1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish



Download 279,38 Kb.
bet13/94
Sana27.10.2022
Hajmi279,38 Kb.
#857060
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94
Bog'liq
1 курс лотин алифбосида ўзб китоб ИКП

Pedikulyoz alomatlari:
-sirkalar mavjudligi(bit tuxumlari urg'ochi tomonidan soch tolalariga yopishtirib qo'yiladi)
-teri qichishi
-qichimalar izi
Bitlar aniqlanganda maxsus sanitar-gigiyenik tozalash ishlari olib boriladi, hamshira "Pedikulyoz jurnaliga" buni belgilaydi va kasallik tarixini ustiga "P" belgisi qo'yiladi, va pedikulyoz aniqlanganligi haqida DSENMga xabar beriladi. To'liq va qisman sanitar-gigiyenik tozalash olib borish mumkin. Qisman tozalashda bemorni sovun bilan dushda yoki vannada yuviladi, uning kiyimlari esa dezinfeksiya va dezinseksiya qilinadi. To'liq tozalashda esa sanab o'tilganlarga qo'shib o'rin oqliklari va turar joylar ham tozalanadi.
Qilib o'tilgan barcha ishlar kasallik tarixiga yozib boriladi va 5-7 kundan keyin palata hamshirasi qayta tozalahni amalga oshiradi.
Pedikulyoz aniqlanganda sanitar-gigiyenik tozalash etaplari:
-dezinseksiya (lot. des- yo'q qilish, insectum- hashorot) infeksion kasalliklarni qo'zg'atuvchilarini tashuvchi hashorotlarni yo'q qilish;
-gigiyenik vanna, dush;
-soch va tirnoqlarni kestirish;
-bemorni toza kiyimga kiyintirish.
Dezinseksiya uchun kerakli narsalar.
Himoya kiyimi- xalat, ro'mol, niqob, kleyonkali fartuk, rezinali qo'lqop yoki maxsus rezinadan ishlangan kiyim.
Dezinseksidlash uchun eritma.
Shampun, uksus (6% eritma, 30°C), spirt (70%)
Polietilen ro'mol yoki qalpoqcha va yo'rgak, kleyonka, sochiq, yirik tishli taroq, qaychi.
Sochlarni yoqish uchun tog'ora va gugurt.
Kleyonkali qop.
Hozirgi kunda butun dunyoda bir martalik yangi davr to'qilmagan ko'p qavatli matosidan (SMS) tibbiyot kiyimlari ishlatiladi. SMS matosi uch qavatdan iborat: span-bond, meltblaun va span-bond qatlamlari. Bu mato tibbiyot hodimlarini ishonchli himoyasini yaratib berado, ayniqsa OIV, gepatit B, C bilan zararlangan bemorlar bilan ishlashda.
Dezinseksiyadlash eritmalarini bir necha turlari mavjud. 20% benzibenzoat emulsiyasi eritmasi. Maxsus shampunlar ("Elko-insekt"). Maxsus losyonlar("Nittifor"). Amalga oshirish ketma-ketligi.
-Kerakli ashyolarni tayyorlab maxsus himoya kiyimi kiyiladi.
-Kushetkaga kleyonka qo'yiladi, bemor o'tkaziladi va uning yelkalariga polietilen yo'rgak yoyiladi.
-Kerak bo'lsa sochlar tog'orani ustida kesib tashlanadi.
-Boshga dezinseksiyadlash eritmasi surtiladi, polietilen ro'mol va ustidan sochiq bilan o'rab bir necha soatga qoldiriladi.
-Ro'molni yechib sochlarni iliq oqar suv bilan, keyin esa shampun yordamida yuviladi.
-Sochlar quritiladi va ilitilgan 6% uksus kislotasi eritmasi surtiladi.
-Yana polietilen ro'mol va sochiq o'rab 20 daqiqaga qoldiriladi.
-Sochlar iliq oqar suv bilan yuviladi va sochiq yordamida quritiladi.
-Bemorni boshini oq qog'oz ustida engashtirib yaxshilab taraladi va takroran ko'rikdan o'tkaziladi.
-Kesilgan sochlar va ishlatilgan qog'oz yoqib yuboriladi.
-Bemorning kiyimlari, ishlatilgan buyumlar va maxsus kiyim polietilen qopga solib dezinfeksiya kamerasiga jo'natiladi.
-Taroq va qaychi 70% spirt bilan artiladi, xona esa dezinksiyadlash eritmasi bilan tozalanadi.
Ushbu eritmalar homilador, tuqqan, bola emizayotgan ayollarda, 5 yoshgacha bo'lgan bolalarda va teri kasaliklari bor bemorlarda ishlatish mumkin emas. Ushbu bemorlarda dezinseksiyalash etaplari.
-Kerakli ashyolarni tayyorlab maxsus himoya kiyimi kiyiladi.
-Kushetkaga kleyonka qo'yiladi, bemor o'tkaziladi va uning yelkalariga polietilen yo'rgak yoyiladi.
-Kerak bo'lsa sochlar tog'orani ustida kesib tashlanadi.
-Sochlarga 6% iliq uksus kislotasi eritmasi surtiladi (bosh terisiga tekuzmasdan) mexanik uslubda bitlar terib yo'q qilinadi.
-Boshga polietilen ro'mol yoki qalpoqcha kiyiladi, sochiq bilan o'rab 20 daqiqaga qoldiriladi.
-Ro'molni yechib sochlarni iliq oqar suv bilan, keyin esa shampun yordamida yuviladi va sochiq bilan quritiladi.
-Bemorni boshini oq qog'oz ustida engashtirib yaxshilab taraladi va takroran ko'rikdan o'tkaziladi.
-Kesilgan sochlar va ishlatilgan qog'oz yoqib yuboriladi.
-Bemorning kiyimlari, ishlatilgan buyumlar va maxsus kiyim polietilen qopga solib dezinfeksiya kamerasiga jo'natiladi.
-Taroq va qaychi 70% spirt bilan artiladi, xona esa dezinksiyadlash eritmasi bilan tozalanadi.
Qov bitlari aniqlanganida sanitar-gigiyenik tozalash.
• bemorning tanasi issiq suv va sovun bilan yuviladi
• bitlar tarqagan joylardagi sochlarni qirib tashlanadi
• bemorni tanasi issiq suv va sovun bilan qayta yuviladi
• qirilgan sochlar tog'orada kuydiriladi
• bemorning kiyimlari, ishlatilgan buyumlar va maxsus kiyim polietilen qopga solib dezinfeksiya kamerasiga jo'natiladi.
• qaychi 70% spirt bilan artiladi, xona esa dezinksiyadlash eritmasi bilan tozalanadi
Sochlarni kesish.
Kerakli ashyolar: qaychi, soch qiradigan ustara, tog'ora va gugurt, spirt 70%.
• Kerakli ashyolarni tayyorlanadi.
• Kushetkaga kleyonka qo'yiladi, bemor o'tkaziladi va uning yelkalariga polietilen yo'rgak yoyiladi.
• Sochlar ustara yordamida olib tashlanadi va yoqib yuboriladi.
Soqol olish.
Kerakli ashyolar: rezina qo'lqop, britva, kistochka va krem soqol olish uchun, salfetka, sochiq, suv uchun idish.
• Kerakli ashyolarni tayyorlanadi. Qo'lqoplar taqiladi.
• Suv isitiladi (40-45°C),salfetkani suvga botirib olib bemorni yuziga qo'yiladi.
• Salfetkani olib kistochka bilan krem surtiladi.
• Britva bilan soqol olinadi, yuz terisi britva yo'liga teskari yo'nalishda biroz tortib turiladi.
• Yuzni avval nam keyin esa quruq salfetka yordamida artiladi.
• Britva spirt bilan zararsizlantiriladi va qo'lqoplar yechilafi.
Tirnoqlarni olish.
Kerakli ashyolar: rezina qo'lqop, qaychi, issiq suv, suyuq sovun, qo'l va oyoq uchun krem, spirt (70%), suv uchun tog'ora va lotok, sochiq.
• Kerakli ashyolarni tayyorlanadi. Qo'lqoplar taqiladi. Suv isitiladi.
• Suvga suyuq sovun qo'shiladi va bemorni qo'llarini 2-3 daqiqaga solib qo'yiladi.
• Barmoqlarni ketma-ket suvdan olib tirnoqlar kesiladi.
• Qo'llarga krem surtiladi.
• Iliq suvga suyuq sovun solib, bemorni oyoqlarini 2-3 daqiqaga solib qo'yiladi.
• Oyoqlarni quritib maxsus qaychi bilan tirnoqlar kesiladi va krem surtiladi .
• Qaychilar spirt yordamida dezinfeksiya qilinadi. Qo'lqoplarni yechib, qo'llar yuviladi.
Gigiyenik vanna/dush qabul qilish
Yuvinish xonasi.
Vanna chotka, sovun va dez.eritma bilan yuviladi, dog'larni 3% HCl yordamida tozalanadi, issiq suv bilan chayib tashlanadi va bemor kelishidan oldin suv to'ldiriladi, suvni xarorati o'lchanadi. Vanna yonida rezina gilamchalar bo'lishi kerak. Toza kiyim va mochalka paketda bo'lishi lozim.
Bemor yuvinganidan so'ng vannani 1% xloramin B eritmasi bilan yuviladi. Kushetkadagi kleyonka 2% xloramin B yoki 0,5% xlor ohaki eritmasi bilan artiladi, so'ng sovun bilan yuviladi. Kushetkadagi choyshab har bir bemordan so'ng almashtiriladi. Nam tozalash ishlari kun davomida bir necha marotaba amalga oshiriladi. Inventar markirovka qilinadi. Mochalkalarga alohida "ishlatilgan" va "ishlatilmagan" deb yozilgan idishlar bo'lishi lozim.
Bemorni ahvoli va kasalikka qarab gigiyenik tozalash to'liq (vanna, dush) yoki qisman (ho'llab artish) bo'lishi mumkin.

Download 279,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish