Ko’rsatish, ishorani ifodalovchi undov so’zlar (gösterme edatları)
Bu so’zlar bir shaxsni, bir narsani ko’rsatish uchun qo’llanadi. Ular ham son jihatdan kamchilikni tashkil qiladi. Hozirgi zamon turk tilida ko’rsatishni ifodalovchi, eski turkchadan saqlangan uş yordamchi so’zining o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi (-de, - te) olgan yagona shakli – işte so’zi borligi ham ta’kidlanadi.
Hozirgi paytda turk tilining shevalarida saqlanib qolgan aha, daha, deha, te, nah kabi undov so’zlarni ham ushbu guruhga kiritish mumkin. Shu o’rinda bugungi kunda ham turk tilida qo’llanib kelayotgan, ko’rsatishni ifodalovchi yana bir eski - ta undov so’zini aytib o’tmoq joiz (o’zbek tilidagi «To uygacha yayov ketdim» misolidagi to so’zi).
Do'stlaringiz bilan baham: |