1 мавзу: Ҳужжатларни классификациялаш ҳақида умумий тушунча


Fanlarni klassifikatsiyalash tarixi



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/116
Sana18.07.2022
Hajmi1,76 Mb.
#818843
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116
Bog'liq
Б.Ганиева. AKK VA F

Fanlarni klassifikatsiyalash tarixi 
Fanlar klassifikatsiyasi tarixiga murojaat qilsak, har bir davrda yaratilgan 
fanlar klassifikatsiyasi o‘z zamonasining talablariga muvofiq ekanligini ko‘rish 
mumkin. 
Turli davrlarda yaratilgan kutubxona klassifikatsiyalari qanchalik xilma-xil 
bo‘lmasin, ularning barchasiga xos xarakterli belgi bu birmuncha bo‘lsa ham 
fanlar 
klassifikatsiyasiga 
asoslanganligidir. 
Chunki, 
kutubxona 
klassifikatsiyasining har bir bo‘limi bilimning muayyan sohasiga muvofiq keladi. 
Fanlar klassifikatsiyasiga materialistik dunyoqarash nuqtai nazaridan kelib 
chiqsak, fanlarni rivojlanishi tabiatdagi ro‘y beradigan hodisalarga, tabiat, 
materiya, ob’ektiv borliqqa asoslanadi.
Idealistik dunyoqarash bo‘yicha ma’lumki - ruh birlamchi, tashqi tabiat, 
hayot esa ikkilamchi deb hisoblangan edi. Fanning vazifasi esa tabiat va jamiyat 
taraqqiyoti qonuniyatlarini ochib berishdan, materiyaning harakat formalari 
klassifikatsiyasiga muvofiq ravishda tuzilishi lozim. Fanlar o‘rtasidagi, ob’ektlar 
o‘rtasidagi mavjud aloqa hamda munosabatlar fanlarning chinakam ilmiy 


45 
klassifikatsiyasi tuzilishining asosini tashkil qiladi. Faylasuflar va olimlar ilmiy 
bilimning o‘zlari yashagan davrdagi darajasini aks ettirgan fanlarning 
klassifikatsiyalari - sistemasini tuzganlar. Bu sistemalardan ba’zi birlari 
klassifikatsiyaning kutubxona-bibliografiya sistemalarini tuzishda foydalanilgan 
edi. Bu sxemalarni tuzuvchilar o‘z sxemalarida assosiy bo‘limlarning joylashish 
tartibini belgilaganlar va bilimlarning odatdagi, fanlarni klassifikatsiyalashning 
ular tanlab olgan sistemasida qabul qilingan sinflarga ajratishga muvofiq ravishda 
detallashtirganlar. 
Matbuot asarlarini klassifikatsiyalash tarixidan. 
 Qadimgi dunyo va ilk o‘rta asrlar
 
Kutubxonachilik ishi va bibliografiya taraqqiyoti tarixida kutubxona-
bibliografiya klassifikatsiyasi sxemalarini ishlab chiqish katta o‘rin tutadi. Juda 
qadim zamonlardayoq o‘sha vaqtdagi mavjud kutubxonalarda qo‘lyozmalarni 
ularning mazmuniga ko‘ra bir qadar sistemalashtirilgan, qo‘lyozmalar ro‘yxatlari 
tuzilgan, bu ro‘yxatlar katalog vazifasini o‘tagan edi. Afsuski, kataloglarning asl 
nusxalari saqlanib qolmagan va ularning tuzilishi haqida o‘sha davr adabiy 
manbalarida mavjud bo‘lgan fikrlarga qarabgina muhokama yuritish mumkin. Bu 
manbalardan, 
masalan, 
ilgari 
eslatib 
o‘tilgan mashhur Aleksandriya 
kutubxonasining katalogi haqida ma’lumotlar borligi ma’lum bo‘ldi. Bu katalogni 
yunon olimi Kallimax (eramizdan avvalgi III asr) tuzgan. 
Kutubxonada saqlangan qo‘lyozmalarning ancha qismi (90 000 ga yaqin) 
batafsil ro‘yxatga olingan hamda epos, lirika, tarix, falsafa va boshqa bo‘limlar 
bo‘yicha sistemaga solingan edi. Har bir bo‘lim qo‘lyozmaning mazmuniga 
muvofiq, tuzilgan bo‘linmalarga ham ega bo‘lgan. Qadimgi Rim kutubxonalarida 
eramizning dastlabki asrlarida qo‘lyozmalarning tasvirlari mazmuniga muvofiq 
ravishda gruppalarga ajratilgan kataloglar bo‘lganligi ham ma’lum. 
Qadimgi dunyo kutubxonalarida foydalanilgan kutubxona klassifikatsiya 
sxemalari to‘g‘risida aniq ma’lumotlarning yo‘qligi mazkur sxemalarning ilmiy 
darajasi haqida fikr yuritishga imkon bermaydi. Biroq, antik davrda ilmiy 
bilimlarning shundan keyingi taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan fanlarni 


46 
klassifikatsiyalash tizimining ishlab chiqilishi (qadimgi zamonda Platon, Aristotel 
va boshqa faylasuflar tuzgan sistemalar) o‘sha vaqtlardagi kutubxona 
klassifikatsiyalari ham antik davrdagi fanning yuqori darajasini aks ettirgan, deb 
taxmin qilishga imkon beradi. Bu taxmin haqiqatga ancha yaqin, chunki Gretsiya 
va Rim kutubxonalari ilmiy tafakkur markazlaridan bo‘lgan bu kutubxonalarda 
yirik olimlar, faylasuflar, shoirlar faoliyat yuritganlar.
Ilk o‘rta asrlar davrida cherkov hukmronligi fan va madaniyatni inqirozga 
olib borgan bir vaqtda monastirlar va soborlar huzurida ishlab turgan 
kutubxonalar bekiq holda bo‘lib, kishilarning juda cheklangan doirasigina ulardan 
bahramand bo‘lar edi. Bu kutubxonalar fondlarining asosini ilohiyotga oid 
kitoblar, «cherkov otaxonlari»ning ijodlari tashkil etar edi. Bu kutubxonalarda 
qadimgi dunyo mutafakkirlarining saqlanib qolgan asarlari va o‘sha vaqtlardagi 
maktablarda o‘qitiladigan fanlarga doir dunyoviy xarakterdagi kitoblar nihoyatda 
oz edi. Kitoblar javonlarda yirik bo‘limlar bo‘yicha uncha detallashtirmasdan 
guruhlarga ajratilar, kataloglar esa, kitoblarning tokchalardagi o‘rni ko‘rsatnlgan 
javon ro‘yxatlaridangina iborat bo‘lar edi.
 
O‘sha davrdagi kutubxona klassifikatsiyasi sxemalariga o‘rta asrlarda rasm 
bo‘lib, maktab ta’limiga asos qilib olingan «etti erkin san’at» sistemasi bir qadar 
ta’sir ko‘rsatgan edi. Bu sistema fanlarning ikki kompleksini: «trivium» (uch 
fandan iborat kompleks) va «kvadrivium» (to‘rt fandan iborat kompleks) ni o‘z 
ichiga oladi. Birinchi kompleksga grammatika, dialektika va ritorika, ikkinchi 
kompleksga — arifmetika, geometriya, muzika va astronomiya kirar edi. Bu 
fanlarning mazmunini o‘sha davrdagi o‘qimishli kishi uchun zarur deb 
hisoblanadigan oddiy amaliy bilimlar tashkil qilardi. Masalan, gramatika, asosan 
katoliklar cherkovining rasmiy tili bo‘lgan lotin tilini o‘rgatish bilan tugar, 
dialektika deganda ilohiyot mavzularida uzoq sxolastik bahs olib borish mahorati 
tushunilar edi. 


47 

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish