Ustaya ödeyeceğiniz (şey) eski bir iş karşılığıdır.
Ustaya ödeyeceğiniz (ödeme niyetiniz) bana bildirildi.
Bu oxirgi ikki qo’llanishda ot o’rnini bosuvchi sifatdosh kelishik qo’shimchalari oladi va gapda turli bo’laklarning o’rnini egallaydi:
Söyleyeceğimi unutma = (Unutma o şeyi ki, söyleyeceğim).
Söyleyeceğimi unutma = (Unutma ki, söyleyeceğim).
-ecek sifatdoshlari -miş va -ir sifatdoshlari kabi shaxs qo’shimchalari olib, (bil-ecek-siniz) kelasi zamon shaklini yuzaga keltirgan.
-esi qo’shimchasi bilan yasalgan fe’l aslli otlar ham (yıkılası, ölesiye, göresi gelmek) eski sifatdoshlardir va ular ham -ecek sifatdoshlariga mos keladi, lekin ular turg’unlashib, o’z sintaktik vazifasidan mahrum bo’lgan: Annemi göresim geldi. Senin gülesin tuttu kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |