1 мавзу: Ҳужжатларни классификациялаш ҳақида умумий тушунча


XIX asrning birinchi yarmida matbuot asarlarini klassifikatsiyalashning rivojlanishi



Download 0,79 Mb.
bet27/66
Sana16.03.2022
Hajmi0,79 Mb.
#494320
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66
Bog'liq
kutubxona kataloglari

XIX asrning birinchi yarmida matbuot asarlarini klassifikatsiyalashning rivojlanishi


  1. asrning so‗nggi yillari va XIX asrning boshlarida frantsuz burjua revolyutsiyasi g‗oyalari ta‘sirida Frantsiyada yangi printsiplarga asoslangan kutubxona-bibliografiya klassifikatsiyalari tuzishga intilish yuzaga keldi. Usha davrdagi har xil loyihalarda ilohiyotni oldingi o‗rinnlardan biriga qo‗yishdan keskin voz kechish g‗oyasi namoyon bo‗ladi. Ba‘zi mualliflar uchun shunday tartib o‗rnatishga urindilarki, bu tartib insoniyat tarixidagi bilim olish izchilligiga, olam va tabiat haqidagi bilimlardan inson hamda

1 Garchi titul varag`ida 1742 yil deb ko‗rsatilgan bo‗lsa-da, taxminan 1742—1744 yillarda bosilgan. Bu katalogning keyinchalik rus tilida nashr etilgan bir қismi (nashr etilgan yili ko‗rsatilmagan) «Камерный каталог» degan nom bilan mashhur.
2 I. B a k m e y s t e r, ―Опыт о Библиотеке и Кабинете редкостей и истории натуральной Санкт- Питербургской императорской Академии наук‖; bu asar Fanlar akademiyasining ichki kutubxonachisi Iogann Bakmester tomonidan frantsuz tilida nashr etilgan, rus tiliga esa Vasiliy Kostigov tarjima qilgan. Spb., 1799.
jamiyat haqidagi bilimlar tomon boradigan izchillikda o‗rganishga mos bo‗lishi lozim edi; boshqa mualliflar fanlarning har xil ehtiyojlar: moddiy va ma‘aviy ehtiyojlar ta‘sirida vujudga kelish izchilligini to‗g‗riroq izchillik deb hisoblar edilar. Yosha davrdagi ko‗pdan-ko‗p klassifikatsiya loyihalari uchun asos qilib olingan g‗oyalarning progressiv xarakterida bo‗lganligiga qaramay, ularda asosiy e‘tibor fanlarni klassifikatsiya qilishga qaratilgan hamda kutubxona klassifikatsiyasi tuzilishi bilan bog‗liq bo‗lgan masalalar yetarlicha hisobga olinmagan edi. Fransiyada reaktsiya boshlanganligi va reaktsiya bilan birga cherkov ta‘sirining kuchayishi munosabati bilan bu sxemalar amalda qo‗llanilmadi.
G‗arbiy Yevropa kutubxonalarida «Fransuz sistemasi» ning eng keyiigi va ideologik jihatdan juda reaktsion variantlaridan biri — J. Sh. Bryune (1810 yil) klassifikatsiyasi keng yoyildi.
Bryune fransuz revolyutsiyasidan keyin boshlagan reaktsiya yangiliklarini aks ettirib kutubxona klassifikatsiyasining ilmiy bilim rivojiga bog‗liqligini qat‘iy suratda rad etadi va kutubxona klassifikatsiyasiga kitoblarni joylashtirish uchun qulay bo‗lgan amaliy sxema deb qaraydi. U revolyutsiya davridagi sistemalarning mualliflarini «ilohiy kitoblarni» mensimaslikda ayblab, ilohiyot detallashtirilgan sinfni yana birinchi o‗ringa qo‗yadi. Bryune sistemasida ijtimoiy fan bo‗limlari tartibsiz joylashtirilgan bo‗lib, ularning o‗zaro aloqasini anglab olish mumkin emas. Yurisprudentsiya bo‗limi ijtimoiy fanlar kompleksidan chiqarib tashlanib, ilohiyot bo‗limiga yaqinlashtirilgan edi. Bryune sistemasi Yevropada XIX asrning birinchi choragida hukmronlik qilgan reaktsion g‗oyaga hamohang edi. Bu sistemaning ta‘siri juda katta bo‗ldi va keyingi davrlardagi ko‗p sistemalarning strukturasida jumladan Parijdagi Milliy kutubxona va Londondagi Britaniya muzeyi kutubxonasi hozirga qadar qo‗llanayotgan sxemalarda aks etdi.
Nemis universitet kutubxonalari XIX asrning birinchi yarmida «fakul‘tet sistemasi»ning har xil variantlaridan ularni yanada detallashtirilgan holda
foydalanganlar. 50-yillarda A. Shleyermaxerning puxta ishlab chiqilgan bibliografik klassifikatsiyasi munosib ravishda shuhrat qozondi; unda
«fakul‘tet sistema»larining asosiy bo‗limlari sxemaning oxiridan joy olgan bo‗lib, ulardan oldin esa umumiy bo‗lim, adabiyot va san‘at, tarix, matematika va tabiatshunoslik bo‗limlari joylashtirilgan edi; bundan tashqari, o`nta iqtisodiy va texnika fanlarining katta bo‗limi ham kiritilgan edi.

  1. asrning birinchi yarmida rus kutubxona va bibliografik klassifikatsiyalari juda taraqqiy etdi. Naturalist olim Pavel Grigorevich Demidov o‗z kutubxonasining katalogi3 uchun ishlab chiqqan sxema eng dastlabki klassifikatsiyalardan biri bo‗lib, bu sxema Rossiya va Yevropadagi g‗oyat nodir nashrlarni o‗z ichiga olgan edi. Bu sxemaning tabiiyot fanlari va texnologiya bo‗limi kutubxonaning asosiy mundarijasiga muvofiq tarzda hammadan ko‗ra ko‗proq detallashtirilgan edi. Fanlarni bir-biridan umumiy tarzda chegaralashda Pavel Grigorevich Demidovning XVIII asr oxiri va XIX asrning boshlaridagi progressiv frantsuz klassifikatsiyalarining birmuncha ta‘sirida bo‗lganligi ko‗zga tashlanadi.

Pavel Grigorevich Demidov o‗zi qabul qilgan fanlar tartibini «bilish qobiliyatiga qarab» degan an‘anaviy bo‗lim bilan asoslangan bo‗lishiga qaramay, u fanlarni Frensis Bekon klassifikatsiyasidagi an‘anaviy ajratishdan chetga chiqqan.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish