Fond
so‘zi nemischa
«der fond»
-
"fon"
, ya’ni
nimanidir asosi
ma’nosini bildiradi. Bu so‘z nemischaga frantsuzchadan, unga lotinchadan kirib
kelib
tag, yer, asos
degan ma’noni anglatadi. Fond bilan ishlovchi kutubxonachi
kitobxonlarning axborotga bo‘lgan talabini bilgan holda ularni muayyan hujjat
bilan ta’minlashi lozim.|
Kutubxona fondi axborot berish vazifasini bajaradi. U kutubxonaning
madaniy-ma’rifiy, pragmatik, dam olish va boshqa vazifalarni bajarishda faol
ishtirok etadi.
Jahon sivilizatsiyasining rivojlanishiga kutubxona va uning fondi katta ta’sir
ko‘rsatgan. Insoniyat tomonidan yaratilgan bilimlarni keyingi avlodga yetkazish
niyatida yozma manba paydo bo‘ladiki, biz uni hozir hujjat (dokument) deb
ataymiz ("docyment" — lotancha
o‘qiyman, xabar beraman
ma’nolarini
anglatadi). Maxsus moddiy narsaga yozilgan axborot beruvchi material hujjat deb
ataladi. Hujjat qog‘ozda, tasmada, plastinkada va hokazolarda bo‘lishi mumkin.
127
Hujjat kutubxona fondini tizim (sistema) sifatida vujudga kelishi uchun asos bo‘lib
hisoblanadi. Hujjat termini 1990 yillardan boshlab qo‘llanila boshlandi, chunki
kutubxonada faqat kitob emas, boshqa matnlar ham saqlanadi. Masalan, jurnal,
gazeta, audiovizual materiallar va hokazo. Hozirgi davrda matbuot asarlari
kutubxona fondining asosini tashkil qiladi. U qulay va har kim o‘zining
imkoniyatiga qarab o‘qiydi, tushunadi. Kitobxon kitobdan xilma-xil ma’lumotlar
oladi, hayajonlanadi, sevinadi, kuyunadi va o‘z ehtiyojini qondiradi. Leqin
audiovrual materiallar, kinofoto hujjatlar kabi hozirgi davr mahsulotlari ham borki,
ular tezlikda ko‘rgazmali axborot beradi, bu ham hozirgi kitobxon uchun qulay va
foydali.
Kitobxon o‘ziga kerakli materiallarni bir necha nusxa tarzida olish
imkoniyatiga ega. Hujjatni kompyuter xotirasida ham saqlashi, xohlagan vaqtda
undan axborot olishi mumkin. Hujjat kutubxona fondini shakllantirishda katta
ahamiyatga ega bo‘lib, uning o‘ziga xos alohida xususiyatlari mavjud.
Hujjatlardan foydalanish jarayonida undagi axborot hech qachon kamayib
qolmaydi.
Hujjat insoniyat tomonidan to‘plangan barcha bilimlarni o‘zida aks ettiradi va
uni insonlarga yetkazib berishdek vazifani kutubxona bajaradi. Shuning uchun
ham shunday hujjatlar fondiga muhtoj muassasa yoki tashkilotlarning yashashi va
ishlashi uchun kutubxonalar garov bo‘lib xizmat qiladi. Kutubxona fondi
qanchalik to‘g‘ri tashkil qilinsa, faqat birgina kutubxona faoliyati emas, balki bir
xil tipdagi kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish, sifatli ishlashiga erishish
mumkin. Kutubxona fondining tuzilishini bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
belgilar tashkil etadi.
Kutubxona fondini tashkil etishda kutubxona uchun zarur bo‘lgan belgilar
aniqlab olinib, keyin ular ahamiyati bo‘iicha taqsimlanadi, ya’ni joy-joyiga
qo‘yiladi. Ba’zi kutubxonalar uchun ahamiyatli bo‘lgan belgi hujjatning mazmuni,
ikkinchilari uchun shakl, uchinchilari uchun vazifa, to‘rtinchilari uchun —
mavzularning qiymati, bebaholigi bo‘lishi mumkin. Keyin pastroq ahamiyatli
belgilar aniqlanib olinadi. So‘nggida hujjatning javondagi o‘rni belgilanadi.
128
Hujjatlarning o‘zaro aloqalariga qarab kutubxona fondi tuziladi. Kutubxona
fondining asosini hujjatlar tashkil etar ekan, fondni tuzishda ular o‘rtasidagi
aloqani saqlab qolishi zarur. Hujjatlar mazmuni, shakli, maqsadi bo‘yicha har
xildir. Lekin kitobxonni birinchi navbatda uning mazmuni qiziqtiradi. Shuning
uchun ham kutubxonashunoslikda fond klassifikatsiya(tasnif)lanadi, shunga asosan
kutubxonalar ham kitobxonning har tomonlama rivojlanishini nazarda tutib,
kutubxona fondini mazmuni bo‘iicha universal, ilmiy xarakterdagi, sohalarga
ajratilgan maxsus fondlarga bo‘ladilar. Kutubxona fondi tuzilishida kitobning
mazmuni bilan birga shakli ham ahamiyatli, chunki u faqat fondni emas balki
kutubxona tipini ham belgilab beradi. Masalan, Jahon tillari universiteti
kutubxonasi belgi qilib tilni olgan bo‘lsa, Patent-texnika kutubxonasi esa
hujjatning turini (patentni) olgan.
Hozirgi davrda nashr etilmagan manbalar ham kutubxonalarda ko‘payib
bormoqda. Masalan, ilmiy-texnika kutubxonalarida 60 foizga yaqin nomda xilma-
xil hisobotlar, chet el taassurotlari, standartlar, chizmalar, tarjimalar, deponent
qilingan manbalar saqlanadi. Ushbu manbalar referatlanadi, mikrofilmga olinadi va
axborot beriladi. Hozir yirik kutubxonalarda deponentlar fondi tashkil etilgan.
Hozir hujjatlarning hajmini qisqartirib, uni foto, diazo, elektro va boshqa usullar
bilan nusxa ko‘chirib saqlash keng qo‘llanmoqda. Texnika jihatdan rivojlangan
mamlakatlar kutubxonalarida bosma va nusxasi ko‘chirilgan materiallar ikkinchi
o‘ringa chiqib, ularning o‘rniga elektromagnitli mashina qabul qiladigan manbalar
(printer-mashinka qabul qiladigan matnni bosma tekstga aylantiruvchi forma,
telefaks matnni kompyuterga solib beradigan forma) kelmoqdaki, ular orqali
hujjatdagi axborotni kitobxonga u xohlagan tarzda yetkazib beradi. Bu formada
juda ko‘p apparatlar ishlatiladi va undan olingan materiallarni saqlab kitobxonga
yetkazish mumkin.
Hozir undan ham mukammal texnikadan foydalanib axborot manbalari
yaratilmoqda. Bular video kassetalar, raqamli optik disklar, kompakt disklar
bo‘lib, ulardan Amerika, Germaniya, Yaponiya kutubxonalarida foydalanilmoqda.
Bu usulda bosma tekstni tezda tasvirga tushirish mumkin, hatto tasvirni sekinlatib,
129
to‘xtatib yozib olish ham mumkin. Bular ancha arzon va qulaydir. Jahondagi
kutubxonalarning ko‘pchiligida Lui Brayl (Frantsiya 1825) yozuvidagi kitoblarni,
globuslarni, modellarni, tangalarni, ordenlarni, golografik tasvirga ega bo‘lgan
axborot vositalarini ko‘rish mumkin.
Hujjatlarni nashrdan chiqqan vaqti belgisiga qarab vaqtsiz, vaqtli va davom
etuvchi nashrlarga bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |