26-mavzu.(Test)
1. Agar vodoprovod quvuri teshigidan yuqoriga otilayotgan suv oqimi 1,8 m ga ko‘tarilgan bo‘lsa, suv teshikdan qanday tezlik bilan otilib chiqayotgan bo‘ladi (m/s)?
A) 1,25 B) 2,5 C) 6 D) 5,5
2. Plastmassali quvurning 5mm2 yuza teshigidan chiqayotgan suv tizimi yuqoriga 80 sm ko‘tarilmoqda. 10 s davomida teshikdan necha kg suv oqib chiqadi?
A) 720 B) 2000 C) 820 D) 980
3. Quvurdagi suvning tezligi 1 m/s. Quvurning ko‘ndalang kesimidan har soatda 7200 kg suv oqib o‘tsa, quvurning ko‘ndalang kesim yuzi qanchaga (sm2) teng bo‘ladi?
A) 20 B) 1 C) 2 D) 10
4. Buloqdan oqib chiqayotgan shar-shara 15 l hajmli chelakni 30 s da to‘ldiradi. Buloqdan sekundiga qancha suv oqib chiqadi(l)?
A) 0,3 B) 0,4 C) 0,5 D) 0,6
5. Suyuqlik oqayotgan nayning ikki joyidagi kesim yuzalarining nisbati bo‘lsa, bu kesimlardagi oqim tezliklarining nisbatini toping
A) 1 B) 15 C) 25 D) 5
6. Quvurning keng qismida suvning oqish tezligi 2 m/s bo‘lsa, uning diametri 2 marta kichik bo‘lgan tor qismida suvning oqish tezligi qancha bo‘ladi (m/s)?
A) 8 B) 2 C) 4 D) 6
7. Vodoprovod quvuridagi 5 mm2 teshikdan suv yuqoriga tik otilib, 80 sm balandlikka ko‘tarilmoqa. Teshikdan 10 soatda qancha suv oqib chiqadi (kg)?
A) 720 B) 1000 C) 820 D) 1200
8. O‘zgarmas 4 m/s tezlik bilan ketayotgan katerdan to‘g‘ri burchakli qilib egilgan quvur suvga shunday tushirilganki, uning suvga tushirilgan tomoni gorizontal bo‘lib, ochiq uchi bilan harakat yo‘nalishii tomonga qaragan. Quvurdagi suv sathi ko‘ldagi suvga nisbatan qanday balandlikda bo‘ladi (m)?
A) 3,6 B) 1 C) 1,8 D) 0,8
9. 10 sm radiusli teshikdan 4 m/s tezlik bilan chiqayotgan suv oqimining quvvati qancha bo‘ladi (kVt)?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
10. Bir quvurdan ikkinchi quvurga o‘tganda, suvning oqim tezligi 2,8 marta ortsa, quvurning ko‘ndalang kesim yuzi qanday o‘zgarishini aniqlang.
A) o‘zgarmagan B) 5,6 marta ortgan C) 2,8 marta kamaygan D)5,6 marta kamaygan
11. Agar quvurdagi suvning oqish tezligi 1,1 marta kamaygan bo‘lsa, quvurning ko‘ndalang kesim yuzi qanday o‘zgargan?
A) 1,21 marta kamaygan B) 1,1 marta kamaygan C)1,1 marta ortgan D)1,21 marta ortgan
1 2. Quyidagi rasmda ko‘ndalang kesim yuzasi ikki xil bo‘lgan va ichidan suv oqayotgan quvurga ulangan ikki monometr tasvirlangan. Bosimning 1 va 2 monometrlar ko‘rsatayotgan qiymatlari orasidagi munosabat qanday bo‘ladi?
A) bosimlari bir xil, Paskal qonuniga asosan.
B) 1-bosim 2-bosimdan kichik, chunki 1-sohada suvning tezligi kam.
C) 1-bosim 2-bosimdan katta, chunki quvurning keng joyida suvning tezligi kichik bo‘ladi
D)1- va 2- manometrlardagi suv ustinining satxlari tutash idishlar qonuniga asosan teng bo‘ladi.
13. Samolyot qanotining ko‘tarish kuchining paydo bo‘lishi qanday fizikaviy qonun asosida tushuntiriladi? To‘g‘ri javobni tanlang.
A) impulsning saqlanish qonuni asosida
B) Nyutonning uchinchi qonuni asosida
C) Arximed qonuni asosida
D) Bernulli qonuni asosida
Do'stlaringiz bilan baham: |