Detalning biror qismining shakli va o’lchamlari asosiy ko’rinishlarda o’zgarib tasvirlansa, u joy qo’shimcha tekislikda haqiqiy ko’rinishida chiziladi.
Shuning uchun ham bu ko’rinish qo’shimcha ko’rinish deb yuritiladi (3-shakldagi A ko’rinish). Qo’shimcha ko’rinish burib tasvirlansa, A bilan birga uning burilganligini ko’rsatuvchi belgi qo’yiladi (3-shakl). Detalning biror qismini alohida ko’rsatish mahalliy ko’rinish deyiladi va u ko’rinish ingichka to’lqinsimon chiziq bilan ajratiladi yoki u joyning konturigina tasvirlanadi (5-shakldagi A va V ko’rinishlar). Qo’shimcha ko’rinish proeksion bog’lanish orqali tasvirlansa, mahalliy ko’rinish hisoblanadi va u belgilanmaydi (4-shakl). Qo’shimcha ko’rinishga nisbatan mahalliy ko’rinishni tadbiq qilish hisobiga asosiy ko’rinishlar sonini kamaytirish mumkin. Shunda detalning asosiy ko’rinishlarida o’zgarib tasvirlanadigan qismlarini chizmaslik imkoni yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |