2. To‘plamlarning berilish usullari.Agar biror ob’yektning to‘plamga tegishli yoki tegishli emasligi haqida gapirish mumkin bo‘lsa to‘plam berilgan deb hisoblanadi.
1. To‘plamni uning elementlarini sanab ko‘rsatish orqali berish mumkin. Masalan, A to‘plamning elementlari a,b,c,d ob’yektlardan tashkil topgan bo‘lsa, uni A={a,b,c,d}ko‘rinishda yoziladi.Bu usul to‘plam elementlari soni chekli bo‘lgan yoki uncha ko‘p bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.
2. To‘plam elementlarining xarakteristik xossalarini ko‘rsatish orqali ham to‘plamni berish mumkin. Masalan, 100 dan kichik natural sonlar to‘plamini quyidagicha berish mumkin:
Bu aytilgan usulda elementlari soni cheksiz ko‘p to‘plamlarni ham berish mumkin. Masalan, [0, 1] kesmadagi haqiqiy sonlar to‘plamini quyidagicha berish mumkin:
Natural sonlar to‘plamini ko‘rinishda berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |