Turkiy xalqlar va tillar «turk» etnonimi haqida
Turkiy tillar geneologik va tipologik jihatdan bir-biriga yaqin tillar guruhidan tashkil topgan. Turkiy xalqlarning etnik tarkibi juda murakkab va xilma-xildir. Buni birgina «turk» etnonimi tahlilida ham ko’rish mumkin. Чунки турк сўзи 1500 йил давомида бир неча бор ўз маъносини ўзгартирган. А.Н. Кононов фикрига кўра, бу сўз жамловчи от бўлиб, бора-бора уруғлар жамини ифода этувчи этник номга айланган. M.Koshg’ariyнинг «Devonu lug’atit turk» asarida turk uch ma’noda qo’llangan: tÿrk kuĭash ödĭ – quyosh tikka (tepaga) keldi; turk ÿzÿm ódĭ – uzumning pishish (yetilish) payti; ďĭdĭt – yosh yigit
Xitoyliklar turklarni qadimdan bilganlar tu-kyuye. Oltoy tog’i etaklarida tu-kyuye deb nomlanuvchi sipohlar qarorgohi bo’lgan, ular alohida bosh kiyim-dubulg’a kiyib yurishgan, bu esa keyinchalik o’sha sipohlar nomini anglatgan.
V.V.Bartold fikricha, turk juda qadimda yashagan ko’proq qabila va urug’larning umumlashgan nomi vazifasida qo’llangan. Turkiy etnonimlarni tadqiq etgan olim D.Aytmurodov «turk» so’zini durra//turra+k (tayoq, jazo) so’zlari bilan bog’lab izohlashga intiladi.
Shuningdek «pecheneg», «sak», «massaget», «skif-iskif» etnonimlari ham turkiy xalqlarning tarkibidagi qadimgi qabila, urug’ nomlari bo’lib, ularning shakllanishida uzviy aloqa bog’lanish bor. Turkiy tillar jonli turkiy tillarga va o’lik turkiy tillarga bo’linadi. Hozirgi jonli turkiy tillarga quyidagilar kiradi:
a) O’rta Osiyo va Qozog’istonda yashovchi turkiy xalqlarning tillari: o’zbek tili, qozoq tili, qirg’iz tili, qoraqalpoq tili, turkman tili, qrim-tatar tili.
b) Volga bo’yi turkiy xalqlarining tillari: tatar, boshqird, chuvash tillari.
v) Kavkaz turkiy xalqlarining tillari: ozarbayjon, qo’miq, karachoy, bolqar, truxman, no’g’oy tillari;
g) Litva, Ukraina, Qrimda yashovchi turkiy xalqlarning tillari: qrim, qrim-tatar tili;
d) Sibirda yashovchi turkiy xalqlarning tillari: yoqut (saxa) tili, tofalar (karagas) tili, kamasin tili, xakas tili, shar tili, tuvan tili, oltoy tili , cho’lim-tatar tili;
ye) Moldava va Bolgariyadagi turkiy xalqlarning tillari: gagauz tili;
yo) Xitoy (Sin-szyan)dagi turkiy xalqlarning tillari: uyg’ur tili
j) Turkiyadagi turkiy xalqlarning tillari: turk tili (usmonli turk tili)
z) Bolqon davlatlarida yashovchi turkiy xalqlarning tillari: bolqon turklari tili, surguchilar tili, qaramonlilar tili, gajallar tili, tuzluklar tili, yuruqlar tili, gerlovaliklar tili, qizil boshlar tili, shuningdek Eron, Afg’oniston, Mo’g’uliston mamlakatlarining ayrim joylarida yashovchi aholining tili ham turkiy tillar sanaladi.
2. Qadimgi o’lik tillar qatoriga quyidagi tillarni kiritish mumkin: xazar tili, bulg’or tili, uzlar tili, pecheneg tili, o’g’uz tili (X-XV asrlarga xos til), saljuq tili, eski usmonli turk, eski ozariy tili, qipchoq tili (kuman tili yoki poloves tili), g’arbiy Oltin O’rda tili, eski o’zbek tili «Qadimgi o’g’iz tili», Qadimgi qirg’iz tili kabilar.
Turkiy tillarni o’rganishga doir fanda turli xil nazariyalar mavjud. 1. Oltoy nazariyasi. 2. Ural-oltoy nazariyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |