1 мавзу: Ҳужжатларни классификациялаш ҳақида умумий тушунча



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/116
Sana18.07.2022
Hajmi1,76 Mb.
#818843
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   116
Bog'liq
Б.Ганиева. AKK VA F

1. Mazmuniga qarab (sistemali, mavzuviy, predmet.)
2. Format belgilariga qarab (alifbo, sanasi, geografiyasi,formati, tili va 
hokazo.)
Alifbosi va raqamiga qarab joylashtirishdan boshqalari o‘z holicha fondlarni 
oqilona joylashtirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun ham fond uchun 
ko‘proq; to‘g‘ri keladigan ikki yoki undan ortiq belgilar birligi qo’llanadi. Masalan, 
sistemali joylashtirish odatda alifboga binoan joylashtirish bilan birlashadi, natijada 
sistemali-alifboli joylashtirish tizimi vujudga keladi. Jurnallar va gazetalarni 
joylashtirish uchun esa ko‘pincha sanasi bilan uygunlikda alifboga binoan 
joylashtirish usulidan foydalaniladi, natijada alifbo-sanasiga ko‘ra tartibga 
solinadi. 
Yirik fondli respublika, viloyat yoki yirik tarmoq kutubxonalarida faqatgina 
ikkita belgi bilan chegaralanib bo‘lmaydi va ko‘proq belgilardan foydalaniladi. 
Masalan, juda xilma-xil tillarga oid kitoblarni oladigan kutubxonalar kitoblarning 
tiliga katta e’tibor berib, sistemali-alifboli joylashtiriladi. Mana shu joylashtirishda 
sistemali-alifbo belgisi til belgisi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari ochiq fond 
sharoitida uning faol qismini, ya’ni ko‘p o‘qiladigan yoki kitobxonlar ko‘p talab 
qiladigan kitoblar yaxshirok; yoki yakkol kurinadigan joylarga joylashtiriladi. 
Bundan maqsad, kitobxonlar talabini tez bajarish va ularning vaqtini tejashdir. 
Bunga asosan kitoblarni sistemali-alifboli, sanaviy belgilarni birlashtirish orqali, 
bolalar kutubxonalarida esa kichik yoshdagilar uchun tematik-rasmli kitoblarni 
yoyma usulda joylashtirish orqali erishiladi. Kamroq so‘raladigan kitoblarni esa 
kitob fondining ichkarirog‘iga joylashtirish maqsadga muvofiq. 
Kitoblarning mazmunidan kelib chiqish sistemali va predmetiga ko‘ra 
joylashtirishning xarakterli belgisi bo‘lib, kutubxona kitoblarini joylashtirishning 
boshqa usullaridan farq qiladi va o‘zining ancha ustunliklariga ega. Bu usullarni 
qo‘llaganda kutubxonachi kitoblarning qaerda joylashganini yaxshi biladi, chunki 
u kitobni mazmuni bo‘yicha izlaydi. 
Bolalar kutubxonalarida kichik yoshdagilar uchun kitoblar asosan 
mavzularga ajratib joylashtiriladi: "Vatanimiz tarixidan", "Hayvonot dunyosi", 


167 
"Mashinalar xaqida", "Ertaklar" va hakozo Tematik joylashtirishning o‘ziga 
xosligi shundaki, u turli soha adabiyotlarini u yoki bu mavzu doirasida tuplash 
imkoniyatini beradi. Bu xilda joylashtirish sistemali joylashtirishdan farqlanadi va 
aniqlangan mavzu doirasida fondning bo‘limchalari, xatto bo‘limlariga tegishli 
kitoblarni alohida mavzuga birlashtirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tematik 
usul sistemali joylashtirish bilan to‘ldirilgan holda bir-biri bilan birlashadi va 
kitobxonga kitob tanlashda ancha qulayliklar yaratadi. Masalan, "O‘zbekistonning 
mashxur
 
