1-МАВЗУ: ТУРИЗМ СОХАСИДАГИ ФАОЛИЯТ ВА УНИНГ ҲУҚУҚИЙ
АСОСЛАРИ
МАЪРУЗА РЕЖА:
1. Туризм сохасини ҳуқуқий тартибга солиш тушунчаси.
2. Халкаро туризм ва ички туризм.
3. Туризм ташкил этилаётган турнинг ўзига хослиги.
ТЕХНОЛОГИК ХАРИТАСИ
Иш
босқичлари
ва вақти
Фаолият мазмуни
Ўқитувчи
Тингловчи
Ўқув
машғулоти
га кириш
(3 дақиқа)
1.1.Талабаларга
мавзунинг номланиши
эълон қилади.
Тинглашади,
ёзиб оладилар.
1.2.Талабаларни, мавзуга оид режадаги
ўқув саволлари билан таништиради.
Дафтарларига
ёзиб оладилар.
1.3.Талабаларни, мавзуга оид мустақил
ўқиш учун адабиётлар билан таништиради.
Мавзуга
оид
тарқатма
материаллар
берилади.
Тинглашади,
дафтарларига
ёзиб оладилар
Асосий
босқичи
(35 дақиқа)
2.1. Халкаро туризм ва ички туризм.
(“Блиц-сўров” метод орқали дастлабки
билимлар даражаси аниқланади);
Саволларга
жавоб бериб
муҳокама
қилишади
2.2. (“Ақлий ҳужум” интерфаол методи
қўлланилади).
Саволларга
жавоб бериб
муҳокама
қилишади
2.3. Туризм ташкил этилаётган турнинг
ўзига хослиги.
- (“Блиц-сўров” метод орқали дастлабки
билимлар даражаси аниқланади);
Саволларга
жавоб бериб
муҳокама
қилишади
Якуний
босқич
(2 дақиқа)
3.1. Мустақил таълим учун топшириқ
беради.
Тинглашади,
ёзиб оладилар.
3.2. Мавзу бўйича саволларга жавоблар
беради ва хулоса қилади.
Саволларга
жавоб олишади.
КИРИШ
Машғулотнинг мақсади: Талабаларда, Ўзбекистон Республикасининг
Туризм сохасидаги янгиликлар ва туризмнинг ташкил этишнинг ҳуқуқий
асослари ҳамда назарий билимларини шакллантиришдан иборат.
Turizm XXI asrda jahon iqtisodiyotiga juda katta ijobiy ta‟sir qiluvchi
ijtimoiy-iqtisodiy soha sifatida kirib keldi. Butunjahon turizm tashkilotining
ma‟lumotlari bo„yicha, dunyoda ishlab chiqarish va servis aylanmasining 10 foizi
turizmga to„g„ri kelmoqda. Keyingi 20 yil ichida xalqaro turizmning rivojlanishi
dunyo bozorida tovar va xizmatlarning kuchli eksport qilinayotganligi bilan e‟ti-
borlidir. Ya‟ni turistik xizmatlarning eksporti 8 foiziga o„sib, jahon bo„yicha
umumiy xizmatlar savdosining 30-35 foizini tashkil qilmoqda.
Butunjahon turizm tashkilotining statistik ma‟lumotiga ko„ra, 2020-yilga
borib xalqaro turistlarning soni 1,6 mlrd. kishini tashkil qilishi, turizmdan
olinadigan daromad 2 trln. AQSH dollari bo„lishi kutilmoqda. Turistik oqimning
barqaror ravishda o„sishi har yili 3-5 foizgacha ko„payadi,
1
deb ta‟kidlanadi.
O„zbekistonda ham bu borada mustaqillik yillarida soha rivoji uchun zaruriy
tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilgan bo„lib, hukumat tomonidan
tegishli me‟yoriy hujjatlar qabul qilingan. Bu yo„nalishdagi ishlar bugun ham
davom etmoqda. Shu tufayli Jahon sayohat va turizm Kengashi (World Travel and
Tourism Council-WTTC)ning ma‟lumotlari bo„yicha, O„zbekiston Respublikasi
turizm sohasi tezkorlik bilan rivojlanayotgan davlatlar 10 taligi ro„yxatiga
2
kiritilgan. Istiqbolni belgilash davrida O„zbekiston Respublikasida xorijiy
fuqarolarga turistik xizmat ko„rsatishning o„sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu
holat kelajakda O„zbekistonda kiruvchi va chiquvchi turizm bozorida turistik
biznes nafaqat turizm industriyasi, balki milliy iqtisodiyotning turizmga turdosh
bo„lgan bir qator boshqa sohalarning rivojlanishini ta‟minlaydi.
Shu tufayli, yurtimizga sayohat qiladigan mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli
xizmat ko„rsatish uchun turizmni nazariy hamda amaliy jihatdan o„rganish va
bilish talab etilmoqda. Turizm nafaqat o„tmishni o„rganish, o„zga xalqlar va elatlar,
ularning urf-odatlari, an‟analari, milliy meroslari bilan tanishish, ularning madaniy
yodgorliklaridan bahramand bo„lish, shu bilan birgalikda, katta biznes manbasi
bo„lib hisoblanadi. Mazkur faoliyatni yo„lga qo„yish esa mutaxassislarga bog„liq
bo„lganligi tufayli, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hozirgi kunning muhim
vazifalaridan biriga aylanmoqda. Ushbu vazifani amalga oshirishda mavjud o„quv
maskanlarida qator mutaxassislik fanlari o„qitilib, ularda kasb ilmiga taalluqli
muammolar o„z yechimini topmoqda. Shunday fanlar qatorida «Turizm: nazariya
1
Manba internet materiali.http://www.wto-marketing.ru
2
http://www.anons.uz/article/economics/8932/
va amaliyot» fani ham o„z o„rniga ega bo„lib, u qayta ishlangan va ilg„or xorijiy
tajribalar o„rganilgan holda tayyorlangan, asosiy mutaxassislik fanlaridan biri
hisoblanadi.
Tajribalar shuni ko„rsatadiki, turizm tarixi, uning asosiy yo„nalishlari, turlari,
turistik xizmatlar, umuman, turizm ilmi bilan bog„liq barcha masalalar haqida
bilim berish, turizmga oid tushuncha va atamalarning har birini tasniflash muhim
ahamiyatga ega bo„lib, bu alohida predmet darajasidagi masala bo„lib hisoblanadi.
Shularni e‟tiborga olgan holda, turizmga oid barcha mutaxassislik fanlarining
alifbosi sifatidagi «Turizm: nazariya va amaliyot» fani aynan shunday vazifani
bajaradi, shuning uchun uni mukammal o„rganmasdan turib mutaxassislikka oid
boshqa fanlarni o„zlashtirib olish qiyin kechadi.
O„zbekiston va jahon turizm biznesining nazariy va amaliy yondoshuvlar
genezisini hamda bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalarini, turizm sohasining
mohiyatini ochib berish, turizmning taraqqiyot yo„li, tajribasi, hozirgi kundagi
muammolarini aniqlab olish, turizm sohasining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini
yoritib berish, O„zbekiston va jahon turizm biznesining taraqqiyotini xorijiy
tajribalar asosida o„rgatishdan iborat.
«Turizm: nazariya va amaliyot» fanining vazifalari sifatida quyidagilar
belgilab olingan:
- xorijiy turizm bozorini rivojlantirish tendensiyalarini o„rganish;
- turizm sohasining tasniflanishi va turlari haqida ma‟lumotlarni yoritib
berish;
- turizm sohasining resurslari haqida tushuncha berish;
-
turizm sohasini rivojlantirishda O„zbekistondagi tarixiy shaharlarning o„rni
va ulardagi turistik salohiyatdan foydalanish imkoniyatlari haqida ma‟lumotlar
berish;
- turizm sohasidagi xizmatlar va mahsulotlarning farqini aniqlash hamda
ularni tayyorlash texnologiyasini o„rgatish;
- turizm
sohasida
joylashtirish,
ovqatlantirish
hamda
transport
xizmatlarining o„rni va rolini tushuntirib berish;
- turizmda gid-ekskursiya xizmatlarining mohiyati, ahamiyati va ekskursiya
xizmatlarini amalga oshirish jarayonlari haqida ma‟lumotlar berish;
- turizm industriyasi va infratuzilmasining ahamiyatini hamda ulardagi
muammolarni yoritish;
- ekologik, gastronomiya va qishloq turizmlarini rivojlantirishning
zamonaviy tendensiyalarini o„rganish;
-
turizm sohasini davlat tomonidan boshqarishning yo„nalishlari va
mexanizmini yoritib berish;
- turizmni rivojlantirishda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning o„rnini
aniqlash;
- turizm
xizmatlarini
litsenziyalashtirish,
sertifikatlashtirish
va
standartlashtirish tartibini tushuntirish;
-
turizm sohasida xalqaro huquqiy va me‟yoriy hujjatlar haqida ma‟lumot
berish va b.
Mazkur fanni o„rganish «Ekskursiya xizmatlarini tashkil qilish», «Xalqaro
turizm: tajriba va amaliyot», «Mintaqaviy turistik resurslar», «Restoran servisini
tashkil qilish», «Ekoturizm», «Turizmda transport xizmatlari», «Turizmda
mehmonxona xizmatlari», «Iqtisodiy va turizm geografiyasi» kabi fanlar bilan
uzviy aloqada olib boriladi.
Fanni o„zlashtirish jarayonida Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlariga turistik
ekskursiya, ekspeditsiya va maxsus turlar tashkil etish, har yili Toshkentda
o„tkaziladigan an‟anaviy “Buyuk Ipak yo„lida turizm” Xalqaro turizm
yarmarkasida ishtirok etish, mehmonxonalar va turistik firmalar faoliyati bilan
yaqindan tanishish, ekologik, tarixiy-madaniy yodgorliklarni namoyish etuvchi
multimediya slaydlaridan foydalanish, turistik marshrutlar xaritalarini ishlab
chiqish lozim bo„ladi.
O„zbekistonda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida turizm sohasining
markazlashgan ma‟muriy boshqaruv tizimi 1971–1991-yillar davriga to„g„ri keldi.
Bu davrda salbiy oqibatlar ham ko„zga tashlana boshladi. Qurilmay qolgan turistik-
rekreatsion maqsadidagi obyektlar sonining ko„payishi, mavjudlarida esa
mijozlarga ko„rsatilgan xizmatlarning sifati bo„yicha ko„plab e‟tirozlar paydo bo„la
boshladi. Ijtimoiy tadqiqotlarga ko„ra, mehmonxonalar, turbazalar, dam olish
uylari hamda pansionatlar tomonidan taklif qilinadigan 50 foizgacha bo„lgan
barcha xizmatlar fuqarolarning noroziligini keltirib chiqargan. Joylashtirish va
ovqatlanish xizmatlari bilan birga, hordiq chiqarish va tibbiy xizmat ko„rsatish
talab darajasida bo„lmagan. Turistik xizmat turlari va hajmi sezilarsiz va sifatsiz
bo„lgan. Bugungi kunda O„zbekistonning turizm sohasidagi rivojlanishini shartli
ravishda beshta bosqichga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |