SIYDIKDAGI MODDALARNI MIQDORINI ANIQLASH
1 ml sikdikdagi moddalar miqdorini Nechiporenko usulida aniqlash.
3 soatlik siydik yig`ilib, katakchalari moddalar Ambyurje usulida tahlil etiladi
1 sutkalik yig`ilgan siydik asosida katakchali moddalar hisoblanadi. Kakoviskiy Adissa usulida.
Buyraklarning siydik yo`llarining yuqumli bakteriyalar tekshiruvdan o`tkaziladi.
Siydik chiqarish yo`llari bilan kasallangan bemor palatasi yaxshi isitilgan bo`lishi shart. Chunki sovuq xonada, ayniqsa oyoqlar sovqoyganda siydik chiqarish ko`payadi. Bunday kasallar tagiga kilyonka solish zarur. Siydikni tutib turolmagan bemorlarni taxorat qildirib bolalar kremini surish kerak.
SIYDIK TAHLILI
Siydikni tahli etish faqat buyrak va siydik yo`llari kasalligida emas balki barcha kasalliklarda muhim o`rin tutadi. Siydik tahlili usullari. Umumiy tahlil: siydikning rangi, tiniqligi, hidi, suyuq quyuqligi aniqlanadi. Siydik quyqasini mikroskopda ko`riladi va bunda eritrositlar, leykositlar, trambositlar va tuzlar aniqlanadi. Kimyoviy tahlil asosida oqsil, glukoza, bilirubin hamda minerallar aniqlanadi.
KASALLARNI TEKSHIRUVGA TAYYORLASH
Hamshira bemorga siydik tahlilini tushuntirishi kerak. Siydik topshirishdan avval bemor sovunlab tahorat olishi kerak. Siydikni tahlilga topshirishda bemor ertalabki siydikning oldini unitazga tushurib keyingisini idishga 150-200 ml olishi kerak. Analiz idishi sovunlab yuvilishi va yaxshilab quritilgan bo`lishi shart. Analizlar 1 soatdan ortiq turmasligi va laboratoriyaga yuborilishi shart. Umumiy siydik tahlili uchun 150-200 ml; Nechiporenko usulidagi tahlil uchun 5-10 ml; Ambyurje usulidagi tahlil uchun 0.5 l; Kakovskiy Addis usulida tahlil uchun bemor kechki 10 da unitazga siyib kechasi siydik ajratmasligi kerak, so`ng ertalab soat 8:00da 0.5-1 l siydik topshirishi kerak. Zimneyskiy usuli uchun ertalab 6 da unitazga siyib so’ng har 3 soatlik siydikni alohida alohida qilib yig`iladi,har bir idish normasi va vaqti ifodalanadi.
SIYDIKNING BAKTERIALOGIK TAHLILI
Bemor ertalab kaliy permanganat bilan tahorat qilib 10-15 ml siydikni olib topshiradi.
SUTKALIK SIYDIK.
Ertalab soat 8:00 da unitazga siyib qolgan siydikni sutka davomida 3 litrli bankaga yig`iladi. Agar glukoza yoki oqsilga tekshirilayotgan bo`lsa shu 3 litrli siydikdan
100-150 mlni olib hamshira laboratoriyaga yuboradi.
BUYRAK SIYDIK YO`LLARI RENTGEN TAHLILI
Retrograf urografiya siydik katetori orqali yuborilib tekshiriladi. Bunga bemorni tayyorlash shart emas. Bu tekshiruv usulida anomaliyalar, har hil yaralar, o`smalar aniqlanadi. Rentgen orqali tekshirish uchun bemor 2 3 kun oldin parhez qilishi lozim. Kaloriyali hamda qorinni dam qiluvchi taomlar iste’mol qilmasligi kerak. Non, kartoshka, dukkakli ovqatlar, sut, sabzavot va mevalar iste’mol qilmasligi shart. Tekshiruvdan 12-18 soat oldin suyuqlik ichish man etiladi. 2 soat oldin tozalovchi klizma och qoringa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |