O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1.
Hujjatlar oqimining tahlili haqida tushuncha.
2.
Dastlabki tanlov. Hujjatlarga buyurtma berish. Hujjatlarni qabul qilish
jarayonlari
3.
Hisobga olib borishning shakl va usullari.
4.
Umumiy hisobga olish va yakka hisobga olish.
5.
Fondi tekshirish.
164
9.6. AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI JOYLASHTIRISH
Axborot-kutubxona fondi u n i n g asosiy boyligi hisoblanib, asosan
kitobxonlarning talabi asosida to‘ldirilib boriladi. Kutubxona fondi orqali
kitobxonlarning kitobga bo‘lgan xilma-xil talablari kondirilar ekan, u n i
joylashtirish ham asosan kitobxonga to‘liq va yaxshi xizmat ko‘rsatish
kutubxonachi oz vaqt sarflab, kitob topib berishiga xizmat qilish talabidan kelib
chiqib amalga oshiriladi.
Ayniqsa, X asrlarga kelib O‘rta Osiyoda ilm-fan nihoyatda rivojlanadi,
natijada shoxlarning saroylarida, madrasalarda juda ko‘plab kitoblar saqlanadi va
ular o‘ziga xos usulda klassifikatsiyalanib joylashtiriladi. Ayniqsa, Buxoro,
Samarkand, Urganch va boshqa shaharlarda, ya’ni Ipak yo‘li u t g a n viloyatlarda
katta-katta kutubxonalar vujudga kela boshlaydi.
Bularning ichida Buxoro xukmdorlarining kutubxonasi o‘zining kitobga
boyligi va o‘ziga
xos joylashtirilishi bilan mashxur edi. Ulug‘ olim Abu Ali ibn
S inoiing yozishicha, Buxoro kutubxonasining kitoblari alohida saqlanib, bir
xonada arabcha va she’riy kitoblar maxsus sandiqda, boshqasida xuquqqa oid
kitoblar, uchinchisida tibbiyotga oid kitoblar joylashtirilgan. Bundan tashqari,
kutubxonada ushbu kitoblarniig joylashuvini aks ettiruvchi kitoblar ro’yxati
mavjud bo‘lib, undan foydalangan holda kitoblarni tez va oson topish imkoniyati
yaratilgan. Bu tarixiy manba shundan dalolat beradiki, Sharqda kutubxona va
u n i n g kitoblarini joylashtirishi haqida qonun va qoidalar yaratilgan davrda
g‘arbda bu xaqida xali tasavvurga ham ega emas edilar.
Ayniqsa, Amir Temur o ‘ z i n i n g uzoq ulkalarga yurishi davrida juda ko‘p
nodir kitoblarni Samarkandga junatadi va u yerda katta kutubxona barpo etiladi.
Mazkur kutubxonadagi kitoblar asosan fan tarmoqlari bo‘yicha joylanshtirilgan
edi. Masalan, astronomiya, xuquq, tibbiyot, d i n i y kitoblar va hokazo.
Keyinchalik ham bu qoidalar Sharq mamlakatlari kutubxonalarida qo’llanib,
rivojlantirib kelingan.
165
Umuman kutubxona fondini joy-joyiga qo’yishga qator talablar quyiladi.
Kutubxona fondi foydalanish uchun qulay bo‘lishi lozim. Bu holda kutubxonachi
yoki kitobxonning jovondan kitob olishi va uni joyiga kaytarib kuyishi
osonlashishi lozim. Buning uchun kutubxonaning xiliga, olinadigan kitoblar
soniga, kutubxonaning joyiga e’tibor beriladi. Shulardan kelib chiqib, mazkur
kutubxona turiga qarab alohida joylashtirish tizimi tanlab olinadi. Joy-joyiga
qo’yishga bo‘lgan yana bir talab—kitob saqlanadigan joydan tejam bilan
foydalanishdir. Tejamkorlik kitoblarni izlash, ularni kitobxonga yetkazib berish,
fondni tekshirishda mehnat, vaqt hamda vositalarni iloji boricha kam sarflashda
foydalaniladi. U yoki bu kitobga berilgan shifr qanchalik sodda bo‘lsa, kitoblarni
joy-joyiga kuyish xodimlardan shunchalik kam mehnat talab qiladi va bu jarayon
oson mexanizatsiyalashadi va avtomatlashtiriladi.
Kitoblarni joy-joyiga kuyish fondni o‘rganishga yordam berishi, tekshirishni
osonlashtirishi, fondni saqlashni barkaror qilib turishi lozim. Kutubxona fondi
tarkibidagi kitoblarning xilma-xilligi va boshqa manbalar ularni turlicha
joylashtirishni talab qiladi.
Fondni joylashtirishga qo‘yiladigan umumiy talablar va joylashtirish usullari
bir necha xil va turdagi kutubxonalarga mo‘ljallangan, shuning uchun ham alohida
xildagi kutubxonalar joylashtirishning o‘ziga ma’kul bo‘lgan usullarini tanlab
olish bilan birga kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning ideal variantini,
joylashtiradigan hujjatlar turini va ularning o‘ziga xos
xususiyatlarini ham hisobga
oladi. Natijada alohida kutubxonalar joylashtirishning bir turini boshqa turlari bilan
kitobxonlarning kitob tanlab olishini iloji boricha osonlashtiradi va kitoblarning
ko‘proq; o’qilishiga, fondning ko‘proq aylanishiga imkoniyat yaratib beradi.
Fondlarning har xil tarkibiy qismlari uchun joylashtirishning xilma-xil
variantlaridan foydalanish juda katta imkoniyatlar yaratadi.
Lekin kuzatishlar, tadqiqot lar va tajribalar asosida alohida turdagi
kutubxonalar uchun fondlarni joylashtirishning namunaviy tizimi belgilangan va u
ma’qul deb topilgan. Hozirgi davrda kitoblarni joy-joyiga qo’yish ikki guruhga
bo‘linadi:
166
Do'stlaringiz bilan baham: |