san’atkorlari" mavzusi alohida ajratilma, unda mamlakatimizning taniqli 
va mashxur aktyorlari, musikachilari, xofiz va ashulachilari, kino ustalari, tsirk 
artistlari, raqqosalari haqida kitoblar o‘z aksini topadi. Natijada san’atni sevuvchi, 
u xakdagi kitoblarni uquvchi
kitobxonlar o‘z talablarini to‘liqrok qondirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari kutubxonachi shu sohadagi kitoblarni 
to‘liqrok targibot k;ilish maqsadida javon ichida kichik ko‘rgazma tashkil qiladi 
va kitoblarni kitobxon ko‘ziga yaqqolrok; ko‘rsatish vositasidan foydalanadi. 
Tematik joylashtirish abonement kutubxonachi uchun juda qulay va kitob 
targibotida katta ahamiyatga ega. 
Sistemali usulda kitoblar sohasi bo‘yicha joylashtiriladi,
har bir bo‘lim va 
bo‘limcha ichida kitoblar ko‘pincha mualliflari yoki sarlavhalar alifbosi bo‘yicha, 
ya’ni sistemali-alifboli usulda guruhlanadi. Kitoblarni sistemali joylashtirishga 
mazkur kutubxonada qo’llanadigan klassifikatsiya jadvali yordam beradi.
Kitoblar 
sistemalashtirilganda, 
uning 
katalog 
indeksi, 
katalog 
kartochkasining pastki chap burchagida, javon indeksi esa yuqori chap burchagida 
ko‘rsatiladi va katalog indeksidan yirikroq bo‘ladi. Kitoblar asosan mana shu 
javon indeksiga qarab joylashtiriladi. Masalan, meditsina kutubxonasida 
kardiologlarning simpoziumi oldidan shu sohaga oid kitoblardan tashkil topgan 
ko‘rgazma tashkil qilinib, axborot byulleteni nashr etilishi mumkin. Bunday 
joylashtirishning o‘ziga xos yutuqlari mavjud (uni nemis kutubxonachisi 
I.M.Farank 1969 yilda taklif etgan), chunki alohida soha yoki predmetga 
qiziquvchi kishilar bir vaqtda o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni tezda olishlari 
mumkin bo‘ladi. 


168 
Adabiyotlarni mazmuniga qarab joylashtirish juda ko‘p kutubxonalarda 
qo’llanadi, lekin u barcha kutubxonalar uchun qulay usul bo‘lib hisoblanmaydi va 
uning o‘ziga xos kamchiliklari ham mavjud. Ulardan biri: 
1. Mazmuniy joylashtirish kitoblarni har tomonlama ko‘rsata olmaydi, 
chunki ba’zi kitoblar mazmuniga ko‘ra bir necha sohalarga tegishli bo‘ladi, lekin 
javonda faqat bitta bo‘limda joylashtiriladi. 
Boshqa bosma asarlar, audiovizual materiallar ham mavjud gazeta va 
jurnallarga uxshab alohida mustaqil fondga ajratiladi va ular boshqa tizimda,
ya’ni sohalariga qarab ajratilib joylashtiriladi. 
2. Bunday joylashtirishda fond xonaning foydali joyidan tejamsiz 
foydalanish ro’y beradi. Javonda har xil shakldagi kitoblar yonma-yon turadi va 
tokchalar orasini eng baland kitob buyi baravar qilib qoldirishga to‘g‘ri keladi, har 
bir javonda yangi olinadigan kitoblar uchun qo‘shimcha joy qoldirishga to‘g‘ri 
keladi.
Shunga qaramasdan keyin olinadigan kitoblar uchun joy bushatish 
maqsadida fondning ma’lum qismini vaqti-vaqti bilan siljitib turish lozim bo‘ladi. 
Bu ish g’oyat unumsiz va ko‘p mehnat talab qilishdan tashqari fondni yangidan 
joylashtirish kutubxonachi va kitobxonlarni unga qoniqishiga majbur qiladi. 
3. Yirik kutubxonalarda sistemali joylashtirishni, kitoblar miqdori goyat 
katta bo‘lganligi tufayli, barcha fond uchun joriy etish maqsadga muvofiq emas. 
Bu tizim asosan ochiq fondli kutubxonalarda qo’llanadi. Kitoblarni formal jihatiga 
ko‘ra joylashtirishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda mazmun 
uncha e’tiborga olinmaydi. Bu esa turli mazmundagi kitoblarning butun fond 
bo‘yicha sochilib ketishiga olib keladi. Oqibatda kitobxonlar talablarini qondirish 
uchun katalogdan ma’lumot olish lozim bo‘ladi. 

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish