Laboratoriya mashgulotlar № 3
Mavzu: Tibbiyotda grafik ma'lumotlar yaratishdagi dasturiy vositalar. (Adobe Photoshop dasturidan foydalanish).
O’quvchi bajarishi kerak:
1. Tibbiyotda grafik dasturlarni qo'llash.
2. Grafik ma'lumotlar bilan ishlash texnologiyalari.
3. Grafik ma'lumotlar va ularning turlari.
Mavzuni mustahkamlash uchun “Bum” metodi orqali savol-javob qilanadi
Mashg’ulotda mavzuni mustahkamlash ,foydalanish uchun usullar materiallari
"Bum" metodi 4-ilova
Bum sxemasi bo'yicha o'quvchilar bilan mavzuni mustahkamlash uchun ijodiy ishlash metodi.
O`quvchilar guruhlarga bo`linishadi yoki o’qituvchi tomonidan uyushtiriladi.
Mavzuni mustahkamlash ushun qiziqarli tarzda savol -javob qilish uchun tashkil qilinadi.
Bu metod o’quvchilardagi matematik qobilyatlarini rivojlantirish bilan birga fanni qiziqarli tarzda o’zlashtirishga imkon beradi.
“Bum “ metodini olib boorish shakli bilan tanishtirish:
1.Hohlagan bir xonali son tanlanadi va shu sonni bo’linuvchilarini bilishlari shart
2.Shu songacha bo’lgan raqamlar tartib bilan o’quvchilar tomonidan sanaladi.
3.Sanash davomida shu songa navbat etganda,shu sonni aytish o’rniga Bum deyiladi,agar Bum demasdan shu sonni sanab qo’ysa,ushbu sanagan o’quvchiga mavzu yuzasidan savol beriladi.Va o’quvchi bergan javobiga qarab baholanadi.
Masalan, 1-Bosqichda:4 soni tanlanadi.4 gacha bo’lgan raqamlar sanaladi navbat bilan, birinchi o’quvchi -1, ikkinchi o’quvchi - 2, uchinchi o’quvchi- 3, to’rtinchi o’quvchi esa Bum deydi.Agar to’rtinchi o’quvchi Bum demasdan 4 deb qo’ysa ,shu o’quvchi savolga javob beradi,agar to’rtinchi o’quvchi 4 demasdan Bum desa o’yin yana davom etadi,endi beshinchi o’quvchi -5, oltinchi o’quvchi - 6, ettinchi o’quvchi- 7, sakkinchi o’quvchi esa Bum deydi.Agar to’rtinchi o’quvchi Bum demasdan 8 deb qo’ysa ,shu o’quvchi savolga javob beradi,agar to’rtinchi o’quvchi 4 demasdan Bum desa o’yin yana davom etadi,.
O’yin shu tarzda davom etadi.
Savol-topshiriqlar
1. Birinchi elektron jadvalning nomi qanday va qachon ishlab chiqilgan?
2. Elektron jadvallar qo‘llaniladigan sohalarga misollar keltiring.
3. Elektron jadvalning asosiy vazifasi nimadan iborat?
4. Elektron jadvallar imkoniyatlari haqida so‘zlab bering.
5. Qanday elektron jadvallar nomini bilasiz?
6. Excel jadvalini ishga tushirish va unda ishni tugatish usullarini amalda
ko‘rsatib bering.
7. Excel elektron jadvali interfeysi haqida so‘zlab bering.
8. Excel elektron jadvalidagi kitob va varaqlar haqida so‘zlab bering.
9. Excel elektron jadvalida tayyorlangan hujjat faylining kengaytmasi qanday?
Uyga vazifa berish.
Mashg’ulot yakuni va faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab ,baholaydi.
Uyga vazifa beradi va uni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar beradi.
• Uyga vazifa qilib o’quvchilarga “ Tibbiyotda grafik ma'lumotlar yaratishdagi dasturiy vositalar. (Tibbiyot ma'lumotlarini taqdim etish uchun taqdimotlar yaratish Adobe Photoshop dasturidan foydalanish) ” mavzusini o’qib o’rganib kelish
• Mavzuda ko’rib o’tilgan savollar ustida ishlanadi.
• O’quvchilarga mavzuga oid kichik “klaster “ usulini qo’llagan savollar tuzib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |