9 Mavzu: Katta va tayyorlov guruhlarda syujеtli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish
Bolaning tasavvuri, tafakkuri hamda ijodiy layoqatini turli o‘yinlar orqali shakllantirish, tashabbus, faollik va mustaqillikni rivojlantirish. Turli o‘yinlar tashkil etish, o‘yinlarda voqealar, hayotiy vaziyatlar, kattalar mehnatiga taqlid qilishni o‘rgatish.
Mustaqil ravishda xonasini yig‘ishtirishga va o‘yinchoqlarini o‘z joyiga terib qo‘yishga odatlantirish.
Voqeaband–rolli o‘yinlar. Bolaga o‘yin mazmuniga mos tarzda turli xildagi rollar ijro etishni, anjomlar, qurilish materiallaridan foydalanish, o‘yin uchun etishmayotgan narsalarni (teatr bileti uchun chipta, xarid uchun pullar) mustaqil olish va yasashni o‘rgatish.
Bolani o‘yin jarayonida atrof-borliq haqidagi tasavvurlaridan, kundalik hayotdan, adabiy asar va multfilmlardan olgan taassurotlaridan ijodiy foydalanishga undash. O‘yin davomida, o‘z g‘oyasini tengdoshlarining g‘oyalariga moslashtirgan holda o‘yinni kengaytirish qobiliyatini rivojlantirish; barcha o‘yin ishtirokchilarining harakatlarini rejalashtirish va muhokama qilish, kelishish ko‘nikmalarini shakllantirishda davom etish.
Hamkorlik va o‘zaro yordamga asoslangan munosabatlarni shakllantirish. Xayrxohlik, tengdoshlariga yordam berish, o‘yinda o‘rtoqlarining manfaatlari, fikrlari, xohish istaklari bilan hisoblashish kabi yaxshi odatlarni tarbiyalash, bahsli o‘rinlarni xushmuomalalik bilan hal qilishga o‘rgatish.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar. Teatrlashtirilgan o‘yinlar orqali bolada teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni tarbiyalash va ijodiy qobiliyatni rivojlantirish.
Bolaga sahnalashtirish uchun ertak, she’r va qo‘shiqlarni mustaqil tanlash, bo‘lg‘usi spektakl uchun zarur anjom va dekoratsiyalarni tayyorlash, rollarni o‘zaro taqsimlash imkoni berishlozim.
Ijro etayotgan obrazini etkaza bilishda ijodiy mustaqillik, estetik did va talaffuzdagi aniqlikni rivojlantirish. Ifoda vositalaridan (gavda holati, imo-ishora, yuz ifodasi, ohang, harakat) foydalanishga o‘rgatishda davometish.
Teatrlashtirilgan o‘yinlarda teatrning turli xillari (barmoqlar teatri, teatr, rasmlar teatri, qo‘lqopli teatr, qo‘g‘irchoq teatri)dan keng foydalanish.
Ta’limiy o‘yinlar. Bolaning ta’limiy o‘yinlarga qiziqishini kengaytirish va chuqurlashtirish, uning irodasini mustahkamlaydigan, chaqqon, ziyrak va hushyor bo‘lishga undaydigan o‘yinlardan keng foydalanish.
Bolada turli ta’limiy o‘yinlarni tashkil etish, etakchilik rolini bajarish malakasini rivojlantirish. Ta’limiy o‘yin jarayonida tengdoshlari bilan hamkorlikda xarita va sxemalarni tanlash tartibi haqida kelishib olishga, o‘z harakatlarini boshqa o‘yin ishtirokchilari harakatlari bilan muvoffiqlashtirishga o‘rgatish. O‘yinda topqirlik, ziyraklik, sabr-toqatlilik, do‘stlik, o‘zaro yordam, vazifani mustaqil va maromiga etkazib bajarish malakasini rivojlantirish.
Bolani ayrim ta’limiy o‘yinlarni o‘ylab topishga jalb qilish.
Sensor qobiliyatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Ta’limiy o‘yinlar. Kattalar mehnati, transport vositalari, buyumlar, kiyimlar, uy jihozlari, elektr jihozlari mavzusida turli ta’limiy o‘yinlarni tashkil etish. O‘yinlar orqali bolalarning xotirasi, diqqati, tasavvuri, tafakkuri, nutqi va sensor qobiliyatlarini rivojlantirish.
Mashg‘ulot namunasi
Mavzu: O‘zbek xalqining milliy san’ati haqida suhbat
Maqsad:
Ta’limiy: “Zardo‘z”, “Zardo‘zlik” tushunchalarini izohlash. Bolalar lug‘atlarini zardo‘zi kiyim, kashta tikish so‘zlari bilan boyitish. Zardo‘zlik kasbini bolalarga tanishtirish orqali ularda mehnatsevarlikni tarbiyalash, milliy hunarmandlik turlaridan biri bo‘lgan zardo‘zlik kasbini davom ettirish, zardo‘zlikdagi an’ana, udumlarni saqlab qolib, kelajak avlodga etkazishni tarbiyalash. Kasb-hunar haqida hikmatlaridan namuna keltirib, mazmunini izohlab berish. Zardo‘zlikda qo‘llaniladigan mehnat qurollari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy: milliy hunarmandlikka qiziqish uyg‘otish
Rivojlantiruvchi: Zardo‘zlik kasbi haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
Kutilayotgan natijalar:
“Zardo‘z”, “Zardo‘zlik” tushunchalarga ega bo‘ladilar.
Kerakli jihozlar: Zardo‘zlikda ishlatiladigan asboblar. Zardo‘zi kiyimlar, badiiy buyumlar suratlaridan namunalar. Kashta tikish anjomi.
Mashg‘ulotning borishi:
1.Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Tarbiyachi: bugun bolalar men sizni o‘zbek xalqining milliy san’ati - zardo‘zlik kasbi bilan tanishtiraman. “Zardo‘zlik – zar ip bilan naqsh tikish kasbi. Zardo‘zlikni bilish uchun rasm solish va naqsh chizishni, gul kesishni, kesilgan gulga zarni tikishni bilish kerak.
2.Asosiy qism: 15 daqiqa
Tarbiyachi: Bolalar, zardo‘zlik kasbi Buxoroda avloddan avlodga o‘tib hamon saqlanib kelinmoqda. Zardo‘zlik asbobolaridan biri bu korcho‘p — zardo‘zlikda ishlatiladigan oddiy yog‘och dastgoh. Bu dastgohga mato tortilgan bo‘lib, uning ustida zardo‘zi kiyim-kechak va boshqa narsalarga kashta tikiladi. (Tarbiyachi surat ko‘rsatadi
Zardo‘zlikda qadimdan patila degan asbob ishlatiladi.Patila qattiq yog‘ochdan , uzunligi 20sm bo‘lgan, to‘rt qirrali va nafs qilib tarashlangan, ichini kovlab qo‘rg‘oshin quyib vazminlashtirilgan bo‘ladi.Unga to‘rt qavat qilib zar ip o‘raladi. Zardo‘zlikda angishvona ham ishlatiladi. Zardo‘zlikda ikki xil qaychi ishlatiladi. Tuya bo‘yin qaychidan gul qirqishda ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |