Jundan to’qiladigan to’qimalar
. Bu to‘qimalar ishlatilish vazifa- lariga qarab: kostyumlik
to‘qimalar (boston, krep ranglangan); paltolik; oyoq kiyimlik; mebel-bezaklar; paytavalik; choyshablik;
ro‘mollik; dasturxonlik to‘qimalarga bo‘linadi.
Xomashyo turiga qarab jun to‘qimalari toza junli, aralash junli to‘qimalarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish va ishlov berish ranglanishiga qarab:
-
bir xilda ranglangan, ranglanmagan, tuki chiqarilgan to‘qimalar;
-
melanj chipor to‘qimalar;
-
har xil rangli, dekorativ to‘qimalarga bo‘linadi.
O‘rilish turiga qarab — bosh o‘rilishli, mayda naqshli, murakkab to‘qimalar o‘rilishli, yirik naqshli
to‘qimalarga bo‘linadi.
Shoyidan to’qiladigan to’qimalar
. Ishlatilish vazifalariga ko‘ra: ichki kiyimlik (xalat, nimcha
va hokazo); ko‘ylaklik (erkaklar ko‘ylagi va boshqalar); ko‘ylaklik — kostyumlik; plashlik; ustki
kiyimlik: palto, sport kiyimlari; astarlik; mebel — bezaklik; to‘qimachilik-attorlik: zontik, sharf,
dastro‘mol, galstuk.
Xomashyo turiga qarab: toza ipakdan bo‘lgan to‘qimalar; sun'iy ipakdan bo‘lgan to‘qimalar;
sintetik iplardan to‘qilgan to‘qimalarga bo‘linadi.
To’qima tuzilishining nazariy asoslari.To’qimadagi iplarning geometrik tavsifi
.To‘qimaning
tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi uning qaysi tuzilish fazasida to‘qilganligiga bog‘liq. Shartli ravishda
to‘qimada tanda va arqoq iplarining o‘zaro joylashishini N. G. Novikov to‘qqizta fazalarga bo‘lishni
tavsiya etdi. Bu nazariya hozirgi kungachaтo‘qимaлaр тузилишини aниqлaшдa qo‘ллaниб кeлинмoqдa.
Тo‘qимa тузилишини фaзaлaр бo‘йичa aниqлaшнинг мohияти шундaн ибoрaтки, унинг фaзaсигa
qaрaб иплaрнинг qaнчaлик eгилгaнини, тo‘qимa сирти ёки пaстки qисмидa qaйси иплaр кo‘прoq
тo‘лqинсимoн бo‘ртиб чиqиб туриши тo‘g‘рисидa мaълумoт oлинaди.
Iplar to‘quv dastgohida to‘qilish jarayonida tanda iplari bilan arqoq iplari bir-biriga nisbatan o‘zaro
ma'lum kuch ta'sirida bo‘ladi, bir-biriga nisbatan bosim kuchi natijasida iplar o‘z shaklini o‘zgartiradi.
Iplar o‘zaro ta'sir natijasida xomashyo turiga qarab turlicha shak- lni oladi. N. G. Novikov o‘z
nazariyasida iplarni silindrik shaklida deb qabul qilgan. To‘lqinsimon ko‘tarilib egilish balandligi bu
balandlik iplarning teksiga, zichligiga, har birining tarangligiga hamda xususi- yatlariga bog‘liq bo‘ladi.
K.G. Alekseev o‘z tadqiqotlarida to‘qima tuzilish fazalarini iplarni o‘rilishda tanda yoki arqoq bo‘yicha
qisqarishiga bog‘liq holda aniqlaydi.
N.G. Novikov nazariyasiga ko‘ra, iplarni to‘qilishda to‘lqinsimon egilishini polotno o‘rilishi
asosida ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |