Frensis Bekon (1561-1626)
Ingliz faylasufi Frensis Bekonning (1561-1626 yillar) XVII asr boshlarida tuzgan fanlar klassifikatsiyasi XVII va XIX asrlardagi kutubxona klassifikatsiyasi sxemalarining, shu jumladan, «fransuz sistemasi» eng keyingi variantlarining tuzilishiga katta ta‘sir ko‗rsatdi.
Frensis Bekon tuzgan klassifikatsiyada fanning XV asr ikkinchi yarmi davridayoq boshlangan jadal rivoji umumlashtirilgan ham o‗rta asrlardagi sxolastik sxemalarga qarama-qarshi o‗laroq tabiat hodisalarinn va jamiyat hayotini o‗rganishga tayanadigan fanlarga keng o‗rin berilgan edi.
Biroq Frensis Bekon fanlarni ajratishlda juda ko‗p idealistik sistemalar uchun an‘anaviy bo‗lgan guruhga ajratishga, — «inson ruhining qobiliyatlariga» ko‗ra, biror fanning paydo bo‗lishi va rivojlanishini qanday
«qobiliyat» belgilashiga muvofiq ravishda guruhlarga ajratgan edi. Frensis Bekonning qarashlarnga ko‗ra, bunday qobiliyat uchta: xotira, tasavvur va aql-idrokdir. Xotira inson bilimlari birinchi guruhinig— tarixning paydo bo‗lishini belgilab bergan; tasavvur negizida poeziya paydo bo‗lgan; aql- idrokning faoliyati fanlarning eng katta guruhni falsafani, yoki Fanning o‗zini vujudga keltirgan.
Bunday ajratish asossiz, tasodifiy va aslida idealistik bo‗lib, u asosiy deb hisoblash lozim bo‗lgan belgidan—fan predmetidan, uni o‗rganish ob‘ektidan
kelib chiqmagan edi. Aksincha, bir predmet to‗g‗risidagi fanlar har xil gruppalarga kiritilgan edi. Masalan, tabiat tarixi (xuddi jamiyat tarixi, kashfiyotlar tarixi—«mexanik tarix» singari) birinchi gruppaga, tabiat haqidagi fanlar esa (xuddi jamnyat haqidagi, mexanik san‘atlar haqidagi fanlar singari) uchinchi gruppaga kirib qolgan edi.
Frensis Bekon klassifikatsiyasida g‗ayri ilmiy tushunchalarni fanlar jumlasiga kiritish hollari ham uchrab turadi. Masalan, uchinchi guruh «xudo haqidagn fan» «ijtimoiy falsafa»-bilan boshlanadi, inson haqidagi fanlar bo‗linmalari jumlasiga «aql-idrokli, ilohiy ruh haqida»gi bo‗lim kiritilgan. Bu ziddiyatlar hamda ilmiy va diniy dunyoqarashlarni bir-biri bilan kelishtirishga urinish Frensis Bekon klassifikatsiyasi tuzilgan davr uchun tabiiydir.
Bu klassifikatsiyada fanlarni ajratishning tamomila shartliligi va sub‘ektivligiga qaramay, unda ilmiy bilimlarni sistemalashtirishga yangicha yondoshish belgilari paydo bo‗lgan edi. Frensis Bekon dunyoning evolyutsion rivojlanishi, tabiat tarixi bo‗limida samoviy jismlar tarixini va dengizlar tarixini, o‗simliklar va hayvonot tarixini ketma-ket joylashtiradi. Inson haqidagi fanlar bo‗limida u «yakka kishi to‗g‗risidagi» va «jamiyatda yashovchi boshqa mavjudotlar bilan aloqador bo‗lgan inson to‗g‗risidagi» fanlarni ajratib ko‗rsatgan. Frensis Bekon o‗z klassifikatsiyasiga endigina vujudga kelgan va hali mustaqil fan sifatida shakllanib bo‗lmagan ilmiy bilimning ba‘zi sohalarini ham kiritgan edi. Masalan u, mashinalarning texnika taraqqiyotidagi ahamiyatini oldindan payqab, «mashinalar haqidagi fanlar» gruppasini ajratib ko‗rsatgan edi. O‗z davrining buyuk kashfiyoti bo‗lgan Frensis Bekon klassifikatsiyasidan, kutubxona klassifikatsiyasi sxemalarini tuzgan ko‗p kishilar, chunonchi, XIX asrda, garchi bu vaqtga kelib u ilmiy bilimlar darajasining ancha o‗sganligi tufayli juda eskirganligiga qaramay foydalanganlar.
Rossiyada kitoblarni mazmuniga qarab sistemaga solish ehtiyoji XVIII asr boshlarida paydo bo‗ladi; bu vaqtda ilmiy kutubxonalar tashkil etish yo‗lida dastlabki qadamlar qo‗yilgan edi.
Rossiyaning monastir kutubxonalari xuddi g‗arbiy Yevropadagi singari asosan shkaf ro‗yxatlari tipidagi kataloglarga ega bo‗lib, ularda kitoblar tasviri kitoblarning shkaflarda joylashuviga muvofiq — ba‘zan formatiga, tiliga, goho, mualliflar ismlarining alfavitiga qarab guruhlariga ajratilar edi.
Peterburgda 1714 yilda Kunstkamera (Noyob buyumlar kabineti) huzurida bunyod etilgan Xalq kutubxonasida (keyinchalik u Fanlar Akademiyasining kutubxonasiga aylangan) kitoblarni joylashtirishda, shuningdek, katalogda tasvirlarni guruhlarga ajratishda «fakul‘tet sistemasi» variantlaridan biri qo‗llanilar edi.
Fanlar akademiyasi kutubxonasida qo‗llanilgan klassifikatsiya sxemasi asosida Rossiyada birinchi marta bu kutubxona kitoblarining sistemali katalogi tuzilgan va latin tilida nashr qilingan edi1. Keyinchalik bibliograf va kutubxonachi I. Bakmeyster o‗zining «Опыт о Библиотеке»2 degan qiziqarli asarida bu klassifikatsiyaning kamchiliklarini har tomonlama tanqid qilib, uning rasmiy xarakterini hamda detallashtirilishining cheklanganligini ko‗rsatib o‗tgan edi. Bekmeysterning o‗zi mazkur klassifikatsiyaga juda ko‗p tuzatishlar va qo‗shimchalar kiritgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |