hamda 
alohida tillar bo‘yicha ajratish, avtor belgisiga qarab joylashtirishdan tashqari 
maxsus ajratkichda muallifning rasmi va familiyasini ham yozib qo‘yadilarki, bu 
kitob tanlashni osonlashtiradi. Kitoblarni alifbo bo‘yicha joylashtirishda mualliflar 
jadvalidan foydalaniladi. 
Mualliflar jadvalini birinchilardan bo‘lib Charlz Emi Kater ixtiro qilgan, Rossiyada 
L. B. Xavkina jadvali ancha mashhur bo’lib u hozirgi davrda ham ishlatiladi. Bu 
yerda yana bir muammoni ham eslatib o’tish lozim. Yevropa va boshqa 
mamlakatlarda mualliflarning familiyasi, ismi va otasining ismini yozish qadimdan 
qolgan. Lekin Sharq mamlakatlarida mualliflar ko‘pincha o‘zining taxallusiga ega, 
ularning ism-familiyasini aniqlash ancha murakkab. Masalan, G‘arbda Aleksandr 
Dyuma, Turgenev I.S., Sharada Nozim Hikmat, Avaz O’tar, Alisher Navoiy, Li 
Shao, Kim Pen Xva va hokazo. Shuning uchun ham faqat bitta jadvaldan emas, 
boshqa mavjud jadvallardan ham foydalanish mumkin. 
Keyingi yillarda kitoblarga muallif belgisini nashriyotlar qo‘yadi. Bu esa 
kutubxonalar ishini ancha yengillashtiradi, ammo mualliflar jadvallaridan 
foydalanish zarurligini bartaraf etmaydi. Chunki nashriyot belgilagan mualliflar 


170 
belgisi kutubxona qabul qilgan belgi bilan mos kelmasligi mumkin. Bundan 
tashqari nashriyot ikki xonali muallif jadvalidan foydalansa, yirik kutubxonalar 
uch xonali jadvaldan foydalanadi. 
Sanaviy joylashtirishni 1885 yili amerikalik kutubxonachi U. S. Bisko taklif 
qilgan. Bu usulda kitoblar nashr yili bo‘yicha to‘g‘ri sanaviy tartibda 
joylashtiriladi. Mazkur usulda barcha yangi kitoblar o’tgan yili nashrdan 
chiqqanlaridan ajratilib, bitta joyga qo‘yiladi. Sanaviy joylashtirish uchun 
ko‘pincha kitob nashr etilgan yilni shifr qilib olinadi. 
Kitoblarni katta-kichikligiga ko‘ra joylashtirish ancha qadimiy bo‘lib, fransuz 
R. de Furvinal tomonidan XII asrda taklif qilingan. Bunda kitob joylashadigan joy 
nihoyatda tejaladi. Bunday joylashtirishda kitoblarning formatiga, ya’ni katta-
kichikligiga qarab bir necha guruhga bo‘linadi. Har bir guruh doirasida esa muallif 
belgilari, tartib raqami yoki boshqa belgilarga qarab joylashtiriladi. 
Odatda 3 ta asosiy guruh mavjud — 20 sm.gacha, 20—26 sm.gacha va 26 
sm.dan baland. Kutubxona fondining hajmi 300 mingdan ortiq bo‘lganda bu usul 
o‘zini oqlaydi. 
Eng ko‘p tarqalgan o‘rta kattalikdagi kitob uchun ko‘pincha 
soddalashtiriladi, bu o‘z-o‘zidan ana shu formatning shartli belgisi bo‘lib xizmat 
qiladi. Mazkur tartib kitobning doimiy o‘rnini ta’minlash imkonini beradi. 
Nomerga ko‘ra joylashtirish A.N.Olodin tomonidan taklif qilingan bo‘lib, 
kitoblarni kutubxonalarga keltirilgandagi tartibda joylashtirishni nazarda tutadi. 
Har bir kitob o‘zining raqamiga ega bo‘ladi va ularni joylashtirish oson kechadi. 
Nomerga ko‘ra joylashtirish uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni 
osonlashtiradi. Agar bu usulni katta-kichikligiga ko‘ra joylashtirish bilan 
qo’shilsa, fondning foydali maydonidan to‘liq foydalanish mumkin. Bu usulning 
afzalligi shundaki, u kutubxonachidan malakali mehnatni talab qilmaydi. 
Raqamiga ko‘ra joylashtirish 
bir necha ko’rinishlarga ega u maxsus 
nomerli, inventar raqamli yoki ma’noli bo‘lishi mumkin. Maxsus raqam bilan 
joylashtirilganda inventar raqamidan qat’iy nazar kitoblarga alohida nomer 
beriladi. Bu usul sistemali-raqamli, kattaligiga ko‘ra, geografiyasiga ko‘ra (geogr-
raqami) joylashtirishlarga yordamchi usul bo‘lib xizmat qiladi. Inventar 


171 
raqamiga ko‘ra joylashtirish kitoblarni inventar raqami ortib borish tartibida 
qat’iy joylashtirishni nazarda tutadi. Bunday joylashtirish fondlarni tez 
tekshirishga yordam beradi.
Yuqorida sanab o’tilgan usullardan tashqari kutubxonalarda boshqacha 
joylashtirishlar ham mavjud. Lekin hamma joylashtirish usuli birinchidan, 
kutubxona fondidan foydalanishni osonlashtirish, ikkinchidan, kitobxonga xizmat 
ko‘rsatishni yaxshilash va uchinchidan, katalog hamda fond o‘rtasidagi uzviy 
bog‘liqlikni ifodalashi zarur. Har bir kutubxona kitoblarini topishni osonlashtirish 
maqsadida fondni joylashtirish reja-sxemasiga ega bo‘ladi. Har bir javonning yon 
tomonida unda joylashgan bo‘limlar, soha kitoblarini nomi yoki ro’yxati yozilgan 
bo‘ladi. 
Kitoblarni joylashtirishning hozirda qo’llanayotgan usullari birdaniga paydo 
bo‘lgani yo‘q, ular asrlar davomida takomillashib keladi. XVIII asrda Yevropada 
sistemali joylashtirishni yagona usul deb keldilar. Bu usul Amerikada ham 
muvaffaqiyatli qo’llana boshladi. U asosan ochiq fondli kutubxonalarga juda 
ma’qul, lekin har bir kutubxona o‘zidagi kitobning soni, turi va xiliga qarab 
fondni joylashtirishi lozim. 
Bizning mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 
kitoblarni turli tipda joylashtirishning mohiyati, ahamiyati va qo’llash sohasiga 
bo‘lgan qarashlar tobora o‘zgarib, takomillashib bormoqda. Texnikaning 
rivojlanishi, kutubxonada EHMlarning qo’llanilishi yana boshqa joylashtirish 
usullarni o’ylashga, topishga undamoqda. 
Xulosa qilib shularni aytish mumkinki, xilma-xil tarixiy davrlarda 
kitoblarni joylashtirishning turli usullari kashf qilindi. Ular davrlar o‘zgarishi 
bilan o‘zining ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rsatdi. Lekin qaysi davr bo‘lishidan 
qat’iy nazar fondni joylashtirishda, eng avvalo, kutubxona maydoniga, 
kitoblarning joylashuviga, kitobxonga qulay bo‘lishiga, kitoblar tez aylanishiga
ularning saqlanishiga e’tibor berilgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. 

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish