1. mavzu: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish


MAVZU: Tayyor qurilish materiallaridan konstruksiyalar kortotekasini tuzish va haftalar bo’yicha baxolash



Download 2,21 Mb.
bet2/17
Sana12.11.2022
Hajmi2,21 Mb.
#864647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
14 mus markaz

2. MAVZU: Tayyor qurilish materiallaridan konstruksiyalar kortotekasini tuzish va haftalar bo’yicha baxolash

Tayyorlov guruhda bolalar kichik, o‘rta va katta guruhlarda bilib olgan matematik bilimlarini mustahkamlaydilar. Bu guruhda tahsil yangi, ancha murakkab vazifalarni qo‘yadi. Bolalar matematik bilimlarning amaliy malakalarini egallaydilar. Boshqa bilimlar qo‘shiladi. Bolalar nafaqat sonlarni taniydilar, balki ular bilan ikki amal bajarishni ham o‘rganadilar. Ular umumiy dinamika, tempga amal qilishni, o‘yin va mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida boshlab, o‘z vaqtida tugallashni o‘rganadilar. Tajriba sinov ishlari natijasi shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari yoshiga mos ko‘rgazmali, og‘zaki va turli uslubiy tamoyillarni qo‘llashni taklif qilamiz. Masalan, bolalarga soat tasviri tushirilgan chiroyli illyustratsiyani ko‘rsatamiz. Tarbiyachi hikoya qilyapti: “Devorda qadimiy soat osig‘liq turipti (tarbiyachi nog‘oraga bir marta uradi). Biroq soat chiqillab yurishi kerak, tik-tak (tarbiyachi nog‘oraga bir necha bor uradi). Bolalar biz sizlar bilan nog‘ora cholg‘usida soat qanday yurayotganini eshitdik, qutichada yomg‘ir qanday yog‘ishini eshitish ham mumkin. Tarbiyachi so‘zlaydi: “Zumrad sayrga chiqdi, to‘satdan uning kaftiga yomg‘ir tomchisi tushdi (tarbiyachi qutichaga urib, tovush chiqaradi). Bulut quyosh yuzini qopladi va Zumrad kaftiga bir necha yomg‘ir tomchilari tushdi (tarbiyachi qutichaga bir necha marta uradi). Avvaliga tomchilar siyrak tushdi (tarbiyachi buni qutichada siyrak zarblar bilan tasvirlaydi), keyin esa yanada ko‘payaverdi. Yomg‘ir kuchaydi (tarbiyachi tez-tez zarb beradi). Zumrad soyabonini ochdi va yomg‘irning tugashini kutib turdi. Tez orada quyosh mo‘raladi va yomg‘ir tindi”. Keyin tarbiyachi bolalardan qanday yomg‘ir bo‘lganini aniqlashtiradi. Bolalar javob qiladilar: “Kuchli, katta, ko‘p, kam, kichik”, tarbiyachi esa soatga e’tibor qaratadi: “Bolalar, qaranglar: men qaysi asbob yordamida yomg‘ir tomchilarini yetkazdim? Bu asbob soat deb nomlanadi, avvaliga necha tomchi, ikkinchi martagachi? Eslab ko‘ramizmi?”. Shunday qilib, sanoq, miqdor, tezlik, kattalik tushunchalarini mustahkamlaymiz, bolalarga uni ko‘rib chiqish va tovush chiqarishini yana bir bor tinglashni taklif qilamiz. Keyingi mashg‘ulotlarda bolalarga matematik topishmoqlar taklif qildik.
Tarbiyachi turli suratlarni tasvirlagancha tayoqcha bilan qutichaga urdi, bolalar esayomg‘irning qanday - kuchli yoki kuchsiz yog‘ayotganini aniqlashlari kerak bo‘ladi.
Bolalar bilan matematik-didaktik o‘yinlar o‘tkazish ham mumkin. Bolaning matematik qobiliyatini rivojlantirgancha tayyorlov guruhida muayyan mazmun va qoidalari bo‘lgan matematik-didaktik o‘yinlarni olib boramiz. Katta guruhdan yaxshi tanish bo‘lgan matematik-didaktik o‘yinlarni yodga olamiz va bir necha mashg‘ulotda takrorlaymiz. Keyin sekin-asta ularni murakkablashtiramiz va ular yangi shaklni olgancha harakatli o‘yinlar bo‘ladi. Bolalar “Ajoyib xaltacha” matematik-didaktik o‘yinida geometrik shakllarni paypaslab, uning nomini topadilar, keyin ularga shu shakllar yordamida yaxlit figuralar hosil qilish taklif qilinadi. Tayyorlov guruhda matematik-didaktik o‘yinlar mazmuni birmuncha murakkablashtiriladi. Biz yangi “Shaklli domino”, “Pazl”, “10 ni hosil qil”, “Kun va tun”, “Qo‘shnilarini top”, “Tangramma” o‘yinlarini taklif qilamiz. Sekin-asta bolalarda matematikani idrok etish tajribasi boyitildi. Bolalarda esa o‘zlari sevgan matematik o‘yin-mashg‘ulotlar o‘tkazildi, do‘stlari bilan mustaqil harakat qilish istagi paydo bo‘ldi. Matematik tushunchalarni o‘rganish jarayonida tayyorlov guruhdagi 6-7 yoshli bolalar oldiga yangi, yanada murakkab vazifalarni qo‘ydik. Tanish shakllar asosida konstruktorlik ishlarni bajarishga o‘rgatdik. Bu ulardan muayyan malakalarni talabqildi. Agar o‘rta guruhda matematik amallarni bajarish vaqtida diqqat talab qilinsa,katta va tayyorlov guruhda ular oldiga yangi: umumiy dinamikaga, tezlikka amal qilish, konstruksiyalashni o‘z vaqtida boshlab, tugatish vazifalari qo‘yiladi. Biroq, shunday bolalar borki, ular umumiy tezlikka amal qila olmaydilar. Misol tariqasida Azima va Botirjon bir vaqtda konstruksiyalashni boshladilar, keyin Azima kuzatuvchiga quloq tutmasdan Botirjondan o‘zib ketdi. Tahsilning oxirgi yilida barcha bolalar uchun matematik amallarni bajarish usullari yana ham murakkablashtirildi, amallarni bajarish malakalari mustahkamlandi va takomillashtirildi.
Bolalar son sanoq, miqdor, fazoviy tasavvurlar, vaqt, geometrikshakllar, kattalik tushunchalari bilan tanishadilar. Keyingi bosqich – bolalarni matematika daftaridagi kataklarga sonlar va ularning elementlarini to‘g‘ri yozishga o‘rgatishdan iborat. Ushbu bosqichda daftar kataklarining kattalashtirilgan shakllari tanlandi.

Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish